QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят4

قُلْ أَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ ۖ ٱئْتُونِى بِكِتَـٰبٍ مِّن قَبْلِ هَـٰذَآ أَوْ أَثَـٰرَةٍ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohdan o`zga sig`inayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga ko`rsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, menga bu(Qur'on)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt.Сен: «Аллоҳдан ўзга сиғинаётган нарсаларингизнинг хабарини беринг-чи, менга кўрсатинг-чи, улар ердан нимани яратдилар? Ёки осмонларни (яратишда) иштироклари борми? Агар ростгўй бўлсаларингиз, менга бу(Қуръон)дан олдинги китобни ёки илмий бир белгини (далилни) келтиринг», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «Sizlar Allohni qoʻyib duo-iltijo qilayotgan (butlaringiz) haqida xabar beringiz — menga koʻrsatinglar-chi, ular Yerdan nimani yaratganlar?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, menga ushbu (Qurʼon)dan ilgari (nozil boʻlgan va sizlarning butlarga sigʻinishingizni tasdiqlaydigan) biron kitobni yoki biron ilmiy asarni (yaʼni, avvalgi ulamolardan qolgan bironta aniq hujjatni) keltiringlar!»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «Сизлар Аллоҳни қўйиб дуо-илтижо қилаётган (бутларингиз) ҳақида хабар берингиз — менга кўрсатинглар-чи, улар Ердан нимани яратганлар?! Агар ростгўй бўлсангизлар, менга ушбу (Қуръон)дан илгари (нозил бўлган ва сизларнинг бутларга сиғинишингизни тасдиқлайдиган) бирон китобни ёки бирон илмий асарни (яъни, аввалги уламолардан қолган биронта аниқ ҳужжатни) келтиринглар!»

502-sahifa · 26-juz · 51-hizb502-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтأَرَءَيْتُمayting-chiайтинг-чиمَّاnarsalarniнарсаларниتَدْعُونَsiz sigʻinayotganсиз сиғинаётганمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳأَرُونِىmenga koʻrsatingменга кўрсатингمَاذَاnimaniниманиخَلَقُوا۟ular yaratdilarулар яратдиларمِنَ-dan-данٱلْأَرْضِyerdanерданأَمْyokiёкиلَهُمْularningуларнингشِرْكٌۭishtiroki bormiиштироки бормиفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِ ۖosmonlardaосмонлардаٱئْتُونِىmenga keltiringменга келтирингبِكِتَـٰبٍۢbir kitobniбир китобниمِّن-dan-данقَبْلِoldingiолдингиهَـٰذَآbundanбунданأَوْyokiёкиأَثَـٰرَةٍۢbir asarniбир асарниمِّنْ-dan-данعِلْمٍilmdanилмданإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalomga mushriklarni lol qoldiruvchi, Allohdan boshqaga sigʻinuvchilarning aqiydasi puch ekanini ochiq-oydin fosh etuvchi dalillarni talqin etmoqda.

Mushriklar toshdan, yogʻochdan, loydan va boshqa turli moddalardan oʻz qoʻllari bilan yasab olgan butu sanamlarga sigʻinadilar. Oʻzi qoʻli bilan yasab olgan butga ibodat qiluvchi inson nima degan odam boʻladi?!

Baʼzilar jinlarni «Allohning sherigi» deb eʼtiqod qilib, ularga sigʻinishar edi. Jinga sigʻinish ham inson shaʼniga or emasmi?

Shuningdek «Allohning qizlari» deb farishtalarga sigʻinadiganlar yoki quyosh, oy va baʼzi yulduzlarga topinadiganlar ham bor edi. Arab mushriklari, bu narsalar Allohning huzurida bizga shafoat qiladi, deb eʼtiqod qilar edilar. Har bir uyning, har bir shaxsning oʻz xudosi bor edi. Hattoki, tuyani qumga sogʻib, loy qilib, but yasab sigʻingan paytlari ham boʻlgan.

Hazrati Umardek zakiy, oqil inson ham mushriklik paytida aql bovar qilmaydigan ishni qilgani rivoyatlarda kelgan. U kishi safarda ketayotib, ibodat qilgisi kelib qolibdi. «Xudo»si esidan chiqib, uyida qolgan ekan. Oʻylab turib xaltasidagi xurmolarni olibdida, bir-biriga yopishtirib, but yasab, unga ibodat qilibdi. Soʻng yoʻl yurib, charchab, och qolib, xaltadan haligi «xudo»sini olib, yeb qoʻyibdi. Qorni toʻygandan soʻng, aqli joyiga kelib, oʻzi yeb qoʻyishi mumkin boʻlgan narsaga sigʻinganidan oʻzining kulgisi kelib, axmoqligini anglab, kula-kula yiqilib qolgan ekan. Shunday boʻlgandan soʻng, mushriklar mazkur oyati karimalardagi tanbehga nima deb javob bera oladilar?

«Allohdan oʻzga sigʻinayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga koʻrsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar?»

Ey, mushriklar, sizlar sigʻinayotgan butu sanamlar, soxta xudolar nimani yaratganlar oʻzi? Togʻu toshnimi, nabototlardan birortasinimi yoki hayvonnimi? Shunday ojiz narsalarni «xudo» deb sigʻinish inson uchun or emasmi?!

«Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi?»

Hech bir odam: osmonlarni yaratishda butu sanamlarning ishtiroki bor, deb ayta olmaydi. Osmonga bir nazar solishning oʻzi uning yaratuvchisi cheksiz qudratga ega Zot ekanini koʻrsatadi. Hech bir mushrik: mening butim yoki sanamim osmonni yaratishda qatnashgan, deya olmaydi. Baʼzi boshi buzuqlarning oʻyiga shunga oʻxshash xomxayollar kelishi mumkin. Shuning uchun, ularni lol qoldirish uchun, ey Paygʻambar, hujjat va dalil talab qilib:

«Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, menga bu(Qurʼon)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt».

Bu masalada Qurʼoni Karim yana ham chuqurroq ketib, mushriklarning butu-sanamlari duolarni qabul qila olmasligi, hatto sezmasliklarini, ularga sigʻinayotganlar esa eng johil bandalar ekanligini bayon qilib quyidagilarni aytadi: