Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُّبِينًا ﴿١﴾
Albatta Biz senga ravshan fathni berdik.
لِّيَغْفِرَ لَكَ ٱللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنۢبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَيَهْدِيَكَ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا ﴿٢﴾
Alloh sening avval o'tgan gunohlaringni va keyingilarini mag'firat etish, ne'matini batamom qilish va seni to'g'ri yo'lga boshlash uchun...
وَيَنصُرَكَ ٱللَّهُ نَصْرًا عَزِيزًا ﴿٣﴾
Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun.
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ فِى قُلُوبِ ٱلْمُؤْمِنِينَ لِيَزْدَادُوٓا۟ إِيمَـٰنًا مَّعَ إِيمَـٰنِهِمْ ۗ وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا ﴿٤﴾
U, iymonlariga iymon ziyoda bo'lishi uchun mo'minlar qalbiga sokinlikni nozil etgan Zotdir. Va osmonlaru yerning lashkari Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
لِّيُدْخِلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا وَيُكَفِّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عِندَ ٱللَّهِ فَوْزًا عَظِيمًا ﴿٥﴾
Mo'minlar va mo'minalarni taglaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga mangu kiritish uchun va ularning gunohlarini yuvish uchun. Va bu, Allohning huzurida katta yutuqdir.
وَيُعَذِّبَ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ وَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتِ وَٱلْمُشْرِكِينَ وَٱلْمُشْرِكَـٰتِ ٱلظَّآنِّينَ بِٱللَّهِ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ ۚ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ ٱلسَّوْءِ ۖ وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلَعَنَهُمْ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَهَنَّمَ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا ﴿٦﴾
Alloh to'g'risida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik o'rab olsin. Ularga Alloh g'azab qildi, ularni la'natladi va ularga jahannamni tayyorlab qo'ydi. Va naqadar yomon joy u!
وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا ﴿٧﴾
Osmonlaru yerning lashkarlari Allohnikidir. Va, Alloh izzatli va hikmatli Zotdir.
إِنَّآ أَرْسَلْنَـٰكَ شَـٰهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا ﴿٨﴾
Albatta, Biz seni guvohlik beruvchi, xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik.
لِّتُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُعَزِّرُوهُ وَتُوَقِّرُوهُ وَتُسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَأَصِيلًا ﴿٩﴾
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz, Uni (dinni) qo'llab-quvvatlashingiz, ulug'lashingiz hamda Unga ertayu kech tasbih aytishingiz uchundir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُبَايِعُونَكَ إِنَّمَا يُبَايِعُونَ ٱللَّهَ يَدُ ٱللَّهِ فَوْقَ أَيْدِيهِمْ ۚ فَمَن نَّكَثَ فَإِنَّمَا يَنكُثُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِمَا عَـٰهَدَ عَلَيْهُ ٱللَّهَ فَسَيُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا ﴿١٠﴾
Albatta, senga bay'at qilayotganlar faqat Allohning O'ziga bay'at qilmoqdalar. Allohning qo'li ularning qo'llari ustidadir. Kim (bay'atni) buzsa, o'ziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur.
سَيَقُولُ لَكَ ٱلْمُخَلَّفُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ شَغَلَتْنَآ أَمْوَٰلُنَا وَأَهْلُونَا فَٱسْتَغْفِرْ لَنَا ۚ يَقُولُونَ بِأَلْسِنَتِهِم مَّا لَيْسَ فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ بِكُمْ ضَرًّا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ نَفْعًۢا ۚ بَلْ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۢا ﴿١١﴾
Ortda qolgan a'robiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashg'ul qildi, bizga istig'for ayt», deyishar. Ular qalblarida yo'q narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (to'sishga) molik bo'ladir? Ta'kidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt.
بَلْ ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَنقَلِبَ ٱلرَّسُولُ وَٱلْمُؤْمِنُونَ إِلَىٰٓ أَهْلِيهِمْ أَبَدًا وَزُيِّنَ ذَٰلِكَ فِى قُلُوبِكُمْ وَظَنَنتُمْ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ وَكُنتُمْ قَوْمًۢا بُورًا ﴿١٢﴾
Balki sizlar, Rasul va mo'minlar abadiy o'z ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm bo'ldingiz.
