قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَكَفَرْتُم بِهِۦ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ مِثْلِهِۦ فَـَٔامَنَ وَٱسْتَكْبَرْتُمْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ayting-chi, agar u (Qur'on) Allohdan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qur'on)ga o`xshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt.Сен: «Айтинг-чи, агар у (Қуръон) Аллоҳдан бўлса-ю, сиз унга куфр келтирсангиз ва ҳолбуки, Бани Исроилдан бир гувоҳ у(Қуръон)га ўхшаш нарсага гувоҳлик бериб, иймон келтириб турибди, сиз эса, кибру ҳаво қиляпсиз. Албатта, Аллоҳ золим қавмларни ҳидоят қилмас», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: («Ey mushriklar), xabar beringiz-chi, agar (ushbu Qurʼon) Allohning huzuridan boʻlsa-yu, sizlar unga kofir boʻlsangizlar va Bani Isroildan boʻlgan bir guvoh ham u (Qurʼon)ning oʻxshashi (yolgʻiz Alloh tomonidangina nozil boʻlishi)ga guvohlik berib, iymon keltirsa-yu, sizlar (unga iymon keltirishdan) kibr-havo qilsangizlar (yaʼni, sizlar eng zolim odamlar boʻlib qolmaysizlarmi?!) Albatta Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas!»Айтинг: («Эй мушриклар), хабар берингиз-чи, агар (ушбу Қуръон) Аллоҳнинг ҳузуридан бўлса-ю, сизлар унга кофир бўлсангизлар ва Бани Исроилдан бўлган бир гувоҳ ҳам у (Қуръон)нинг ўхшаши (ёлғиз Аллоҳ томонидангина нозил бўлиши)га гувоҳлик бериб, иймон келтирса-ю, сизлар (унга иймон келтиришдан) кибр-ҳаво қилсангизлар (яъни, сизлар энг золим одамлар бўлиб қолмайсизларми?!) Албатта Аллоҳ золим қавмни ҳидоят қилмас!»
Ushbu oyatda Qurʼoni Karimni, ilohiy vahiyni inkor etayotgan mushriklarga dagʻdagʻa bor. Ularga bevosita aqlni lol qoldiruvchi murojaat bor:
«Ayting-chi, agar u (Qurʼon) Allohdan boʻlsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz…...»
Unda nima degan odam boʻlasiz?!
Ey, Qurʼonning Allohning kalomi ekanligini inkor qilayotgan mushriklar! Ayting-chi, sizlar Muhammad oʻzi toʻqib olgan, deb daʼvo qilayotgan narsangiz–Qurʼon haqiqatan Allohning huzuridan boʻlsa, unda nima degan odam boʻlasizlar?
«...…holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qurʼon)ga oʻxshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi...…»
Sizlar, ey, mushriklar, ilmsiz, johil, Paygʻambarliklar tarixini bilmaydigan odamsizlar. Lekin ahli kitoblardan, bunaqa ishlardan toʻla xabardor qavm boʻlmish Bani Isroildan ayrimlari Qurʼon Allohdan boʻlishi mumkinligiga guvohlik berib turishibdi-ku. Chunki, ularning Paygʻambari Muso alayhissalomga ham Qurʼonga oʻxshash ilohiy kitob–Tavrot nozil boʻlgan edi. Hamda oʻsha Tavrotda kelgan taʼlimotlar Qurʼondagiga oʻxshaydi, chunki ikkalasini ham bir Alloh nozil qilgan. Buning ustiga, Tavrotda Muhammad alayhissalomning vasflari bor. Ana oʻshalardan xabardor (guvoh) yahudiy Qurʼonga iymon keltirdi.
«...…siz esa, kibru havo qilyapsiz.»
Sizlar boʻlsalaringiz, johilligingizdan kibru havoga berilib, iymon keltirmay, kofir boʻlib yuribsizlar. Bas, shunday ekan, sizlar oʻziga zulm qilgan kishilarsizlar.
«Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt.»
Ha, zolimlarni Alloh taolo hech qachon hidoyatga boshlamaydi.
Qurʼoni Karimda buzuq aqiydalarni tuzatish, toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun turli uslublar qoʻllangan. Ushbu oyatda mushriklarning aqiydasiga shubha solish yoʻli bilan ularning xatoda ekanliklari bayon qilinmoqda.
Keyingi oyatlarda mushriklarning Qurʼon va Islom haqidagi gap-soʻzlarini keltirish bilan birga, ularning iymondan yuz oʻgirishga keltirgan nooʻrin uzrlari ham bayon qilinadi.