وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَءَامَنُوا۟ بِمَا نُزِّلَ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَهُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۙ كَفَّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَأَصْلَحَ بَالَهُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirgan, solih amallarni qilgan va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qur'on)ga — holbuki u (Qur'on) Robbilaridan kelgan haqdir — iymon keltirganlarning ayblarini berkitar va ahvollarini yaxshilar.Иймон келтирган, солиҳ амалларни қилган ва Муҳаммадга нозил қилинган нарса(Қуръон)га — ҳолбуки у (Қуръон) Роббиларидан келган ҳақдир — иймон келтирганларнинг айбларини беркитар ва аҳволларини яхшилар.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda Muhammad (alayhissalom)ga nozil qilingan narsaga (Qurʼonga) — holbuki, u Parvardigorlari tomonidan kelgan Haqiqatdir — iymon keltirgan zotlarning esa yomonlik-gunohlarini oʻchirur va ishlarini oʻnglar.Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган ҳамда Муҳаммад (алайҳиссалом)га нозил қилинган нарсага (Қуръонга) — ҳолбуки, у Парвардигорлари томонидан келган Ҳақиқатдир — иймон келтирган зотларнинг эса ёмонлик-гуноҳларини ўчирур ва ишларини ўнглар.
Iymon haqiqiy boʻlsa, egasini solih amallarga undaydi, shuning uchun ham, Qurʼoni Karimda koʻpincha «iymon»dan keyin «amali solih» zikr etiladi.
«Iymon keltirgan, solih amallarni qilgan...…»
Aslida, iymonning ichida Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Qurʼoni Karimga iymon ham bor, lekin bu yerda Qurʼon Parvardigori olam tomonidan kelgan haq narsa ekanligini yana bir bor boʻrttirib koʻrsatish uchun alohida taʼkidlanayapti.
«…...va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qurʼon)ga – holbuki u (Qurʼon) Robbilaridan kelgan haqdir...…»
Agar ular ayb yoki gunoh ishlarni iymonga kelishdan avval sodir etgan boʻlsalar, Iymonga kelishning oʻzi iymondan oldingi barcha gunohlarni yuvib yuboradi. Iymondan keyin sodir etilgan boʻlsa, haqiqiy iymon gunohkorni tavbaga chorlaydi. Tavba qilgan iymonli bandasining gunohini esa, Alloh taolo albatta magʻfirat qiladi.
«...…iymon keltirganlarning ayblarini berkitadi va ahvollarini yaxshilar.»
Alloh taolo iymonli kishilarning «ahvollarini yaxshilar».
Yaʼni, iymonli insonning hamma tarafdan koʻngli toʻq boʻladi. Bunday inson xotirjam, qalbi sokin, tani sogʻ, ishonchi komil, vijdoni pok, hayoti tinch, oilasi saodatli boʻladi. Xullas, Alloh taolo hamma jihatdan uning ahvollarini yaxshilaydi. Bu esa, ulkan baxt boʻlib, bunday baxtga faqat iymonli kishilargina muyassar boʻladilar.
Yuqoridagi ikki oyatda kelgan ikki xil holat oʻz-oʻzidan boʻlavermaydi, balki sobit asosga suyangan holda boʻlayotgan haqiqatdir. Bu asosni keyingi oyat bayon qiladi.