QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят23

قَالَ رَجُلَانِ مِنَ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمَا ٱدْخُلُوا۟ عَلَيْهِمُ ٱلْبَابَ فَإِذَا دَخَلْتُمُوهُ فَإِنَّكُمْ غَـٰلِبُونَ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَتَوَكَّلُوٓا۟ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan U zotdan qo`rqadiganlardan bo`lgan va Alloh ularga ne'mat ato etgan ikki kishi: «Ularning ustiga eshikdan kirib boringlar. Agar unga kirsalaring, albatta g`olib bo`lasizlar. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga tavakkal qilingiz», – dedilar.Улардан У зотдан қўрқадиганлардан бўлган ва Аллоҳ уларга неъмат ато этган икки киши: «Уларнинг устига эшикдан кириб боринглар. Агар унга кирсаларинг, албатта ғолиб бўласизлар. Агар мўмин бўлсангиз, Аллоҳга таваккал қилингиз», – дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda oʻn ikki boshliq orasidan) Allohdan qoʻrqadigan va uning inʼom-marhamatiga muyassar boʻlgan ikki kishi: «Ularning ustiga darvozadan toʻsatdan kiringiz, agar unga kirib olsangizlar, bas, shubhasiz, gʻolib boʻlursiz. Agar moʻmin boʻlsangizlar, yolgʻiz Allohgagina suyaninglar!», dedilar.(Шунда ўн икки бошлиқ орасидан) Аллоҳдан қўрқадиган ва унинг инъом-марҳаматига муяссар бўлган икки киши: «Уларнинг устига дарвозадан тўсатдан кирингиз, агар унга кириб олсангизлар, бас, шубҳасиз, ғолиб бўлурсиз. Агар мўмин бўлсангизлар, ёлғиз Аллоҳгагина суянинглар!», дедилар.

111-sahifa · 6-juz · 11-hizb111-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdedilarдедиларرَجُلَانِikki kishiикки кишиمِنَ-dan-данٱلَّذِينَoʻshalarўшаларيَخَافُونَ(Allohdan) qoʻrqadiganlar(Аллоҳдан) қўрқадиганларأَنْعَمَneʼmat ato etganнеъмат ато этганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِمَاikkovlarigaикковларигаٱدْخُلُوا۟kirib boringlarкириб борингларعَلَيْهِمُularning ustigaуларнинг устигаٱلْبَابَeshikdanэшикданفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиدَخَلْتُمُوهُunga kirsangizунга кирсангизفَإِنَّكُمْbas, albatta, sizбас, албатта, сизغَـٰلِبُونَ ۚgʻolib boʻlasizlarғолиб бўласизларوَعَلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohАллоҳفَتَوَكَّلُوٓا۟bas, tavakkal qilingizбас, таваккал қилингизإِنagarагарكُنتُمboʻlsangizбўлсангизمُّؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Muso alayhissalom muqaddas yerdagi ahvolni bilish maqsadida oldin oʻn ikkita naqib–vakil yuborgan edilar. Ushbu oyatda zikri kelgan, Allohdan qoʻrquvchi va Uning neʼmatiga sazovor boʻlgan ikki kishi oʻsha naqiblardan edi. Xuddi shu oʻrinda Allohdan qoʻrqish nimayu boshqadan qoʻrqish nimaligi ravshan boʻlmoqda. Allohdan qoʻrqadigan banda hech qachon boshqadan qoʻrqmaydi. Chunki bir qalb ikki xavfni koʻtarmaydi. Allohdan qoʻrqmagan esa, hammadan qoʻrqadi. Ushbu ikki solih banda ham Allohdan qoʻrqadiganlardan boʻlganlari uchun, qoʻrqmasdan muqaddas yerga borib, u yerda yurgan katta jussali, baquvvat va zoʻravon qavmni oʻz koʻzlari bilan koʻrib keldilar. Qavmlarini Allohning amriga itoat etib oʻsha zoʻravon qavm ustiga dadil bostirib boraverishga undadilar.

Ammo Xudodan qoʻrqmaganlar Allohning amriga itoat etmasliklariga zoʻravon qavmdan qoʻrqishlarini bahona qildilar. Bundaylarni «moʻmin» deb boʻladimi? Ular moʻmin boʻlganlarida:

«Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga tavakkal qilingiz»,–degan chaqiriq ularga taʼsir qilar edi. Ammo Bani Isroilga bu chaqiriq ham taʼsir etmadi.