QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят12

وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَـٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ وَهَـٰذَا كِتَـٰبٌ مُّصَدِّقٌ لِّسَانًا عَرَبِيًّا لِّيُنذِرَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ وَبُشْرَىٰ لِلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Qur'on)dan oldin Musoning kitobi yo`l boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qur'on) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir.У(Қуръон)дан олдин Мусонинг китоби йўл бошловчи ва раҳмат эди. Бу (Қуръон) эса, араб тилидаги, тасдиқловчи, зулм қилувчиларни огоҳлантириш учун ва яхшиларга башорат китобидир.Alauddin Mansour: U (Qurʼon)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat boʻlgan Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu (Qurʼon) arabiy lisondagi, (oʻzidan avval nozil boʻlgan barcha ilohiy kitoblarni) tasdiqlaguvchi bir Kitobdir. U zolim-kofir boʻlgan kimsalarni (Oxirat azobidan) ogohlantirish uchun va chiroyli amal qilguvchilarga (jannat haqida) xushxabar boʻlish uchun (nozil qilingandir).У (Қуръон)дан илгари Мусонинг пешво ва раҳмат бўлган Китоби (Таврот) бор эди. Бу (Қуръон) арабий лисондаги, (ўзидан аввал нозил бўлган барча илоҳий китобларни) тасдиқлагувчи бир Китобдир. У золим-кофир бўлган кимсаларни (Охират азобидан) огоҳлантириш учун ва чиройли амал қилгувчиларга (жаннат ҳақида) хушхабар бўлиш учун (нозил қилингандир).

503-sahifa · 26-juz · 51-hizb503-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنva -danва -данقَبْلِهِۦundan oldinундан олдинكِتَـٰبُkitobiкитобиمُوسَىٰٓMusoningМусонингإِمَامًۭاyoʻl boshlovchiйўл бошловчиوَرَحْمَةًۭ ۚva rahmatва раҳматوَهَـٰذَاva buва буكِتَـٰبٌۭkitobdirкитобдирمُّصَدِّقٌۭtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّسَانًاtildagiтилдагиعَرَبِيًّۭاarabарабلِّيُنذِرَogohlantirish uchunогоҳлантириш учунٱلَّذِينَularniуларниظَلَمُوا۟zulm qilganlarniзулм қилганларниوَبُشْرَىٰva bashoratва башоратلِلْمُحْسِنِينَyaxshilargaяхшиларга
TafsirТафсир

Musoning kitobi «yoʻl boshlovchi» deb vasf qilinishining boisi shulki, shariatning va aqiydaning asli Tavrotda kelgan.

«U(Qurʼon)dan oldin Musoning kitobi yoʻl boshlovchi va rahmat edi.»

Tavrotning «rahmat» deb sifatlanishiga ajablanmasa ham boʻladi, chunki Alloh taoloning bandalariga yuborgan har bir xabari, jumladan, Tavrot ham rahmatdir. Alloh yuborgan vahiy borliq uchun bitmas-tuganmas rahmatdir, bu dunyoyu u dunyoga yetarli rahmatdir.

Ushbu oyatdan Qurʼoni Karimga berilgan vasflardan birini– uning «arab tilida» ekanligini bilamiz.

«Bu (Qurʼon) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir.»

Ushbu oyati karimada Qurʼoni Majidning toʻrtta sifati haqida soʻz ketmoqda.

1. «...…arab tilidagi...…»

Bu xabar arablar uchun minnat boʻlib, Alloh taolo Oʻzining oxirgi, hammani ojiz qoldiruvchi, qiyomatgacha boqiy qoluvchi kitobiga ushbu arab tilini tanlagani bejiz emasligini eslatadi.

2. «...Tasdiqlovchi...»

Yaʼni, oʻzidan avvalgi kitoblarda, jumladan, Tavrotda kelgan aqiydaning aslini, ilohiy yoʻlni, dinu diyonatni tasdiqlaydi.

3. «...zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun...»

Bu ish Qurʼoni Karimning vazifalaridan hisoblanadi. Islom doimo zulmga qarshi. Qurʼoni Karimda bu haqda koʻplab oyatlar bor. Zulmning barcha koʻrinishlari Islomga, Qurʼonga ziddir. Qurʼon doimo olimlarni oxirat azobidan ogohlantirib turadi.

4. «...…yaxshilarga bashorat kitobidir.»

Qurʼoni Karim yaxshilarga ikki dunyo baxt-saodati bashorati–xushxabarini beradi.

Kelgusi oyatlarda mazkur yaxshilarga beriladigan mukofot, bashorat, suyunchilik xabar vasf qilinadi.