QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят2

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُحِلُّوا۟ شَعَـٰٓئِرَ ٱللَّهِ وَلَا ٱلشَّهْرَ ٱلْحَرَامَ وَلَا ٱلْهَدْىَ وَلَا ٱلْقَلَـٰٓئِدَ وَلَآ ءَآمِّينَ ٱلْبَيْتَ ٱلْحَرَامَ يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّن رَّبِّهِمْ وَرِضْوَٰنًا ۚ وَإِذَا حَلَلْتُمْ فَٱصْطَادُوا۟ ۚ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَـَٔانُ قَوْمٍ أَن صَدُّوكُمْ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ أَن تَعْتَدُوا۟ ۘ وَتَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلْبِرِّ وَٱلتَّقْوَىٰ ۖ وَلَا تَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni o`zingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib halol bo`lsangiz, ov qilsangiz, mayli. Masjidul Haromdan to`sgani uchun bir qavmni yomon ko`rishingiz ularga tajovuzkor bo`lishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yo`lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo`lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳнинг дини аломатларини, ҳаром ойни, аталган қурбонликни, осилган белгиларни ва Роббиларидан фазл ва розилик тилаб Байтул Ҳаромни қасд қилиб чиққанларни ўзингизга ҳалол ҳисобламанг. Эҳромдан чиқиб ҳалол бўлсангиз, ов қилсангиз, майли. Масжидул Ҳаромдан тўсгани учун бир қавмни ёмон кўришингиз уларга тажовузкор бўлишингизга олиб бормасин. Яхшилик ва тақво йўлида ҳамкорлик қилинг. Гуноҳ ва душманлик йўлида ҳамкорлик қилманг. Аллоҳга тақво қилинг. Албатта, Аллоҳ иқоби шиддатли Зотдир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Alloh buyurgan udumlarni buzishni, urush harom qilingan oyda jang qilishni, Alloh yoʻlida hadya etilgan hayvonlarni (oʻldirishni) va ularga osib qoʻyilgan hadyalik belgilarini (uzib tashlashni) hamda Parvardigorlaridan fazlu marhamat va rizolik tilab Baytul-Haromni (Kaʼbani) maqsad qilib ketayotgan kishilarga (qarshi jang qilishni) halol qilib olmangiz! (Ihromdan chiqib) halol boʻlgach, ov qilaveringiz. (Sizlarni Kaʼbadan toʻsganlari sababli) biron qavmni yomon koʻrishingiz haddingizdan oshishingizga — adolatsizlikka tortmasin — sabab boʻlmasin! Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yoʻlida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qoʻrqingiz! Shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir.Эй мўминлар, Аллоҳ буюрган удумларни бузишни, уруш ҳаром қилинган ойда жанг қилишни, Аллоҳ йўлида ҳадя этилган ҳайвонларни (ўлдиришни) ва уларга осиб қўйилган ҳадялик белгиларини (узиб ташлашни) ҳамда Парвардигорларидан фазлу марҳамат ва ризолик тилаб Байтул-Ҳаромни (Каъбани) мақсад қилиб кетаётган кишиларга (қарши жанг қилишни) ҳалол қилиб олмангиз! (Иҳромдан чиқиб) ҳалол бўлгач, ов қилаверингиз. (Сизларни Каъбадан тўсганлари сабабли) бирон қавмни ёмон кўришингиз ҳаддингиздан ошишингизга — адолатсизликка тортмасин — сабаб бўлмасин! Яхшилик ва тақво йўлида ҳамкорлик қилингиз, гуноҳ ва ҳаддан ошиш йўлида ҳамкорлик қилмангиз! Аллоҳдан қўрқингиз! Шубҳасиз, Аллоҳнинг азоби қаттиқдир.

