QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят6

وَإِذَا حُشِرَ ٱلنَّاسُ كَانُوا۟ لَهُمْ أَعْدَآءً وَكَانُوا۟ بِعِبَادَتِهِمْ كَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar mahsharga to`planganda, o`sha(but)lar ularga dushman bo`lurlar va ibodatlariga ham munkir bo`lurlar.Одамлар маҳшарга тўпланганда, ўша(бут)лар уларга душман бўлурлар ва ибодатларига ҳам мункир бўлурлар.Alauddin Mansour: (Qiyomat Kunida) insonlar (hisob-kitob uchun) toʻplangan vaqtida oʻsha (butlar) ularga (mushriklarga) dushman boʻlurlar va ularning (Allohni qoʻyib, oʻzlariga) ibodat qilganlarini ham inkor eturlar!(Қиёмат Кунида) инсонлар (ҳисоб-китоб учун) тўпланган вақтида ўша (бутлар) уларга (мушрикларга) душман бўлурлар ва уларнинг (Аллоҳни қўйиб, ўзларига) ибодат қилганларини ҳам инкор этурлар!

503-sahifa · 26-juz · 51-hizb503-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиحُشِرَtoʻplangandaтўплангандаٱلنَّاسُodamlarодамларكَانُوا۟boʻlurlarбўлурларلَهُمْulargaуларгаأَعْدَآءًۭdushmanдушманوَكَانُوا۟va boʻlurlarва бўлурларبِعِبَادَتِهِمْibodatlarigaибодатларигаكَـٰفِرِينَmunkirмункир
TafsirТафсир

Demak, qiyomat qoim boʻlib, odamlar mahshargohga toʻplanganda, oʻsha butlar bu dunyoda oʻzlariga sigʻinib yurgan mushriklarga dushman boʻladilar. Bizga ibodat qilganingiz yoʻq, deb inkor qiladilar. Hatto shayton ham oʻziga ergashganlardan tonar ekan. Men sizlarga hech narsa qilganim yoʻq, chaqirsam ergashaverasizlarmi, meni emas, oʻzingizni malomat qiling, deb aytar ekan.

Inson aqliga va zotiga or boʻladigan aqiydada yurguvchi mushriklarning Qurʼoni Karim va Muhammad alayhissalom haqlarida nima deyishlarini bilsak, ularning naqadar adashganliklarini yana ham oydinroq ravishda tushunib yetamiz.