QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят1

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَوْفُوا۟ بِٱلْعُقُودِ ۚ أُحِلَّتْ لَكُم بَهِيمَةُ ٱلْأَنْعَـٰمِ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ غَيْرَ مُحِلِّى ٱلصَّيْدِ وَأَنتُمْ حُرُمٌ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ يَحْكُمُ مَا يُرِيدُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling! Sizga, keyin tilovat qilinadiganlaridan boshqa, chorva hayvonlari halol qilindi, ehromdalik vaqtingizda ovni halol sanamagan holingizda. Albatta, Alloh nimani iroda etsa, shuni hukm qiladir.Эй, иймон келтирганлар! Аҳдномаларга вафо қилинг! Сизга, кейин тиловат қилинадиганларидан бошқа, чорва ҳайвонлари ҳалол қилинди, эҳромдалик вақтингизда овни ҳалол санамаган ҳолингизда. Албатта, Аллоҳ нимани ирода этса, шуни ҳукм қиладир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, aqdlarga (oʻzaro kelishgan bitimlarga) vafo qilingiz! Sizlar uchun — (quyidagi oyatlarda haromligi) tilovat qilinadigan narsalardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Lekin ihromda boʻlgan hollaringizda ov ovlashni halol qilib olmangiz. Albatta, Alloh Oʻzi istagandek hukm qilur.Эй мўминлар, ақдларга (ўзаро келишган битимларга) вафо қилингиз! Сизлар учун — (қуйидаги оятларда ҳаромлиги) тиловат қилинадиган нарсалардан бошқа чорва ҳайвонлари ҳалол қилинди. Лекин иҳромда бўлган ҳолларингизда ов овлашни ҳалол қилиб олмангиз. Албатта, Аллоҳ Ўзи истагандек ҳукм қилур.

106-sahifa · 6-juz · 11-hizb106-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَularуларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларأَوْفُوا۟vafo qilingвафо қилингبِٱلْعُقُودِ ۚahdnomalargaаҳдномаларгаأُحِلَّتْhalol qilindiҳалол қилиндиلَكُمsizgaсизгаبَهِيمَةُhayvonlariҳайвонлариٱلْأَنْعَـٰمِchorvaчорваإِلَّاboshqaбошқаمَاnarsalardanнарсаларданيُتْلَىٰtilovat qilinadiganтиловат қилинадиганعَلَيْكُمْsizgaсизгаغَيْرَemas (holda)эмас (ҳолда)مُحِلِّىhalol sanaguvchiҳалол санагувчиٱلصَّيْدِovniовниوَأَنتُمْva sizва сизحُرُمٌ ۗehromda boʻlgan holingizdaэҳромда бўлган ҳолингиздаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَحْكُمُhukm qiladirҳукм қиладирمَاnimaniниманиيُرِيدُiroda etsaирода этса
TafsirТафсир

Oyati karimadagi «ahdnomalar» soʻzidan ikki tomon oʻzaro kelishib tuzadigan va imzolab tasdiqlaydigan hozirgi urfdagi ahdnomalarni tushunmaslik kerak. Bu yerda keng maʼnodagi ahdnomalar nazarda tutilgan. Avvalo, bu ahdnomalar insonning banda sifatida Alloh taolo huzuridagi ahdnomalaridir. Buni iymon ahdnomasi deyiladi va u oʻz ichiga Allohning yagona ilohligini, Robbligini va Hokimligini eʼtirof etishni, Unga banda boʻlish, itoat qilish va taslim boʻlishni oladi. Bu ahdnomani Alloh taolo birinchi inson Odam atodan boshlab ola boshlagan. Yana, ahdnoma Odam Atoning zurriyotidan ham olingandir.

Bunday umumiy ahdnomalarga inson oʻzi oʻziga qilgan shaxsiy ahdlari ham kiradi. Nazr ataganmi, biror ishni Alloh yoʻlida qilishga ahd etganmi yoki boshqa ahdlarimi–hammasi kiradi.

Shuningdek, insonning doʻstmi-dushmanmi boshqa shaxslar bilan, turli jamoat hamda guruhlar bilan tuzgan ahdnomalari ham, savdo-sotiqmi, qarzmi, vakillikmi, kafillikmi–shularga oʻxshash ishlar ham ushbu tushuncha ostiga kiradi.

Albatta, boshqa davlatlar va xalqlar bilan tuzilgan shartnomalar ham ushbu oyatda zikr etilgan ahdnomalarga kiradi. Alloh taolo moʻmin bandalariga xitob etib, barcha ahdlariga vafo qilishni buyurmoqda. Zotan, ahdga vafo Islomdagi eng ulkan xislatlardandir. Shuningdek, ahdga bevafolik katta gunohdir.

Allohga berilgan iymon ahdida halol va haromning hukmini faqat Alloh taoloning Oʻzidan olish sharti ham mavjud. Oʻsha ahdga muvofiq Alloh taolo nima halolu nima haromligini Oʻzi belgilamoqda.

«Sizga, keyin tilovat qilinadiganlardan boshqa, chorva hayvonlari halol qilindi».

Biz «chorva hayvonlari» deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim matnida «al-Anʼom» deb kelgan. Bu soʻz arab tilida tuya, qoramol va qoʻy-echkilarga nisbatan ishlatiladi. Bunda xonakilari ham, yovvoyilari ham barobardir. Demak, mazkur hayvonlar, aslida, haloldir. Ammo baʼzi mustasno hollarda harom boʻlishi ham mumkin. Unday hollar oz boʻlgani uchun ularni alohida koʻrsatilmoqda. Oʻsha istisno hollardan birinchisi:

«Ehromdalik vaqtingizda, ovni halol sanamagan holingizda» jumlasida bayon etilgandir.

Maʼlumki, haj yoki umra niyatida ehromga kirish bu dunyoning ishlarini harom qilib, butun borligʻi bilan Allohga ajralib chiqishni bildiradi. Hoji yoki umrachi oʻziga hatto odatdagi kiyimlarini ham harom qilib, niyat ila Masjidul Harom tomon yoʻl olgan shaxsdir. Shuning uchun, u barcha jondor narsalarga ozor berishdan qoʻlini tiymogʻi lozim. Bu koʻrsatma tabiatni muhofaza qilishning oʻziga xos darsi hamdir. Ehromdagi odam hech qanday hayvonni ov qilmaydi, choʻchitmaydi, ovchiga koʻrsatib bermaydi, daraxtlar va oʻsimliklarni kesmaydi, sindirmaydi. Shu yoʻl bilan bu vaqtinchalik darsda, u hayot mazmunini, hamma tirik jonivorga hayot bergan Alloh taologa aloqadorligini anglab yetadi. Oʻzi oʻrganib qolgan mogʻorli fikr va odatlardan yuqori koʻtarilib, ruhiy choʻqqilarga chiqadi.

Oyatning soʻngida mazkur ahdnomalarning eng zoʻrlaridan biri esga olinadi:

«Albatta, Alloh nimani iroda etsa, shuni hukm qiladir».

Uning irodasining cheki yoʻq. U mutloq irodali Zot. Nimani xohlasa, shuni hukm qiladi. Uning hukmi hamma yoqda joriy boʻlishi lozim..