QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят13

إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَـٰمُوا۟ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta «Robbimiz Allohdir» degan, so`ngra bunda mustaqiym turganlarga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar.Албатта «Роббимиз Аллоҳдир» деган, сўнгра бунда мустақийм турганларга хавф йўқдир ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Albatta «Parvardigorimiz Allohdir», degan, soʻngra (Toʻgʻri Yoʻlda) ustivor boʻlgan zotlar uchun xavf-xatar yoʻqdir va ular gʻamgin boʻlmaslar.Албатта «Парвардигоримиз Аллоҳдир», деган, сўнгра (Тўғри Йўлда) устивор бўлган зотлар учун хавф-хатар йўқдир ва улар ғамгин бўлмаслар.

503-sahifa · 26-juz · 51-hizb503-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularуларقَالُوا۟dedilarдедиларرَبُّنَاRobbimizРоббимизٱللَّهُAllohdirАллоҳдирثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَقَـٰمُوا۟mustaqim turdilarмустақим турдиларفَلَاbas, yoʻqdirбас, йўқдирخَوْفٌxavfхавфعَلَيْهِمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيَحْزَنُونَxafa boʻlurlarхафа бўлурлар
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo

«Robbimiz Allohdir degan» bandalarini madh etmoqda, chunki bu iborani aytganlar yagona Allohning Oʻzigina ibodatga sazovor Zot ekaniga, ushbu borliqning Parvardigori ekaniga, faqat Unga ibodat qilib, faqat Unga suyanishga iqror boʻlganlardir.

Shu bilan birga, ular iymonga amalni, yaʼni, mustaqiymlikni ham qoʻshib olib borishadi.

«…...soʻngra bunda mustaqiym turganlar...…»

Chunki, mustaqiymlik deganimiz Allohning buyruqlarini soʻzsiz bajarish va qaytarganlaridan mutlaqo qaytishni bildiradi.

Imom Muslim Ibn Hajjoj Sufyon ibn Abdulloh as-Saqafiydan rivoyat qilgan hadisi sharifda ham ushbu maʼno oʻz aksini topgandir. Sufyon ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilarki: «Men, ey, Allohning Rasuli, menga Islomda bir gap aytingki, sizdan keyin u haqda hech kimdan soʻramayin, degan edim, u kishi, Allohga iymon keltirdim, degin-da, soʻngra mustaqiym tur, dedilar».

Iymonga kelib, mustaqiym turganlarga qiyomat kunida hech qanday gap yoʻq.

Ha, ularga,

«…xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar».

Ularga hech qanday xafagarchilik ham boʻlmaydi. Qilgan yaxshi amallarining mukofotiga rohat-farogʻatda boʻladilar.