قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًا مِّنَ ٱلرُّسُلِ وَمَآ أَدْرِى مَا يُفْعَلُ بِى وَلَا بِكُمْ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ وَمَآ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men birinchi Payg`ambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, o`zimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.Сен: «Мен биринчи Пайғамбар эмасман, менга ва сизларга нима қилинишини билмасман. Фақат, ўзимга ваҳий қилинаётган нарсагагина эргашурман. Мен очиқ-ойдин огоҳлантирувчиман, холос», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Men paygʻambarlardan yangi — birinchisi emasman (yaʼni, mendan avval ham Allohning paygʻambarlari oʻtgan-ku, nega sizlar mening paygʻambarligimga hayron boʻlib, inkor qilmoqdasizlar?!) Men (kelajakda) na oʻzimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman (yaʼni, gʻaybdan xabardor emasman). Men faqat oʻzimga vahiy qilinadigan narsaga ergashurman. Men faqat ochiq ogohlantirguvchidirman».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Мен пайғамбарлардан янги — биринчиси эмасман (яъни, мендан аввал ҳам Аллоҳнинг пайғамбарлари ўтган-ку, нега сизлар менинг пайғамбарлигимга ҳайрон бўлиб, инкор қилмоқдасизлар?!) Мен (келажакда) на ўзимга ва на сизларга нима қилинишини билмасман (яъни, ғайбдан хабардор эмасман). Мен фақат ўзимга ваҳий қилинадиган нарсага эргашурман. Мен фақат очиқ огоҳлантиргувчидирман».
Mushriklar nimaga Muhammad alayhissalomning Paygʻambar ekanliklariga ishonmaydi?
Alloh taolo ushbu oyatda ana shu haqiqatni oʻsha nobakor mushriklarning yuziga aytishni Paygʻambarimiz alayhissalomning oʻzlariga topshirmoqda:
«Sen: «Men birinchi Paygʻambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman», deb ayt.
Axir, mendan avval ham koʻplab Paygʻambarlar kelgan-ku?! Men ham oʻsha Paygʻambarlarning biriman, xolos. Mening Paygʻambar boʻlib kelishim hayratga tushadigan yangilik emas. Men, agar Paygʻambar boʻlsam ham, kelajakda oʻzimga nima boʻlishini ham bilmayman, sizlarga nima boʻlishini ham bilmayman. Men,
«Faqat, oʻzimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman, xolos».
Mendan oldin kelgan Paygʻambarlarning barchasiga ham Alloh taolo vahiy yuborgan-ku?! Men ham boshqa Paygʻambarlar kabi, oʻzimga kelgan vahiyni qavmlarimga yetkazyapman, xolos.
«Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.»
Aslida, Paygʻambarning ishi shu-da. U gʻayb ilmini bilgani uchun yoki oʻziga va qavmlariga kelajakda nimalar boʻlishini bilgani uchun Paygʻambarlik qilmaydi. Aniqki, har bir Paygʻambar Alloh nimani buyursa, shuni qiladi. Parvardigoriga itoat etadi. Qavmlarini ogohlantiradi. U, oʻziga berilgan amrni bajaradi, chizilgan chegarada yuradi.
Soʻngra, Alloh taolo yana Paygʻambarimiz alayhissalomga xitob qilib, u zotga mushriklarni Islomning haqiqatiga chuqur nazar solishga chaqirib, baʼzi yahudiy olimlar ham ibrat va eʼtibor oqibatida Islomga kirganliklarini taʼkidlashni amr qiladi.
Ey Paygʻambar!