فَٱصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْعَزْمِ مِنَ ٱلرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِل لَّهُمْ ۚ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا سَاعَةً مِّن نَّهَارٍۭ ۚ بَلَـٰغٌ ۚ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْفَـٰسِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, azmu matonat sohibi bo`lgan Payg`ambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular va'da qilingan narsani ko`rganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga o`xsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos!Бас, азму матонат соҳиби бўлган Пайғамбарлар сабр қилгандек, сабр қил, уларга (азоб етишига) шошилма! Улар ваъда қилинган нарсани кўрганларида худди (бу дунёда) кундуздан бир лаҳзагина турганга ўхшарлар. Бу етказишдир! Бас, фақат фосиқ қавмларгина ҳалок қилинур, холос!Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ham (oʻtgan) paygʻambarlar orasidagi sabot-matonat egalari sabr qilganlaridek, (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling va ularga (tushadigan azob)ni shoshtirmang. Ular oʻzlariga vaʼda qilinayotgan azobni koʻradigan Kunda goʻyo (bu dunyoda) faqat kunduzdan bir soatgina turgandek boʻlib qolurlar! (Bu Alloh tomonidan nozil qilingan) bir bayonot-xabardir. Bas, faqat itoatsiz qavmgina halok qilinur.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз ҳам (ўтган) пайғамбарлар орасидаги сабот-матонат эгалари сабр қилганларидек, (мушрикларнинг озор-азиятларига) сабр қилинг ва уларга (тушадиган азоб)ни шоштирманг. Улар ўзларига ваъда қилинаётган азобни кўрадиган Кунда гўё (бу дунёда) фақат кундуздан бир соатгина тургандек бўлиб қолурлар! (Бу Аллоҳ томонидан нозил қилинган) бир баёнот-хабардир. Бас, фақат итоатсиз қавмгина ҳалок қилинур.
Alloh taolo ushbu oyatda kofir, mushrik va dinsizlar doimo moʻmin-musulmonlarga zulm qilib, ozor berib, tazyiq oʻtkazib kelganlarini eslatmoqda. «Ulul azm», yaʼni azmu matonat sohibi boʻlgan Paygʻambarlar–Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso alayhissalomlardir. Bu buyuk Paygʻambarlarning har birlarining boshlariga iymon yoʻlida, dinu diyonat yoʻlida qanchadan-qancha kulfatlar yogʻilgan. Lekin ular sabr-matonatda zarbulmasal boʻlganlar. Bu haqiqatni koʻpchilik, jumladan Muhammad alayhissalom va u zotning ummatlari ham yaxshi biladilar. Shuning uchun ham, Paygʻambar alayhissalom oʻz davrlarida Makka mushriklarining qarshiliklariga uchrab qiyin holga tushganlarida «Ulul azm» nomini olgan buyuk Paygʻambarlardan oʻrnak olishga chaqirilyaptilar.
«Bas, azmu matonat sohibi boʻlgan Paygʻambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma!»
U zoti bobarakot bu ilohiy amrga amal qildilar va oʻzlari ham «Ulul azm» Paygʻambarlar safidan oʻrin olishga muyassar boʻldilar.
Odatda, Allohning amriga qarshi chiqqanlarning biror baloga giriftor boʻlishi kutiladi. Gohida bandalar shoshilib: «Nimaga bunga hech narsa boʻlmaydi ekan?» kabi nooʻrin savollar bera boshlaydilar. Paygʻambar alayhissalom vaqtlarida ham shunday hollar boʻlgan. Ehtimol, Muhammad alayhissalomning dillaridan ham shunday savol oʻtgandirki, u zotga Parvardigori olam:
«ularga (azob yetishiga) shoshilma», demoqda.
«Ular vaʼda qilingan narsani koʻrganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga oʻxsharlar.»
Oyatda zikr etilgan «vaʼda qilingan narsa»dan murod oxirat azobidir. Demak ular oxirat azobini koʻrganlarida, uning dahshatidan, qiynoqlaridan, kuchidan, davomiyligidan bu dunyoda yashab oʻtkazgan hayotlari oʻzlariga «bir lahzagina»ga oʻxshab tuyular ekan. Demak, bir lahzalik hayotni deb, oxiratni xarob qilmaslik kerak.
«Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos!»
Oyatda Qurʼoni Karim «yetkazish» xolos ekanligi yana bir taʼkidlanmoqda. Hamda faqat fosiqlar, yaʼni, Allohning amridan chiqqanlargina halok qilinishi, azobga duchor boʻlishi aytilmoqda.
Ha, Alloh taoloning bu olamda joriy qilgan sunnati–odati, qonuni shundoq–iymon bilan kufr orasidagi kurashda doimo iymon gʻolib chiqadi. Ushbu kurashda ishtirok etgan taraflardan moʻminlar ikki dunyo saodatiga erishib, kofir qavmlargina halok qilinadilar.