QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят1

ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَـٰلَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirgan va Allohning yo`lidan to`sganlarning amallarini U zot botil qildi.Куфр келтирган ва Аллоҳнинг йўлидан тўсганларнинг амалларини У зот ботил қилди.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan va (oʻzgalarni ham) Alloh yoʻlidan toʻsgan kimsalarning amallarini (Alloh) zoye ketkazur.Кофир бўлган ва (ўзгаларни ҳам) Аллоҳ йўлидан тўсган кимсаларнинг амалларини (Аллоҳ) зое кетказур.

507-sahifa · 26-juz · 51-hizb507-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганوَصَدُّوا۟va toʻsganва тўсганعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингأَضَلَّU zot botil qildiУ зот ботил қилдиأَعْمَـٰلَهُمْularning amallariniуларнинг амалларини
TafsirТафсир

Iymonsiz, dinsiz va Allohning yoʻlidan yuz oʻgirgan hamda odamlarni bu yoʻldan toʻsgan shaxslarning barcha amallarini, xatti- harakatlarini Alloh taoloning Oʻzi botil qiladi, yaʼni, yoʻqqa chiqaradi yoki besamar qilib qoʻyadi. Kofirlar va dinsizlar Allohning diniga qarshi qancha harakat qilishmasin, harakatlari, baribir, bekorga ketadi. Alloh taolo Islomni qiyomat kunigacha himoya qilishni Oʻz zimmasiga olgan, dunyoda qanchadan-qancha kuchli, qudratli, imkoniyatli, makr-hiylalilar Islomga qarshi urishdilar. Ammo birin-ketin hammasining amallari botil boʻlib, oʻzlari esa, xor boʻldilar. Inshoalloh, bundan keyin ham shunday boʻlishi muqarrar. Zotan, Alloh taolo vaʼdasiga hech xilof qilmaydi.

Iymonsizlarning qilgan yaxshiliklari ham ajr-savobsiz boʻladi. Alloh ularning bu amallarini ham botil qiladi. Aqlni ishlatib koʻradigan boʻlsak, xayru ehson qiladigan inson ajru savobni koʻzlaydi. Ajru savobni esa faqat Alloh taolo beradi. Ajru savobdan umidvor inson Allohga ishonmasa, kofir boʻlsa, Alloh unga nega savob ato etadi. Axir, har bir ish niyatga qarab eʼtiborga olinadi.

Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlarning oqibati bundoq boʻlsa,