وَمَن لَّمْ يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ فَإِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلْكَـٰفِرِينَ سَعِيرًا ﴿١٣﴾
Va kim Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirmasa, albatta, Biz kofirlarga do'zaxni tayyorlaganmiz.
وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا ﴿١٤﴾
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Kimni xohlasa, mag'firat qilar va kimni xohlasa, azoblar. Va Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.
سَيَقُولُ ٱلْمُخَلَّفُونَ إِذَا ٱنطَلَقْتُمْ إِلَىٰ مَغَانِمَ لِتَأْخُذُوهَا ذَرُونَا نَتَّبِعْكُمْ ۖ يُرِيدُونَ أَن يُبَدِّلُوا۟ كَلَـٰمَ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّن تَتَّبِعُونَا كَذَٰلِكُمْ قَالَ ٱللَّهُ مِن قَبْلُ ۖ فَسَيَقُولُونَ بَلْ تَحْسُدُونَنَا ۚ بَلْ كَانُوا۟ لَا يَفْقَهُونَ إِلَّا قَلِيلًا ﴿١٥﴾
O'ljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qo'yib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini o'zgartirmoqchi bo'lishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yo'q, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar.
قُل لِّلْمُخَلَّفِينَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ سَتُدْعَوْنَ إِلَىٰ قَوْمٍ أُو۟لِى بَأْسٍ شَدِيدٍ تُقَـٰتِلُونَهُمْ أَوْ يُسْلِمُونَ ۖ فَإِن تُطِيعُوا۟ يُؤْتِكُمُ ٱللَّهُ أَجْرًا حَسَنًا ۖ وَإِن تَتَوَلَّوْا۟ كَمَا تَوَلَّيْتُم مِّن قَبْلُ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا ﴿١٦﴾
Ortda qolgan a'robiylarga: «Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon bo'lgunlaricha urushasiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar», deb ayt.
لَّيْسَ عَلَى ٱلْأَعْمَىٰ حَرَجٌ وَلَا عَلَى ٱلْأَعْرَجِ حَرَجٌ وَلَا عَلَى ٱلْمَرِيضِ حَرَجٌ ۗ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدْخِلْهُ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۖ وَمَن يَتَوَلَّ يُعَذِّبْهُ عَذَابًا أَلِيمًا ﴿١٧﴾
Ko'rga qiyinchilik yo'q, cho'loqqa ham qiyinchilik yo'q. Xasta kishiga ham qiyinchilik yo'q. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, uni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritiladi. Kim yuz o'girsa, alamli azob ila azoblar.
۞ لَّقَدْ رَضِىَ ٱللَّهُ عَنِ ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذْ يُبَايِعُونَكَ تَحْتَ ٱلشَّجَرَةِ فَعَلِمَ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ عَلَيْهِمْ وَأَثَـٰبَهُمْ فَتْحًا قَرِيبًا ﴿١٨﴾
Batahqiq, Alloh mo'minlardan daraxt ostida senga bay'at qilayotganlarida rozi bo'ldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi.
وَمَغَانِمَ كَثِيرَةً يَأْخُذُونَهَا ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا ﴿١٩﴾
Va ko'pgina o'ljalarni ham olurlar. Va Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
وَعَدَكُمُ ٱللَّهُ مَغَانِمَ كَثِيرَةً تَأْخُذُونَهَا فَعَجَّلَ لَكُمْ هَـٰذِهِۦ وَكَفَّ أَيْدِىَ ٱلنَّاسِ عَنكُمْ وَلِتَكُونَ ءَايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ وَيَهْدِيَكُمْ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا ﴿٢٠﴾
Alloh sizlarga ko'pgina o'ljalarni va'da qildi. Ularni olursizlar, bunisini sizga tezlatib berdi, (o'tgan voqea) mo'minlarga ibrat bo'lishi uchun va sizlarni sirotul mustaqiymga boshlash uchun odamlarning qo'lini sizdan to'sdi.
وَأُخْرَىٰ لَمْ تَقْدِرُوا۟ عَلَيْهَا قَدْ أَحَاطَ ٱللَّهُ بِهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرًا ﴿٢١﴾
Va sizlar qodir bo'lmagan boshqasini ham (va'da qildi). Uni Alloh ihota qilgan va Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.
