فَلَا تَهِنُوا۟ وَتَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱلسَّلْمِ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ وَٱللَّهُ مَعَكُمْ وَلَن يَتِرَكُمْ أَعْمَـٰلَكُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, bo`sh kelmanglar va o`zingiz ustun bo`lib turib, yarashga chaqirmanglar. Alloh siz bilan va amallaringizni hech-hech kamaytirmas.Бас, бўш келманглар ва ўзингиз устун бўлиб туриб, ярашга чақирманглар. Аллоҳ сиз билан ва амалларингизни ҳеч-ҳеч камайтирмас.Alauddin Mansour: Bas, (ey moʻminlar), sizlar (u kofirlarga qarshi jang qilayotganingizda hargiz) sustkashlik qilmangiz va oʻzlaringiz ustun-gʻolib boʻlgan hollaringizda (ularni) yarashga ham chaqirmangiz! Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizning savob-mukofotini) kamaytirmas.Бас, (эй мўминлар), сизлар (у кофирларга қарши жанг қилаётганингизда ҳаргиз) сусткашлик қилмангиз ва ўзларингиз устун-ғолиб бўлган ҳолларингизда (уларни) ярашга ҳам чақирмангиз! Аллоҳ сизлар билан биргадир ва У ҳаргиз қилган амалларингизнинг савоб-мукофотини) камайтирмас.
Albatta, Allohning yoʻlidagi kurash oson boʻlmaydi. Lekin din uchun xizmat qiluvchi moʻminlar doimo boʻsh kelmasliklari lozim boʻladi. Zotan, shundoq boʻlishga Allohning amri bor.
«Bas, boʻsh kelmanglar…...»
Chunki, moʻminlar boʻsh kelsalar, kofirlar va Allohning yoʻlidan toʻsadiganlar ularni tek qoʻymaydilar.
«...va oʻzingiz ustun boʻlib turib, yarashga chaqirmanglar.»
Modomiki, siz kufr keltirganlar va Allohning yoʻlidan toʻsadiganlar bilan boʻlayotgan kurashda ustun kelib turibsizmi, ularni kelishuvga chaqirmang. Aksincha, oʻz gapingizni oʻtkazing. Chunki, ular sizga nisbatan bundan badtarini qilganlar. Ha, xotirjam ravishda bu haqdagi Allohning amriga amal qilavering.
«Alloh siz bilan va amallaringizni hech-hech kamaytirmas.»
Demak, moʻmin-musulmonlar yolgʻiz emaslar, ularga yaratganning Oʻzi madadkor, yordamchi va homiy. Shunday boʻlgandan keyin, dushmanning qoʻlidan nima ham kela olar edi.
Moʻmin-musulmon insonning har bir qilingan katta-kichik amali behuda ketmaydi. Ajr-savobi, foydasi, albatta, beriladi. Shunday ekan, nega boʻshashish, sustkashlik qilish va umidsizlikka tushish kerak?
Va nihoyat, suraning soʻngidagi oyatlarda odamlar qiziqadigan bu dunyoning shaʼni pastligi, mabodo, bu dunyo hisobidan baʼzi narsalarning bahridan oʻtiladigan boʻlsa, albatta u dunyoda savob toʻliq olinajagi haqida xabarlar keltiriladi.