وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ هَـٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ularga ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar Haq (Qur'on) ularga kelgandayoq, bu ochiq-oydin sehrdir, derlar.Қачонки уларга равшан оятларимиз тиловат қилинса, куфр келтирганлар Ҳақ (Қуръон) уларга келгандаёқ, бу очиқ-ойдин сеҳрдир, дерлар.Alauddin Mansour: Qachon ularga Bizning aniq-ravshan boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir boʻlgan kimsalar Haq (Qurʼon) toʻgʻrisida u oʻzlariga kelgan vaqtidayoq (tafakkur qilib koʻrmasdanoq) «Bu ochiq sehrdir», derlar.Қачон уларга Бизнинг аниқ-равшан бўлган оятларимиз тиловат қилинса, кофир бўлган кимсалар Ҳақ (Қуръон) тўғрисида у ўзларига келган вақтидаёқ (тафаккур қилиб кўрмасданоқ) «Бу очиқ сеҳрдир», дерлар.
Bu oyati karimada mushriklarning vahiyga boʻlgan munosabatlari bayon qilinyapti. Alloh tushirgan oyatlar ochiq va ravshan, hech shubhali yoki noaniq joyi yoʻqligiga qaramay, kufr keltirganlar shubha qiladilar, ishonmaydilar, haq boʻlib kelgan Qurʼoni Karimni «sehr» deydilar. Axir, haq bilan sehr bir-biriga zid narsa-ku. Mushriklar faqat shu bilan kifoyalanib qolmaydilar, yana Muhammad alayhissalomni ham yolgʻonchilikda ayblaydilar va, Qurʼonni oʻzi toʻqib olgan, «Allohdan tushyapti» degani yolgʻon, deyishadi.