إِن يَسْـَٔلْكُمُوهَا فَيُحْفِكُمْ تَبْخَلُوا۟ وَيُخْرِجْ أَضْغَـٰنَكُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sizdan ularni so`rasa, qiynasa, baxillik qilasizlar va Alloh kek-hiqdlaringizni chiqarur.Агар сиздан уларни сўраса, қийнаса, бахиллик қиласизлар ва Аллоҳ кек-ҳиқдларингизни чиқарур.Alauddin Mansour: Agar (Alloh) sizlardan (mol-dunyolaringizni) soʻrab, sizlarni qiynaydigan boʻlsa, sizlar baxillik qilursizlar va U sizlarning (dillaringizdagi) kek-adovatlaringizni oshkor qilur.Агар (Аллоҳ) сизлардан (мол-дунёларингизни) сўраб, сизларни қийнайдиган бўлса, сизлар бахиллик қилурсизлар ва У сизларнинг (дилларингиздаги) кек-адоватларингизни ошкор қилур.
Alloh taolo Oʻzi yaratgan bandalarining sir-asrorlaridan, kamchilik va tabiatlaridan xabardordir. U zot hamma narsani biladi. Shuning uchun ham, avvalgi oyat oxirida «...va mol-dunyolaringizni soʻramas», degan boʻlsa ham, ushbu oyatning boshida, agar soʻrab qolsa nima boʻlar edi, degan savolga Oʻzi javob berib:
«Agar sizdan ularni soʻrasa...»
Yaʼni, mol-dunyolaringizni berishingizni soʻrasa, sizga ogʻir tuyuladi, mol-dunyolaringizni sarflashga tegishli boʻlgan amr haqida oʻylab qolasizlar. Ha, Alloh sizdan mollaringizni sarf qilishni soʻrasa,
«…...qiynasa, baxillik qilasizlar…...»
Yaʼni, mollaringizni Allohning yoʻlida sarf qilmaysizlar, demoqda.
Alloh xohlasa, ana shundoq qilib,
«…kek-hiqdlaringizni chiqarur».
Siz oʻzingiz sezmagan holda ayblaringizni oshkor qilib qoʻyasiz.
Oxirgi oyatda esa, din yoʻlida mol sarflashda sodir boʻladigan baxillik kabi qiyinchilikni Qurʼoniy uslubda muolaja qilinadi.