أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَلَا تَمْلِكُونَ لِى مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِۦ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning O`zi u(kitob) haqida siz sho`ng`iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning o`rtangizda guvohlikka Uning O`zi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt.Балки, у(Қуръон)ни ўзи тўқиб олган, ҳам дерлар. Сен: «Агар уни тўқиб олган бўлсам, Аллоҳдан (келадиган) бирор нарсани мендан қайтаришга қодир эмассиз. У зотнинг Ўзи у(китоб) ҳақида сиз шўнғиётган нарсаларни яхши билувчидир. Мен билан сизнинг ўртангизда гувоҳликка Унинг Ўзи кифоядир. Ва У кечирувчи ҳам раҳимли Зотдир», деб айт.Alauddin Mansour: Yoki ular («Qurʼonni Muhammadning) oʻzi toʻqib olgan», deydilarmi?! Ayting: «Agar uni oʻzim toʻqib olgan boʻlsam, u holda, sizlar men uchun Alloh (azobi)dan biron narsa(ni dafʼ qilish)ga ega boʻla olmassizlar (yaʼni, u holda Allohning Oʻzi Uning shaʼniga yolgʻon toʻqiganim uchun meni hech kim qaytara olmaydigan azob bilan jazolagan boʻlur edi. Bas, men sizlardan emas, balki Alloh taolodan qoʻrqqanim sababli sizlarga Haq vahiyni keltirmoqdaman)! U sizlar kirishayotgan narsani (yaʼni, Qurʼonni «bir sehr, bir uydirma» deyayotganlaringizni) juda yaxshi bilguvchidir. Uning Oʻzi men bilan sizlarning oʻrtangizda yetarli guvohdir. U magʻfiratli, mehribon Zotdir».Ёки улар («Қуръонни Муҳаммаднинг) ўзи тўқиб олган», дейдиларми?! Айтинг: «Агар уни ўзим тўқиб олган бўлсам, у ҳолда, сизлар мен учун Аллоҳ (азоби)дан бирон нарса(ни дафъ қилиш)га эга бўла олмассизлар (яъни, у ҳолда Аллоҳнинг Ўзи Унинг шаънига ёлғон тўқиганим учун мени ҳеч ким қайтара олмайдиган азоб билан жазолаган бўлур эди. Бас, мен сизлардан эмас, балки Аллоҳ таолодан қўрққаним сабабли сизларга Ҳақ ваҳийни келтирмоқдаман)! У сизлар киришаётган нарсани (яъни, Қуръонни «бир сеҳр, бир уйдирма» деяётганларингизни) жуда яхши билгувчидир. Унинг Ўзи мен билан сизларнинг ўртангизда етарли гувоҳдир. У мағфиратли, меҳрибон Зотдир».
Ushbu oyatda, avvalo, mushriklar Qurʼoni Karim haqida aytishi mumkin boʻlgan gaplardan biri zikr qilinmoqda:
«Balki, u(Qurʼon)ni oʻzi toʻqib olgan ham derlar».
Yaʼni, ehtimol, mushriklar, Qurʼonni Muhammadning oʻzi toʻqib olgan, uni Alloh nozil qilgan emas, derlar.
Soʻngra, beodob mushriklarga javob berishda Muhammad alayhissalomga paygʻambarlik odobiga rioya qilishni tavsiya etib, qanday javob berishni Alloh Oʻzi oʻrgatmoqda:
«Agar uni toʻqib olgan boʻlsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz».
Agar Qurʼonni oʻzim toʻqib olib, bu–Allohning soʻzi, deb yolgʻondan aytayotgan boʻlsam, Alloh meni tinch qoʻymaydi. Azobga oladi. Sizlar Allohning azobini mendan qaytarishga qodir emassizlar. Men esam, koʻrib-bilib turib oʻzimni Ulugʻ Allohning azobiga duchor qilmayman. Qanday qilib oʻzimcha toʻqiyman? Nima uchun toʻqiyman?
«U zotning Oʻzi u(kitob) haqida siz shoʻngʻiyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir.»
Sizlar nima desangiz deyaveringlar, ammo Qurʼon haqida qanaqa gap tarqatayotganlaringni Alloh taoloning Oʻzi juda yaxshi bilib turibdi.
«Men bilan sizning oʻrtangizda guvohlikka Uning Oʻzi kifoyadir.»
Men bilan sizning orangizda Alloh taoloning Oʻzi yetarli guvohdir: mening haqligim va rostgoʻyligimga, sizlarning esa, yolgʻonchi va igʻvogarligingizga guvohlik beradi.
«Va U kechiruvchi ham rahimli zotdir», deb ayt.»
Alloh taolo kechiruvchi zot, hali ham vaqt borida tavba qilib qolish kerak. U rahimli zot, shoyadki, rahim qilsa...
Ey Paygʻambar!