QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят32

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَشَآقُّوا۟ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْهُدَىٰ لَن يَضُرُّوا۟ ٱللَّهَ شَيْـًٔا وَسَيُحْبِطُ أَعْمَـٰلَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sganlar hamda hidoyat aniq bo`lgandan so`ng Payg`ambarga qarshi chiqqanlar Allohga hech zarar keltira olmaslar. Va ularning amallarini habata qilur.Албатта, куфр келтирганлар ва Аллоҳнинг йўлидан тўсганлар ҳамда ҳидоят аниқ бўлгандан сўнг Пайғамбарга қарши чиққанлар Аллоҳга ҳеч зарар келтира олмаслар. Ва уларнинг амалларини ҳабата қилур.Alauddin Mansour: Albatta kofir boʻlgan va (oʻzgalarni ham) Allohning yoʻlidan toʻsgan hamda oʻzlariga hidoyat (yoʻli) aniq-ravshan boʻlganidan keyin yana paygʻambarga qarshilik qilgan kimsalar, Allohga biron ziyon yetkaza olmaslar va (Alloh) ularning (paygʻambarga qarshilik qilish yoʻlidagi barcha) amallarini behuda ketkazur.Албатта кофир бўлган ва (ўзгаларни ҳам) Аллоҳнинг йўлидан тўсган ҳамда ўзларига ҳидоят (йўли) аниқ-равшан бўлганидан кейин яна пайғамбарга қаршилик қилган кимсалар, Аллоҳга бирон зиён етказа олмаслар ва (Аллоҳ) уларнинг (пайғамбарга қаршилик қилиш йўлидаги барча) амалларини беҳуда кетказур.

510-sahifa · 26-juz · 51-hizb510-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَshunday kishilarkiшундай кишиларкиكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларوَصَدُّوا۟va toʻsdilarва тўсдиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَشَآقُّوا۟va qarshi chiqdilarва қарши чиқдиларٱلرَّسُولَPaygʻambargaПайғамбаргаمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгمَاnimaнимаتَبَيَّنَaniq boʻlganаниқ бўлганلَهُمُulargaуларгаٱلْهُدَىٰhidoyatҳидоятلَنhargiz emasҳаргиз эмасيَضُرُّوا۟zarar keltira olmaslarзарар келтира олмасларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаشَيْـًۭٔاhech narsaҳеч нарсаوَسَيُحْبِطُva habata qilurва ҳабата қилурأَعْمَـٰلَهُمْamallariniамалларини
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taologa qarshi boʻlganlarni uchga boʻlib, ular, har qancha urinsalar ham, Allohga, yaʼni, Alohning diniga zarar keltira olmasliklari taʼkidlanmoqda.

«Albatta, kufr keltirganlar…...»

Kofirlar turli xil vositalar ila Allohning diniga qarshilik qilishga urindilar va urinmoqdalar. Kimdir kuch bilan, kimdir hukm bilan qarshilik qiladi. Kimdir molu dunyo bilan, kimdir mafkuraviy yoʻl bilan qarshilik qiladi. Kimdir hiyla- nayrang bilan, yana kimdir boshqa yoʻllar bilan qarshilik qilishga urinadi. Alloh taolo Islomni yer yuzida barpo qilgandan beri bundaylarning qanchasi oʻtib ketdi.

«...va Allohning yoʻlidan toʻsganlar...…»

Bular ham turli-tuman toifalardir. Bularning ham urugʻi serobdir. Va ularning odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsish boʻyicha olib borgan va borayotgan faoliyatlari xilma-xildir.

«...hidoyat aniq boʻlgandan soʻng Paygʻambarga qarshi chiqqanlar...» ham nihoyatda koʻp.

Ul zotning hayotlik davrlarida ham shaxslariga qarshi chiqqanlar, dinlariga, Qurʼonlariga, sahobalariga qarshi boʻlganlar koʻplab topilgan. U kishining tutgan yoʻllariga qarshi urush eʼlon qilganlar yetarlicha koʻp boʻlgan.

Paygʻambar alayhissalomning vafotlaridan soʻng esa, u kishining dinlariga, shariatlariga, sunnatlariga qarshi chiqqanlar, daʼvatlariga, ummatlariga qarshi chiqqanlar hozirgacha kurashib kelmoqdalar.

Oʻn besh asrdan beri qarshi chiqib, kurashib nimaga erishishdi?! Butun dunyo qarshi chiqdi. Butun kuchlarni birlashtirib Islomga qarshi urush eʼlon qildi. Oqibati nima boʻldi? Oqibati Alloh taolo taʼkidli vaʼda bergandek boʻldi. U zot vaʼdasiga hech-hech xilof qilmaydigan zot. Vaʼdasi shuki:

«Allohga hech zarar keltira olmaslar».

Ha, Allohning qarori shu, bu qarorni oʻzgartirib boʻlmaydi. Islomning dushmani, kim boʻlishidan qatʼinazar, Allohning dushmani. Ammo biror kimsa Allohga dushman boʻla oladimi?! Hech kimsa! Ular Allohga, yaʼni Allohning diniga zarar yetkaza olmaydilar. Qoʻllaridan keladigani, baʼzi musulonlarga ozor yetkazish, xolos. Bu ham vaqtinchalik, hikmat uchun, Islom va musulmonlar foydasi uchundir. Zero, kofiru mushriklarning har qancha uringanlari befoydadir. Alloh taolo

«…ularning amallarini habata qilur».

Islom dushmanlarining amallari yoqmagan taom singari toʻplanib boraveradi. Oʻzlariga yaxshi koʻrinadi. Lekin bir kuni kelib qorinlarini yorib chiqadi.

Ushbu oyatning moʻʼjizakor kuchini kim inkor qila oladi? Bundan oʻn toʻrt asr ilgari, Islom zaifligi paytida, atrofni turli dushmanlar oʻrab turgan vaqtida, bunday aniq va qatʼiy hukmni Allohdan boshqa hech kim ayta olmas edi. Mana endi, oʻn toʻrt asr oʻtgach, bu oyatning tasdigʻini ravshan koʻrib turibmiz. Qanchadan-qancha dushmanlar Islomga qarshi makr-hiyla, kuch-quvvat va boshqa uslublarni ishga soldilar, lekin har gal Islom gʻalaba qozondi va qiyomatga qadar gʻalaba qilajak! Yil sayin, kun sayin, balki soat sayin yangi-yangi kishilar Islomni oʻzlariga din deb, tan olmoqdalar va uning koʻrsatmalari ostida hayot kechirishga oʻtmoqdalar.

Islom dushmanlarining amallari esa, habata boʻlib bormoqda.

Islom dushmanlarini noumid qiluvchi oyatdan keyin moʻminlarga ularga oʻxshamaslik, aksincha, saodat tomon, Allohning roziligi tomon harakat qilish buyuriladi: