QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят100

قُل لَّا يَسْتَوِى ٱلْخَبِيثُ وَٱلطَّيِّبُ وَلَوْ أَعْجَبَكَ كَثْرَةُ ٱلْخَبِيثِ ۚ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَـٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar nopokning ko`pligi seni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng bo`la olmas. Ey, aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz», deb ayt.Сен: «Агар нопокнинг кўплиги сени ажаблантирса ҳам, пок билан нопок тенг бўла олмас. Эй, ақл эгалари, Аллоҳга тақво қилинг, шоядки, нажот топсангиз», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Garchi nopok narsaning koʻpligi sizni qiziqtirsa ham, nopok narsa pok narsaga barobar boʻlmas. Bas, ahli donish, najot topishingiz uchun Allohdan qoʻrqingiz!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Гарчи нопок нарсанинг кўплиги сизни қизиқтирса ҳам, нопок нарса пок нарсага баробар бўлмас. Бас, аҳли дониш, нажот топишингиз учун Аллоҳдан қўрқингиз!

124-sahifa · 7-juz · 13-hizb124-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلsen aytсен айтلَّاemasэмасيَسْتَوِىteng boʻlarтенг бўларٱلْخَبِيثُnopokнопокوَٱلطَّيِّبُva pokва покوَلَوْgarchiгарчиأَعْجَبَكَseni ajablantirsa hamсени ажаблантирса ҳамكَثْرَةُkoʻpligiкўплигиٱلْخَبِيثِ ۚnopokningнопокнингفَٱتَّقُوا۟bas, taqvo qilingбас, тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَـٰٓأُو۟لِىey egalariэй эгалариٱلْأَلْبَـٰبِaqlақлلَعَلَّكُمْshoyadki sizшоядки сизتُفْلِحُونَnajot topsangizнажот топсангиз
TafsirТафсир

Bu oyati karima Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitobdir. Unda islomiy oʻlchovda pok bilan nopok teng boʻla olmasligi bayon qilinmoqda. Agar nopok narsa oʻzining koʻpligi bilan odamni qiziqtirsa ham, ozgina pokka teng kela olmaydi. Harom narsalar koʻp va turli-tuman, ammo, Islom oʻlchovida, harom qanchalik koʻp boʻlmasin, ozgina halol bilan barobar boʻla olmaydi. Haromdan toʻplangan nopok milyon-milyard soʻmlar haloldan topilgan pok bir soʻmga, albatta, teng emas. Sonsiz-sanoqsiz nopok ishlar, bittagina pok ishga teng kela olmaydi. Aql-hushi joyida boʻlganlar shunga qarab ish koʻradilar:

«Ey, aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz».

Esi-aqli bor odamlargina bunaqa gaplardan ibrat oladi.

«Ey, aql egalari!»–deb xitob qilinayotganining boisi ham shu. Demak, insonning aqli boʻlsa, najot topish umidi-niyati boʻlsa, Allohga taqvo qilishi lozim.

Islomiy jamiyat aʼzolarini tarbiyalab borib, kelasi oyatlarda oʻz boshliqlari bilan, xususan, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bilan yuqori darajada odob va axloqli munosabatda boʻlishlik haqida soʻz ketadi.

Imom Termiziy Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Odamlardan qodir boʻlganlariga Alloh uchun Baytullohni haj qilish farzdir», oyati nozil boʻlganda, odamlar:

«Ey, Allohning Rasuli, har yilimi?»–deb soʻrashdi. U kishi indamadilar. Ular yana:

«Har yilimi?»–deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq. Agar, ha, desam, farz boʻlib qoladi»,–dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: