QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят34

وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَلَيْسَ هَـٰذَا بِٱلْحَقِّ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur). Ular: «Robbimizga qasamki, xuddi shundoq», dedilar. «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi.Куфр келтирганлар дўзахга кўндаланг қилинган кунда: «Бу, ҳақ эмасми?!» (дейилур). Улар: «Роббимизга қасамки, худди шундоқ», дедилар. «Бас, куфр келтирганингиз учун азобни тортинглар», деди.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar doʻzaxga koʻndalang qilinadigan Kunda (ularga): «Ushbu (azob) haq emas ekanmi?!», (deyilganida), ular: «Yoʻq, Parvardigorimizga qasamki, (bizlarga vaʼda qilingan azob haq ekan)», derlar. (Shunda Alloh) aytar: «Bas, kofir boʻlganlaringiz sababli mana shu azobni totinglar!»Кофир бўлган кимсалар дўзахга кўндаланг қилинадиган Кунда (уларга): «Ушбу (азоб) ҳақ эмас эканми?!», (дейилганида), улар: «Йўқ, Парвардигоримизга қасамки, (бизларга ваъда қилинган азоб ҳақ экан)», дерлар. (Шунда Аллоҳ) айтар: «Бас, кофир бўлганларингиз сабабли мана шу азобни тотинглар!»

506-sahifa · 26-juz · 51-hizb506-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَوْمَva kundaва кундаيُعْرَضُkoʻndalang qilinurlarкўндаланг қилинурларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларعَلَىustigaустигаٱلنَّارِdoʻzaxдўзахأَلَيْسَemasmiэмасмиهَـٰذَاbuбуبِٱلْحَقِّ ۖhaqiqatҳақиқатقَالُوا۟derlarдерларبَلَىٰha, albattaҳа, албаттаوَرَبِّنَا ۚRobbimizga qasamkiРоббимизга қасамкиقَالَderдерفَذُوقُوا۟bas, totinglarбас, тотингларٱلْعَذَابَazobniазобниبِمَاuchunучунكُنتُمْboʻlganingizбўлганингизتَكْفُرُونَkufr keltiribкуфр келтириб
TafsirТафсир

Bu oyati karimada hayoti dunyoda oʻlgandan soʻng tirilishni, doʻzax azobini uydirma, afsona, deb yurganlarga qiyomat kuni beriladigan dagʻdagʻa savoli va ularning javobi vasf qilinmoqda:

«Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur)».

Yaʼni, qiyomat kuni kofirlarni doʻzaxga ravona qilinayotgan vaqtda, ular oʻz hollariga voy boʻlganini anglab yetganlaridan keyin, ularning oʻzlaridan: «Xoʻsh, aytinglar-chi, doʻzax va uning azobi haq ekanmi?!»–deb soʻraladi.

Kofirlar bu savolga darhol javob beradilar.

«Ular, Robbimizga qasamki, xuddi shundoq, dedilar.»

Barcha jinoyatchilar qoʻlga tushganda muloyim boʻlib qolganidek, bu kofirlar ham Robbil olamiynning qarshisida avvalgi mutakabbirliklaridan asar ham qolmay, Robbimizga qasamki, deb turibdilar. Savolga javob berishdan avval Alloh taoloning nomi ila qasam ichib olib, keyin, xuddi shundoq, demoqdalar.

Ha, u dunyoda biz inkor etib yurgan doʻzax va uning azobi haq ekan, endi bildik, demoqdalar.

Kofirlar: «Xuddi shunday, haq ekan», deyish bilan chegaralanishsa ham boʻlar edi, lekin u paytda ularning ishonchi shu darajaga yetganki, oddiy jumla bilan emas, balki Allohga qasam ichib, «Robbimizga qasamki», deb taʼkidlab aytishmoqda.

Ana shunda savol beruvchi tomon oxirgi soʻzni aytib, soʻzlashuvga yakun yasadi.

«Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi.»

U dunyoda «iymon keltir» deyilsa, koʻnmay, kufr keltirgan edingiz, endi oʻsha kofirligingiz sababidan doʻzax azobini tortaveringlar.

Suraning oxirida Alloh subhanahu va taolo Oʻzining suyukli Paygʻambari Muhammad alayhissalomga va u kishi orqali barcha moʻmin-musulmonlarga tasalli berib, kofirlar va mushriklar yetkazayotgan azoblarga, dushmanliklarga va tazyiqlarga xuddi ilgari oʻtgan Paygʻambarlar kabi sabr qilishni buyuradi.