أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ خَـٰلِدِينَ فِيهَا جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar jannat egalaridir, qilgan amallari mukofotiga unda abadiy qolurlar.Ана ўшалар жаннат эгаларидир, қилган амаллари мукофотига унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar jannat egalari boʻlib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) ular qilib oʻtgan amallarining mukofotidir.Ана ўшалар жаннат эгалари бўлиб, у жойда мангу қолурлар. (Бу) улар қилиб ўтган амалларининг мукофотидир.
Ushbu oyati karimadagi
«qilgan amallari mukofotiga» degan iboraga alohida eʼtibor berish lozim. Qarang-a, qilgan amallari, aytgan gaplari yoki niyatlari, deyilgani yoʻq. Faqat, «qilgan amallari» taʼkidlanmoqda.
Demak, quruq gapning Islomda eʼtibori yoʻq, balki aytilgan gapni amal bilan tasdiqlash sodir boʻlgandagina mukofotlarga sazovor boʻlinadi. Mukofot–jannatda mangu qolishlikdir.
Iymon va mustaqiymlik hosil boʻlgandan soʻng, ota-onaga yaxshilik qilish haqida nasihat boshlanadi. Alloh taolo bilan boʻladigan bogʻlanishdan keyingi eng muhim bogʻlanish ota-ona bilan boʻladigan bogʻlanish ekanini, ota-onasini faqat iymonli kishilargina haqiqiy hurmat qila olishini shundan ham bilib olsa boʻladi.