QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят36

إِنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ۚ وَإِن تُؤْمِنُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ يُؤْتِكُمْ أُجُورَكُمْ وَلَا يَسْـَٔلْكُمْ أَمْوَٰلَكُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bu dunyo hayoti o`yin va ko`ngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni so`ramas.Албатта, бу дунё ҳаёти ўйин ва кўнгил хушидир ва гар иймон келтирсангиз ва тақво қилсангиз, У зот ажрларингизни берур ва молу дунёларингизни сўрамас.Alauddin Mansour: Albatta bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) oʻyin-kulgidir. Agar sizlar iymon keltirsangizlar va taqvo egalari boʻlsangizlar U zot sizlarga ajr-mukofotlaringizni berur va sizlardan mol-dunyolaringizni soʻramas.Албатта бу ҳаёти дунё фақат (бир нафаслик) ўйин-кулгидир. Агар сизлар иймон келтирсангизлар ва тақво эгалари бўлсангизлар У зот сизларга ажр-мукофотларингизни берур ва сизлардан мол-дунёларингизни сўрамас.

510-sahifa · 26-juz · 51-hizb510-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْحَيَوٰةُhayotiҳаётиٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёلَعِبٌۭoʻyinўйинوَلَهْوٌۭ ۚva koʻngil xushiва кўнгил хушиوَإِنva garва гарتُؤْمِنُوا۟iymon keltirsangizиймон келтирсангизوَتَتَّقُوا۟va taqvo qilsangizва тақво қилсангизيُؤْتِكُمْsizga berurсизга берурأُجُورَكُمْajrlaringizniажрларингизниوَلَاva emasва эмасيَسْـَٔلْكُمْsoʻramas sizlardanсўрамас сизларданأَمْوَٰلَكُمْmolu dunyolaringizniмолу дунёларингизни
TafsirТафсир

Bu dunyo hayoti maqsadsiz, gʻoyasiz boʻlsa, nima qilib boʻlsa ham umr oʻtkazishdan iborat boʻlsa, albatta oʻyin-kulgi va koʻngil xushidir. Ha,

«Albatta, bu dunyo hayoti oʻyin va koʻngil xushidir...…»

Nima qilinsa, bu dunyo hayoti «oʻyin va koʻngil xushi»likdan chiqib, inson bu dunyodagi oʻzining haqiqiy vazifasini, Allohning yer yuzidagi xalifasi boʻlishdek ulugʻ va moʻʼtabar vazifasini ado eta oladi? Bu savolning javobi oyatning oʻzida bevosita keltirilgan:

«...va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz...»

Demak, faqat iymon va taqvogina bu dunyo hayotini oʻyinlikdan jiddiylikka, koʻngil xushidan oxirat ekinzoriga aylantirishga xizmat qilar ekan. Inson hayotini faqat iymon va taqvogina hayvoniylik sifatidan yuqoriga koʻtarib, Allohga yer yuzida xalifa boʻlgan kimsaning obroʻyiga yarasha hayot kechirish darajasiga chiqaradi. Bugun inson Alloh yoʻlida baʼzi mol-dunyosini sarf qiladigan boʻlsa, behuda ketmaydi, chunki:

«...U zot ajrlaringizni berur...»

Shu bilan birga, Alloh taolo iymon va taqvo uchun bandalaridan molu pul talab qilmaydi:

«...va mol-dunyolaringizni soʻramas».