106-sahifa · 6-juz · 11-hizb106-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتُحِلُّوا۟halol hisoblanglarҳалол ҳисоблангларشَعَـٰٓئِرَalomatlariniаломатлариниٱللَّهِAllohning (dini)Аллоҳнинг (дини)وَلَاva emasва эмасٱلشَّهْرَoyniойниٱلْحَرَامَharomҳаромوَلَاva emasва эмасٱلْهَدْىَatalgan qurbonlikniаталган қурбонликниوَلَاva emasва эмасٱلْقَلَـٰٓئِدَosilgan belgilarniосилган белгиларниوَلَآva emasва эмасءَآمِّينَqasd qilib chiqqanlarniқасд қилиб чиққанларниٱلْبَيْتَBaytniБайтниٱلْحَرَامَHaromniҲаромниيَبْتَغُونَtilabтилабفَضْلًۭاfazlфазлمِّن-dan-данرَّبِّهِمْRobbilariРоббилариوَرِضْوَٰنًۭا ۚva rozilikва розиликوَإِذَاva qachonkiва қачонкиحَلَلْتُمْehromdan chiqib halol boʻlsangizэҳромдан чиқиб ҳалол бўлсангизفَٱصْطَادُوا۟ ۚbas, ov qilingбас, ов қилингوَلَاva emasва эмасيَجْرِمَنَّكُمْsizni olib borsinсизни олиб борсинشَنَـَٔانُyomon koʻrishingizёмон кўришингизقَوْمٍbir qavmniбир қавмниأَن(toʻsgani) uchun(тўсгани) учунصَدُّوكُمْsizni toʻsganlariсизни тўсганлариعَنِ-dan-данٱلْمَسْجِدِMasjidulМасжидулٱلْحَرَامِHaromҲаромأَن-ga-гаتَعْتَدُوا۟ ۘtajovuzkor boʻlishingizтажовузкор бўлишингизوَتَعَاوَنُوا۟va hamkorlik qilingва ҳамкорлик қилингعَلَىyoʻlidaйўлидаٱلْبِرِّyaxshilikяхшиликوَٱلتَّقْوَىٰ ۖva taqvoва тақвоوَلَاva emasва эмасتَعَاوَنُوا۟hamkorlik qilinglarҳамкорлик қилингларعَلَىyoʻlidaйўлидаٱلْإِثْمِgunohгуноҳوَٱلْعُدْوَٰنِ ۚva dushmanlikва душманликوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَ ۖAllohgaАллоҳгаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳشَدِيدُshiddatliшиддатлиٱلْعِقَابِiqobiиқоби
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zikr etilgan «Allohning dini alomatlari» jumlasidan haj va umrada joriy qilingan vaqtinchalik harom ishlar, shuningdek, oʻsha ibodatlar bajariladigan muqaddas makonlarga xos harom etilgan ishlar koʻzda tutilgan. Biz «alomatlar» deb tarjima etgan soʻz arabchada «shaʼoir» deb kelgan. U esa, «shior»ning koʻpligidir. Bundan, Allohning diniga shior–alomat boʻlib qolgan narsalarga tegmang, degan maʼno chiqadi. Demak, moʻmin-musulmonlar harom etilgan narsalarga toʻla rioya qilishlari lozim. Ularni oʻzlaricha halol hisoblashga haqlari yoʻq. (Haj va umrada, muqaddas joylarda nimalarni qilish haromligi oʻz oʻrnida bayon qilingan.)

Oyatdagi «harom oy»dan murod Rajab, Zulqaʼda, Zulhijja va Muharram oylaridir. Bu oylarda urush qilishni Alloh taolo harom qilgan. Mazkur toʻrt oyda urush qilish, Allohning hukmini oʻzgartirib, harom narsani halol hisoblash boʻladi. Binobarin, bu katta gunohdir.

Biz «atalgan qurbonlik» deb tarjima qilgan maʼno arab tilida «hadyu» deyiladi. Bu soʻz hoji yoki umrachi soʻyish uchun olib kelgan, qurbonlikka atalgan hayvonga nisbatan aytiladi. Odatda, bunday hayvonlar tuya, qoramol, qoʻy yoki echkidan iborat boʻladi. Hadyuni halol hisoblamang, deyishlik esa, qurbonlik qilish vaqti kelguncha ularga tegmang, soʻymang, degan maʼnoni anglatadi. Demak, hayvonlarni nima niyatda olib kelingan boʻlsa, faqat oʻshanga va oʻz vaqtida soʻyishga ruxsat bor. Boshqacha tasarruf Alloh harom qilgan narsani halol hisoblash boʻladi.

«Osilgan belgilar» esa, arabchada «qiloid» deyiladi. Arablarda qurbonlikka atalgan hayvonlarga belgi boʻlsin deb, boʻyniga nimadir osib qoʻyilarkan. Kim koʻrsa, bu hayvon qurbonlikka atalgan deb, unga tegmas ekan. Mazkur hayvon to qurbonlik joyi va vaqti kelguncha, bemalol yuraverar ekan. Ushbu oyati karimada oʻsha odatga amal qilish uqtirilmoqda, belgi osilgan hayvonlarga tegish, ularni soʻyish mumkin emasligi, kim bu hukmga rioya etmasa, Alloh harom qilgan narsani halol hisoblagan boʻlishi bildirilmoqda.

«Ey iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni...» oʻzingizga halol hisoblamang.

Demak, qurbonlikka atalgan hayvonlar oʻz egasining nazriga binoangina soʻyilishi kerak.

«...va Robbilaridan fazl va rozilik bilan Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni oʻzingizga halol hisoblamang».

Yaʼni, kim Makkai Mukarramani qasd qilib yoʻlga chiqsa, u odamga tegish ham Allohning hukmiga qarshi chiqish, uni oʻzgartirish boʻladi. Chunki, Alloh taoloning Oʻzi ularga Baytullohning hurmati uchun omonlik bergan.

