أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَلَمْ يَعْىَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَـٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحْـِۧىَ ٱلْمَوْتَىٰ ۚ بَلَىٰٓ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol bo`lmagan Alloh o`liklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir.Улар осмонлару ерни яратган ва уларни яратишда беҳол бўлмаган Аллоҳ ўликларни ҳам тирилтиришга қодир эканини англаб етмадиларми? Зеро, У зот ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Axir ular (Oxiratda qayta tirilish haq ekanini inkor qilguvchi kimsalar) osmonlar va Yerni yaratgan, ularni yaratishga ojizlik qilib qolmagan zot — Alloh oʻliklarni tiriltirishga ham qodir ekanligini (oʻylab) koʻrmadilarmi?! Yoʻq, albatta (Alloh oʻliklarni tiriltirishga ham qodirdir). Zero, U zot barcha narsaga qodirdir.Ахир улар (Охиратда қайта тирилиш ҳақ эканини инкор қилгувчи кимсалар) осмонлар ва Ерни яратган, уларни яратишга ожизлик қилиб қолмаган зот — Аллоҳ ўликларни тирилтиришга ҳам қодир эканлигини (ўйлаб) кўрмадиларми?! Йўқ, албатта (Аллоҳ ўликларни тирилтиришга ҳам қодирдир). Зеро, У зот барча нарсага қодирдир.
Bu, kofirlar oʻlgandan soʻng ham jazodan qutula olmasliklarini taʼkidlashdir. Hozirgi kunning kofirlariga oʻxshab «oʻlib, tuproqqa qoʻshilib ketganingdan keyin nima ham qila olar edi», degan xayol kelmasligi kerak.
«Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol boʻlmagan Alloh oʻliklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi?»
Har bir narsaga qodir Alloh oʻlganlarni ham tiriltirish, soʻroq-savol qilish va bu dunyoda qilganiga yarasha jazo yoki mukofot berishga qodirdir. Nahotki, Allohning dinini qabul qilmovchilar bu haqiqatni oʻylab koʻrmasalar.
«Zero, U zot har bir narsaga qodirdir.»
Shunchalik gap-soʻz, tushuntirish, bayonlardan keyin ham kufrda, inkorda davom etuvchilarning holi qiyomat kunida qanday boʻlishini keyingi oyat vasf qiladi: