QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят33

۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَلَا تُبْطِلُوٓا۟ أَعْمَـٰلَكُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar, Allohga itoat eting, Rasulga bo`yinsuning va amallaringizni botil qilmangiz.Эй, иймон келтирганлар, Аллоҳга итоат этинг, Расулга бўйинсунинг ва амалларингизни ботил қилмангиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohga itoat etingiz va paygʻambarga itoat etingiz! Va (kufr yo munofiqlik yoʻliga kirish bilan qilgan) amallaringizni botil-befoyda qilib qoʻymanglar!Эй мўминлар, Аллоҳга итоат этингиз ва пайғамбарга итоат этингиз! Ва (куфр ё мунофиқлик йўлига кириш билан қилган) амалларингизни ботил-бефойда қилиб қўйманглар!

510-sahifa · 26-juz · 51-hizb510-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَshunday zotlarшундай зотларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларأَطِيعُوا۟itoat etingитоат этингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَأَطِيعُوا۟va itoat etingва итоат этингٱلرَّسُولَRasulgaРасулгаوَلَاva emasва эмасتُبْطِلُوٓا۟botil qilmanglarботил қилмангларأَعْمَـٰلَكُمْamallaringizniамалларингизни
TafsirТафсир

Aslida, iymon keltirganlar–moʻmin-musulmonlar–Allohga va Uning Rasuliga itoat qilib yashash uchun bu yoʻlga kirganlar. Lekin oyatda yana qaytadan ularga:

«Ey, iymon keltirganlar, Allohga itoat eting, Rasulga boʻyinsuning…», deb xitob qilinishi boisi nima?

Avvalo, mahbub farmonni takror eshitish moʻminlarda yangi himmat, kuch-quvvat, gʻayratga sabab boʻlsa, ikkinchidan, baʼzi musulmonlar: Allohning va Rasulning baʼzi amrlariga itoat qilsam boʻldi, boshqalarida koʻnglimizga kelganini qilsak boʻlaveradi, degan xayolga borib qolishlari mumkin. Ana oʻsha tushuncha durust emasligini eslatish uchun bu amr qayta-qayta takrorlanadi.

Alloh va Uning Rasuliga itoat etish ikki dunyo saodatiga sabab boʻluvchi asosiy omildir. Ushbu oyat, yana, amallarni botil qilmaslikka ham daʼvat qilmoqda.

«...va amallaringizni botil qilmangiz.»

Rivoyatlarda kelishicha, «Kim «Laa ilaaha Illallohni»ni aytsa, nima qilsa ham boʻlaveradi, zarari yoʻq», deganlar ham boʻlgan ekan.

Imom Ahmad ibn Nasr al-Marvaziydan qilgan rivoyatda Abul Oliya aytadilar: Paygʻambar alayhissalomning sahobalari «Laa ilaaha Illalloh» boʻlsa, gunohning zarari yoʻq», deb bilishardi. Xuddi shirk boʻlsa, qilgan amaldan foyda boʻlmagandek. «...va amallaringizni botil qilmangiz» oyati tushgandan soʻng gunoh savob amallarni botil qilishidan qoʻrqadigan boʻlib qolishdi».

Imom Abdulloh ibn Muborak qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Umar aytadilar: «Biz, Paygʻambar alayhissalomning sahobalari, qilingan yaxshi amallarning ichida qabul boʻlmaydigani yoʻq, deb yurar edik. «...va amallaringizni botil qilmangiz» oyati nozil boʻlgandan soʻng, amallarni botil qiladigan narsa nima ekan, deb oʻylanib qoldik. Soʻngra, katta gunohlar va fohisha ishlar, degan mulohazaga bordik».

Bu maʼnoda sahoba va tobeʼinlardan turli rivoyatlar keltirilgan. Misol uchun, Ibn Abbos roziyallohu anhu aytganlarki: amallarni riyo va xoʻjakoʻrsin yoki shak va nifoqlar botil qiladi.

Qatoda roziyallohu anhu boʻlsa: «Sizdan kim yaxshi amalini yomonlik bilan botil qilmaslikka qodir boʻlsa, shuni qilsin», deganlar.

Hanafiy mazhab ulamolari ushbu oyatdan, kim oʻz ixtiyori bilan biror ibodatni boshlasa, uni buzmay oxiriga yetkazmogʻi vojib, degan hukmni chiqarganlar. Masalan, birov oʻz ixtiyori bilan ikki rakʼat namoz oʻqishni boshladi, demak uni oxirigacha yetkazish vojib boʻladi. Agar biror sabab ila namoz buzilsa, uning qazosini oʻqish ham vojib boʻladi. Xuddi shuningdek, birov nafl roʻza tutishni oʻz ixtiyori ila boshlasa, oxiriga yetkazishi vojib boʻladi. Mabodo, oʻsha kuni biror sabab boʻlib, roʻzani ochib yuborsa, qazosini tutishi vojib.