QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят3

ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱتَّبَعُوا۟ ٱلْبَـٰطِلَ وَأَنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّبَعُوا۟ ٱلْحَقَّ مِن رَّبِّهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَـٰلَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undoq bo`lishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan bo`lgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga o`zlarining misollarini shunday keltirar.Ундоқ бўлишига, албатта, куфр келтирганларнинг ботилга эргашганлари ва иймон келтирганларнинг Роббиларидан бўлган ҳаққа эргашганликлари сабабдир. Аллоҳ кишиларга ўзларининг мисолларини шундай келтирар.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, kofirlarning amallari zoye boʻlishi va moʻminlarning gunohlari oʻchirilishiga) sabab — kofir boʻlgan kimsalarning botil (yoʻl)ga ergashganlari, iymon keltirganlarning esa Parvardigorlari tomonidan boʻlgan Haq (Qurʼon yoʻli)ga ergashganlaridir. Alloh insonlarga ularning misollarini mana shunday bayon qilib berur.Бунга (яъни, кофирларнинг амаллари зое бўлиши ва мўминларнинг гуноҳлари ўчирилишига) сабаб — кофир бўлган кимсаларнинг ботил (йўл)га эргашганлари, иймон келтирганларнинг эса Парвардигорлари томонидан бўлган Ҳақ (Қуръон йўли)га эргашганларидир. Аллоҳ инсонларга уларнинг мисолларини мана шундай баён қилиб берур.

507-sahifa · 26-juz · 51-hizb507-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَshundoq boʻlishiшундоқ бўлишиبِأَنَّalbatta, ...ligi sababdirалбатта, ...лиги сабабдирٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганٱتَّبَعُوا۟ergashdilarэргашдиларٱلْبَـٰطِلَbotilgaботилгаوَأَنَّva albattaва албаттаٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱتَّبَعُوا۟ergashdilarэргашдиларٱلْحَقَّhaqqaҳаққаمِن-dan-данرَّبِّهِمْ ۚRobbilariРоббилариكَذَٰلِكَshundayшундайيَضْرِبُkeltiradiкелтирадиٱللَّهُAllohАллоҳلِلنَّاسِkishilargaкишиларгаأَمْثَـٰلَهُمْularning misollariniуларнинг мисолларини
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima kofirlarning azob-uqubatga uchrashlari sababini bayon qilib:

«Undoq boʻlishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari…» sababdir, demoqda.

Chunki, botil tagi puch narsa, uning asosi ham, poydevori ham yoʻqdir. Shuning uchun ham, unga ergashganlar zalolat va azob- uqubatdan boshqa hech narsaga erisha olmaydilar.

Iymonlilarning gunohlari magʻfirat qilinib, ahvollarining yaxshilanishiga esa,

«…iymon keltirganlarning Robbilaridan boʻlgan haqqa ergashganliklari sababdir».

Iymonlilar ergashgan haq Alloh taolo tomonidan yuborilgandir. Uning asosi, poydevori va ildizi olamlarning Robbisiga borib taqaladi. Osmonlaru yerni tutib turgan narsa ham shu emasmi?! Modomiki, moʻminlar Allohdan boʻlgan haqqa ergashar ekanlar, ularning gunohlari yuvilishi va ahvollari yaxshilanishi turgan gap, bunga ajablanmasa ham boʻladi.

Xuddi yuqoridagi misollar kabi, Alloh taolo insonlar adashib ketmasliklari uchun misollarni ularning hayotidan keltirib qoʻyadi.

Shundan soʻngra moʻminlarni dindan qaytarishga uringan kofirlarga qarshi urushga daʼvat qiluvchi oyatlar keladi.