هَـٰٓأَنتُمْ هَـٰٓؤُلَآءِ تُدْعَوْنَ لِتُنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبْخَلُ ۖ وَمَن يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ ٱلْغَنِىُّ وَأَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ ۚ وَإِن تَتَوَلَّوْا۟ يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓا۟ أَمْثَـٰلَكُم
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hoy, sizlar. Anavilar. Allohning yo`lida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, ba'zilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, o`ziga baxillik qilur. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambag`alsizlar. Va agar siz yuz o`girib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni o`rningizga keltirur, ular esa sizlarga o`xshagan bo`lmaslar.Ҳой, сизлар. Анавилар. Аллоҳнинг йўлида нафақа қилишга чақирилсангиз, бас, баъзиларингиз бахиллик қилурсизлар. Ва ким бахиллик қилса, албатта, ўзига бахиллик қилур. Ва, ҳолбуки, Аллоҳ бой, сизлар камбағалсизлар. Ва агар сиз юз ўгириб кетсангиз, сиздан бошқа қавмни ўрнингизга келтирур, улар эса сизларга ўхшаган бўлмаслар.Alauddin Mansour: Mana, sizlar shunday kishilardirsizki, Alloh yoʻlida infoq-ehson qilish uchun daʼvat qilinursizlar. Bas, (aniqki), sizlarning orangizda baxillik qiladigan kimsalar ham bordir. Kim baxillik qilsa, bas, albatta u faqat oʻz ziyoniga baxillik qilur. (Chunki u ajr-savobdan mahrum boʻlur). Alloh (sizlarning xayr-ehsonlaringizdan) boy-behojat, sizlar esa (U zotning ajr-savobiga) faqir-muhtojdirsizlar. Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz oʻgirib ketsangizlar, U zot (oʻrningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qoʻyur, soʻngra ular sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar, (balki Allohga toat-ibodat qilurlar)!Мана, сизлар шундай кишилардирсизки, Аллоҳ йўлида инфоқ-эҳсон қилиш учун даъват қилинурсизлар. Бас, (аниқки), сизларнинг орангизда бахиллик қиладиган кимсалар ҳам бордир. Ким бахиллик қилса, бас, албатта у фақат ўз зиёнига бахиллик қилур. (Чунки у ажр-савобдан маҳрум бўлур). Аллоҳ (сизларнинг хайр-эҳсонларингиздан) бой-беҳожат, сизлар эса (У зотнинг ажр-савобига) фақир-муҳтождирсизлар. Агар сизлар (Аллоҳга итоат этишдан) юз ўгириб кетсангизлар, У зот (ўрнингизга) сизлардан бошқа бир қавмни алмаштириб қўюр, сўнгра улар сизларга ўхшаган бўлмаслар, (балки Аллоҳга тоат-ибодат қилурлар)!
Oyati karimada Alloh taolo inson tabiatini qanchalik daqiq bilishini taʼkidlamoqda hamda voqeʼlik haqida xabardor qilmoqda. Haqiqatan ham, ushbu oyati karimalar nozil boʻlib turgan vaqtda insoniyat tarixida oltin sahifalar boʻlib qoladigan saxiylik, Allohning yoʻlida xolis mol sarflashdek fazilatlar koʻp musulmonlarga xos boʻlib, ularning bu boradagi ishlari moʻʼjiza darajasiga borib yetgani tarix sahifalarida boqiy qolgan. Shu bilan birga, baʼzi baxillar ham boʻlganki, bu ham voqeʼlikdir. Qurʼoni Karim ushbu oyatda shu baxillikni muolaja qilmoqda. Sodir etilgan baxillik muolaja qilinayotgani uchun, nido ham oʻshanga yarasha boʻlmoqda:
«Hoy, sizlar. Anavilar».
Nima uchun mollaringizni ortiqcha yaxshi koʻrasiz?
«Allohning yoʻlida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, baʼzilaringiz baxillik qilursizlar.»
Bu juda ham notoʻgʻri ish. Bu, moʻmin-musulmon insonga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan ish. Nahotki, molu dunyoni rizq qilib bergan Zot Oʻzining yoʻlida oʻsha molu dunyoning baʼzisini nafaqa qilishga chaqirganda baxillik qilinsa?!
«Va kim baxillik qilsa, albatta, oʻziga baxillik qilur.»
Kim xayr-ehson qilsa, Allohning yoʻlida sarf-harajat qilsa, oʻziga zahiyra toʻplagan boʻladi. Oxiratda qachon xohlasa, undan olaveradilar. Ha, bu dunyoda qilingan nafaqa qiyomat kuni uchun toʻplab qoʻyilgan ehtiyot jamgʻarma hisoblanadi. Kimki bu dunyoda Allohning yoʻlida, din yoʻlida sarf qilishdan qochsa, baxillik qilsa, demak, oʻzining oxiratdagi jamgʻarmasining koʻpayishiga qarshi harakat qilgan boʻladi. Sirtdan mol-pulni tejab qolib, oʻziga, oilasiga, bola-chaqasiga ishlatganga oʻxshaydi-yu, lekin aslini olganda, barchani oxirat savobidan mahrum qilgan boʻladi. Chunki, nafaqa qilsa, oʻziga qilgan boʻladi. Alloh esa, hech kimning nafaqasiga muhtoj emas:
«Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambagʻalsizlar».
Qoʻllaringizdagi mol-dunyoni vaqtinchalik, sizlarni sinash uchun Allohning Oʻzi bergan-ku! Oʻzi bergan oʻsha moldan nafaqa qilsangiz, uni saqlab, koʻpaytirib qaytaradigan ham Oʻzi-ku! Qaysi tarafdan qaralganda ham, kambagʻal–sizlar. Hojatmand–sizlar, deyilmoqda. Qoʻlingizdagi molni Alloh bergan boʻlsa, ulardan savob hosil boʻlsa, savobni beruvchi ham Allohning Oʻzi boʻlsa, unda, nimaga Allohning dini yoʻlida baxillik qilasiz?!
Islomga daʼvat, dinga xizmat qilish Allohning bandasiga bergan ulugʻ neʼmati va eʼzozidir. Ushbu ulugʻ ishonchga munosib boʻlmay, qoʻrqoqlik, dangasalik va baxillik qilsalar, Alloh berganini qaytarib olib, Oʻz ulugʻ neʼmatining qadrini biladigan bandalariga berishi hech gap emas.
«Va agar siz yuz oʻgirib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni oʻrningizga keltirur...»
Albatta, yangi qavm avvalgisiga oʻxshab qoʻrqoq, dangasa va baxil boʻlmaydi.
«...…ular esa, sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar.»
Ibn Abi Hotim qilgan rivoyatda Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilarki: «Rasululloh alayhissolatu vassalom «...Va agar siz yuz oʻgirib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni oʻrningizga keltiradi, ular sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar», degan oyatni oʻqigan edilar, sahobalar:
«Ey, Allohning Rasuli, biz yuz oʻgirsak, oʻrnimizga keladigan, bizga oʻxshamaydiganlar kimlar?»–deb soʻrashdi. Shunda Paygʻambar alay-hissalom Salmoni Forsiy roziyallohu anhuning yelkalariga urib:
«Mana bu va uning qavmi», dedilar.