QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят5

وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُۥٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ وَهُمْ عَن دُعَآئِهِمْ غَـٰفِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohni qo`yib, qiyomat kunigacha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, u(but)lar ularning duosidan g`ofildirlar.Аллоҳни қўйиб, қиёмат кунигача дуосини мустажоб қилолмайдиганларга илтижо этадиганлардан ҳам адашганроқлар борми?! Ҳолбуки, у(бут)лар уларнинг дуосидан ғофилдирлар.Alauddin Mansour: Allohni qoʻyib, Qiyomat Kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydigan butlarga duo-iltijo qiladigan kimsadan ham yoʻldan ozganroq kim bor?! Holbuki, u (jonsiz but)lar oʻsha (mushrik)larning duolaridan gʻofildirlar!Аллоҳни қўйиб, Қиёмат Кунигача ҳам (дуони) мустажоб қила олмайдиган бутларга дуо-илтижо қиладиган кимсадан ҳам йўлдан озганроқ ким бор?! Ҳолбуки, у (жонсиз бут)лар ўша (мушрик)ларнинг дуоларидан ғофилдирлар!

502-sahifa · 26-juz · 51-hizb502-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنْva kim borва ким борأَضَلُّadashganroqадашганроқمِمَّنkimsadan koʻraкимсадан кўраيَدْعُوا۟iltijo etadiganилтижо этадиганمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳمَنkimsagaкимсагаلَّاemasэмасيَسْتَجِيبُduosini mustajob qiladiganдуосини мустажоб қиладиганلَهُۥٓungaунгаإِلَىٰ-gacha-гачаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматوَهُمْva ularва уларعَن-dan-данدُعَآئِهِمْularning duosidanуларнинг дуосиданغَـٰفِلُونَgʻofildirlarғофилдирлар
TafsirТафсир

Mushriklar but-sanamlardan tortib, oy, quyosh, daraxt yoki shunga oʻxshash oʻzlari «xudo» deb eʼtiqod qilgan maxluqotlarga sigʻinadilar, ulardan hojatlarini ravo qilishini soʻrab duo qiladilar. Koshki, u butu sanamlar bu duolarni eshitsalar, ularning soʻraganini bersalar. Hech narsani eshitmaydigan jonsiz narsalar nima ham qila olar edilar! Qiyomatgacha ham duolari mustajob boʻlmaydi. Bu duolarni qiluvchilar esa eng qattiq adashgan insonlar hisoblanadi. Axir,

«Allohni qoʻyib, qiyomat kunigacha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?!»

Ulardan adashganroq kishilar yer yuzida yoʻq. Axir, loaqal zarracha aqli boʻlgan odam koʻru kar butlarga iltijo qiladimi?

«Holbuki, u(but)lar ularning duosidan gʻofildirlar.»

Adashgan mazkur bandalar bu dunyodan shunday oʻtadilar.