QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят34

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ مَاتُوا۟ وَهُمْ كُفَّارٌ فَلَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sgan, so`ngra kofir hollarida o`lganlarni Alloh hech-hech mag`firat qilmas.Албатта, куфр келтирганлар ва Аллоҳнинг йўлидан тўсган, сўнгра кофир ҳолларида ўлганларни Аллоҳ ҳеч-ҳеч мағфират қилмас.Alauddin Mansour: Albatta kofir boʻlgan va (oʻzgalarni ham) Alloh yoʻlidan toʻsgan, soʻngra kofir hollarida oʻlgan kimsalarni Alloh hargiz magʻfirat qilmas!Албатта кофир бўлган ва (ўзгаларни ҳам) Аллоҳ йўлидан тўсган, сўнгра кофир ҳолларида ўлган кимсаларни Аллоҳ ҳаргиз мағфират қилмас!

510-sahifa · 26-juz · 51-hizb510-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَshunday kishilarkiшундай кишиларкиكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларوَصَدُّوا۟va toʻsdilarва тўсдиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингثُمَّsoʻngraсўнграمَاتُوا۟oʻldilarўлдиларوَهُمْholbuki ularҳолбуки уларكُفَّارٌۭkofir hollaridaкофир ҳолларидаفَلَنbas, hech-hech emasбас, ҳеч-ҳеч эмасيَغْفِرَmagʻfirat qilmasмағфират қилмасٱللَّهُAllohАллоҳلَهُمْularniуларни
TafsirТафсир

Kofirlarning va Haq taolo yoʻlidan odamlarni toʻsganlarning, yaʼni turli yoʻl va uslublar bilan dinga qarshi ish qilganlarning gunohlari qanchalik ulugʻ boʻlsa ham, Alloh jalla jaloluhu Oʻz bandalariga mehribonligidan tavbaga yoʻl ochib qoʻygan. Binobarin, bular ham oʻlimlaridan oldin tavba qilishib, iymonga kirib, biror narsadan umidvor boʻlishga imkonlari bor. Ammo, kofir hollarida oʻlib ketsalar, hech narsadan umid qilishga haqlari yoʻq. Albatta, ular jahannam oʻtida yonadilar va u yerda mangu qoladilar.

Shuning uchun ham, ey moʻminlar, kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlar ila boʻladigan muomalangizda azmu qarorlik boʻlinglar.