«Ehromdan chiqib, halol boʻlsangiz, ov qilsangiz, mayli».

Ehrom soʻzining oʻzagi «harom» boʻlib, haj yoki umra niyatida ehromga kirgan odam shariatda koʻrsatilgan bir qancha narsalarni va ishlarni oʻziga harom qilgan boʻladi. Ehromdan chiqish esa oʻsha narsalarni oʻziga halol qilishdir. Ehromdan chiqish «halol boʻldi» iborasi bilan ifodalanishi ham shundan. Ehromdagi odamga, masalan, ov qilish harom edi. Ehromdan chiqilgach (halol boʻlgach) esa, ov qilish mumkin boʻladi. Ammo Haram chegarasida ov qilishga mutlaqo va hech kimga izn yoʻq. Alloh taolo Oʻzining muqaddas shahri Makkai Mukarrama atrofidagi maʼlum hududni odamlar, hayvonlar, oʻsimliklarga hech ozor yetkazilmaydigan mintaqaga aylantirgan. Ushbu mintaqani Haram deb ataladi.

Ushbu ahdlarga vafo qilgan musulmonlar yanada yuqoriroq pogʻonalarga koʻtarilishlari lozimligi oyati karimaning davomida taʼkidlanadi.

«Masjidul Haromdan toʻsgani uchun bir qavmni yomon koʻrishingiz ularga tajovuzkor boʻlishingizga olib bormasin».

Maʼlumki, Hudaybiya sulhi yili mushriklar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshliq sahobalarni Masjidul Haromni ziyorat etishdan toʻsgan edilar. Bu qabih ish musulmonlarga gʻoyat ogʻir botgan, shu sababdan mushriklarga nisbatan yanada gʻazabnok boʻlgan edilar. Vaqt oʻtib, Alloh taolo musulmonlarni ustun va mushriklarni ostin qildi. Endi musulmonlar oʻsha nobakor mushriklarga qarshi nima chora koʻrsalar boʻladigan vaqt keldi. Ammo butun dunyoga yoʻlboshchi boʻlishi koʻzda tutilgan jamoaga avvalgi ishlar uchun oʻch olib, tajovuzkorlik qilish hech toʻgʻri kelmaydi. Bu jamoa Musulmonlar jamoasidir, u oʻziga xos xislatlarga ega boʻlishi kerak. Oʻzini tuta bilishi, qalbi keng boʻlishi lozim. Eski gina-kuduratlarni eslab, imkon topilganda oʻch olish pastkashlikdir. Shuning uchun ham, Alloh taolo moʻmin bandalariga yuqoridagiday amr etmoqda.

«Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling, gunoh va dushmanlik yoʻlida hamkorlik qilmang».

Ushbu moʻʼjazgina jumla dunyodagi barcha hamkorliklar uchun asosiy qoida hisoblanadi. Islomdan avvalgi davrda hamkorlik qoidasi urugʻchilik, qabilachilik va boshqa shunga oʻxshash oʻlchovlar asosida boʻlar edi. Oʻziga yaqin boʻlgan shaxs, toifa, qabila, davlat yoki xalq nima qilsa, unga hamkor boʻlish zarur edi. Jumladan, zulm va dushmanlik ishlarida ham.

Hozirdagi noislomiy tuzumlarda xuddi shunday hol kuzatilyapti. Manfaat bor joyda har qanday adolat, insonparvarlik, inson huquqlari va yana boshqa shiorlar bir pul boʻlib qoladi. Birovning vatanini, molu mulkini, haq-huquqini bosib olganlar jafokash boʻlib, oʻz haqqini himoya qilmoqchi boʻlganlar fundamentalist, jangari, terrorchi boʻlib turaveradi. Islomda esa, hamkorlikning bosh sharti yaxshilik va taqvodir. Agar shu shart vujudga kelsa, hamma bilan hamkorlik qilinaveradi. Ammo, qayerda gunoh va yomonlik boʻlsa, kim boʻlishidan qatʼi nazar, hamkorlik qilinmaydi.

Bu ishlarning hammasi Alloh taologa bogʻliq. Mazkur ishlarni amalga oshirishda, albatta, taqvo shart. Shuning uchun ham,

«Allohga taqvo qiling!»–deb alohida taʼkidlanmoqda.

Inson Allohdan qoʻrqqanidagina Allohni rozi qiladigan hamkorliklarni amalga oshiradi. Inson Allohga taqvo qilgandagina, undan yaxshilik kutish mumkin. Kimki yaxshilik qilsa, oʻzigadir. Yomonlik qilsa ham, oʻzigadir. Allohdan qoʻrqmagan, uning amrida yurmaganlar bilib qoʻysinlarki:

«Albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir».

Birinchi oyatda «tilovat qilinadiganlardan boshqa», deb istisno qilingan edi, quyidagi oyatdan oʻsha narsalarning zikri boshlanadi: