QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят11

وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَوْ كَانَ خَيْرًا مَّا سَبَقُونَآ إِلَيْهِ ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا۟ بِهِۦ فَسَيَقُولُونَ هَـٰذَآ إِفْكٌ قَدِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qur'on) yaxshilik bo`lganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qur'on)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar.Куфр келтирганлар иймон келтирганларга: «Агар у (Қуръон) яхшилик бўлганида, унга биздан аввал бормасдилар», дедилар. У(Қуръон)дан ҳидоят топишмагач, бу — қадимги уйдирмадир, дерлар.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar iymon keltirgan zotlar haqida «Agar (bu Qurʼon) yaxshi boʻlganida, (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan boʻlur edilar», dedilar. Ular oʻzlari (Qurʼon) bilan hidoyat topishmagach: «Bu eski uydirmadir», derlar.Кофир бўлган кимсалар иймон келтирган зотлар ҳақида «Агар (бу Қуръон) яхши бўлганида, (анави ялангоёқлар) унга бизлардан илгари бормаган бўлур эдилар», дедилар. Улар ўзлари (Қуръон) билан ҳидоят топишмагач: «Бу эски уйдирмадир», дерлар.

503-sahifa · 26-juz · 51-hizb503-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларلِلَّذِينَulargaуларгаءَامَنُوا۟iymon keltirganlargaиймон келтирганларгаلَوْagarагарكَانَboʻlganidaбўлганидаخَيْرًۭاyaxshilikяхшиликمَّاemasэмасسَبَقُونَآbizdan avval borardilarбиздан аввал борардиларإِلَيْهِ ۚungaунгаوَإِذْva qachonkiва қачонкиلَمْemasэмасيَهْتَدُوا۟ular hidoyat topdilarулар ҳидоят топдиларبِهِۦu bilanу биланفَسَيَقُولُونَbas, derlarбас, дерларهَـٰذَآbuбуإِفْكٌۭuydirmadirуйдирмадирقَدِيمٌۭqadimgiқадимги
TafsirТафсир

Maʼlumki, avval boshda Islomga kambagʻal, qul va zaif kishilar kirishgan. Ammor ibn Yasir, uning otasi va onasi, Bilol ibn Raboh roziyallohu anhumlar bunga misoldirlar.

Kibru havoga uchgan arab boyvachchalarining nazarida ushbu kambagʻallarning Islomga kirishi, Qurʼonga ishonishi kamchilik, ayb boʻlib koʻringan.

«Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qurʼon) yaxshilik boʻlganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar.»

Ular oʻzlaricha, «Yalangoyoqlar yurgan yoʻl yaxshi boʻlarmidi?» demoqchilar. Lekin, ayni choqda, hazrati Abu Bakr, hazrati Usmon, Hadicha onamizga oʻxshash boy, zodagonlar ham birinchilardan boʻlib Islomga kirishganini eʼtiborga olishmaydi. Islom boyni ham, kambagʻalni ham, kuchlini ham, zaifni ham bir oila aʼzosi qilish uchun Alloh tamonidan yuborilgan din. Unda kishilarning qadr- qiymati ularning kuchiga, boyligiga yoki mansabiga qarab emas, balki taqvosiga, qilgan amaliga qarab belgilanadi.

Aslini olganda, gap bunda emas edi. Boy zodagon mushriklar bir narsadan shubhalari borligi uchun yoki haqiqatni tushunib yetmaganlari uchun emas, balki Muhammad alayhissalomga ergashsak obroʻdan tushib qolamiz, deb kibru havoni ixtiyor qilgan edilar.

Albatta, ichlaridagi bu mashʼum dardni ochiq ayta olmaydilar va oʻzga bahona qiladilar. Modomiki, haqqa boʻyinsunib, unga ergashmayaptilarmi, bir bahona topish kerak. Modomiki, ular oʻzlarini bekamu koʻst, yaxshilikni ixtiyor qiluvchi shaxslar, deb oʻylaydilarmi, demak kamchilik va aybni boshqa yoqdan qidiradilar. Shuning uchun ham, Qurʼoni Karimni «bu–qadimgi uydirma» deyishdan toymaydilar. Ha,

«U(Qurʼon)dan hidoyat topishmagach, bu – qadimgi uydirmadir», derlar».

Vahiy haqidagi bahsning oxirida Muhammad alayhissalomga tushirilgan Qurʼoni Karim birinchi samoviy kitob emasligi, balki undan oldin ham vahiy yoʻli bilan Musoning kitobi Tavrot nozil qilinganligi, Qurʼon esa arab tilida uni tasdiqlab kelganligi bayon qilinadi.