وَلَوْ قَـٰتَلَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوَلَّوُا۟ ٱلْأَدْبَـٰرَ ثُمَّ لَا يَجِدُونَ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا ﴿٢٢﴾
Agar kofirlar sizlar bilan urushganlarida, orqaga qarab qochar edilar, so'ngra o'zlariga valiy ham, nusrat berguvchi ham topmasdilar.
سُنَّةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلُ ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا ﴿٢٣﴾
Allohning avvaldan kelayotgan sunnatidir. Va Allohning sunnatini hech o'zgartira olmassan.
وَهُوَ ٱلَّذِى كَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ عَنْهُم بِبَطْنِ مَكَّةَ مِنۢ بَعْدِ أَنْ أَظْفَرَكُمْ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا ﴿٢٤﴾
U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan so'ng ularning qo'llarini sizdan, sizning qo'lingizni ulardan to'sgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.
هُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوكُمْ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَٱلْهَدْىَ مَعْكُوفًا أَن يَبْلُغَ مَحِلَّهُۥ ۚ وَلَوْلَا رِجَالٌ مُّؤْمِنُونَ وَنِسَآءٌ مُّؤْمِنَـٰتٌ لَّمْ تَعْلَمُوهُمْ أَن تَطَـُٔوهُمْ فَتُصِيبَكُم مِّنْهُم مَّعَرَّةٌۢ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ لِّيُدْخِلَ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ لَوْ تَزَيَّلُوا۟ لَعَذَّبْنَا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا ﴿٢٥﴾
Ular kufr keltirgan, sizlarni Masjidul Haromdan, qurbonliklarni esa, ushlanib o'z joyiga yetishidan to'sgan kishilardir, agar siz bilmaydigan mo'min erkaklar va mo'mina ayollar bo'lmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi bo'lmaganida edi, Alloh kimni xohlasa, O'z rahmatiga kiritishi uchun, agar ajrab turganlarida edi, ulardan kofirlarini alamli azob ila azoblar edik.
إِذْ جَعَلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ ٱلْجَـٰهِلِيَّةِ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَأَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ ٱلتَّقْوَىٰ وَكَانُوٓا۟ أَحَقَّ بِهَا وَأَهْلَهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًا ﴿٢٦﴾
Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh O'z sokinligini Payg'ambariga va mo'minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko'rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir.
لَّقَدْ صَدَقَ ٱللَّهُ رَسُولَهُ ٱلرُّءْيَا بِٱلْحَقِّ ۖ لَتَدْخُلُنَّ ٱلْمَسْجِدَ ٱلْحَرَامَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُءُوسَكُمْ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ ۖ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُوا۟ فَجَعَلَ مِن دُونِ ذَٰلِكَ فَتْحًا قَرِيبًا ﴿٢٧﴾
Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qo'rqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi.
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا ﴿٢٨﴾
U O'z Rasulini hidoyat va haq din bilan, u(din)ni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Guvohlikka Allohning O'zi kifoyadir.
مُّحَمَّدٌ رَّسُولُ ٱللَّهِ ۚ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ أَشِدَّآءُ عَلَى ٱلْكُفَّارِ رُحَمَآءُ بَيْنَهُمْ ۖ تَرَىٰهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنًا ۖ سِيمَاهُمْ فِى وُجُوهِهِم مِّنْ أَثَرِ ٱلسُّجُودِ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ ۚ وَمَثَلُهُمْ فِى ٱلْإِنجِيلِ كَزَرْعٍ أَخْرَجَ شَطْـَٔهُۥ فَـَٔازَرَهُۥ فَٱسْتَغْلَظَ فَٱسْتَوَىٰ عَلَىٰ سُوقِهِۦ يُعْجِبُ ٱلزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ ٱلْكُفَّارَ ۗ وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ مِنْهُم مَّغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًۢا ﴿٢٩﴾
Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga bo'lganlar kofirlarga shiddatli, o'zaro rahimdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab ruku' va sajda qilgan hollarini ko'rasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balqiydi). Ana o'sha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu, xuddi, urug'ini yorib chiqib, quvvatlanib, yo'g'onlashib, poyasida tik turib, dehqonlarni ajablantirgan bir ekinga o'xshar. Kofirlarning g'azabini qo'zitish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni qilganlariga mag'firat va ulug' ajrni va'da qildi.