QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят24

قَالُوا۟ يَـٰمُوسَىٰٓ إِنَّا لَن نَّدْخُلَهَآ أَبَدًا مَّا دَامُوا۟ فِيهَا ۖ فَٱذْهَبْ أَنتَ وَرَبُّكَ فَقَـٰتِلَآ إِنَّا هَـٰهُنَا قَـٰعِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Muso, modomiki, ular bor ekan, biz zinhor va zinhor u yerga kirmasmiz. Sen o`zing Robbing ila borib ikkovlon ularga qarshi urush qilaveringlar. Biz bu yerda o`tirib turuvchimiz», – dedilar.Улар: «Эй Мусо, модомики, улар бор экан, биз зинҳор ва зинҳор у ерга кирмасмиз. Сен ўзинг Роббинг ила бориб икковлон уларга қарши уруш қилаверинглар. Биз бу ерда ўтириб турувчимиз», – дедилар.Alauddin Mansour: (Qavm) aytdi: «Yo Muso, modomiki ular shu joyda ekan, biz hech qachon kira olmagaymiz. Bas, borgin, sen oʻzing va Parvardigoring ular bilan urishaveringlar. Biz esa mana shu Yerda oʻtirib kuturmiz».(Қавм) айтди: «Ё Мусо, модомики улар шу жойда экан, биз ҳеч қачон кира олмагаймиз. Бас, боргин, сен ўзинг ва Парвардигоринг улар билан уришаверинглар. Биз эса мана шу Ерда ўтириб кутурмиз».

112-sahifa · 6-juz · 11-hizb112-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰمُوسَىٰٓey Musoэй Мусоإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизلَنzinhor emasзинҳор эмасنَّدْخُلَهَآunga kirmaymizунга кирмаймизأَبَدًۭاhech qachonҳеч қачонمَّاmodomikiмодомикиدَامُوا۟ular bor ekanулар бор эканفِيهَا ۖundaундаفَٱذْهَبْbas, sen borбас, сен борأَنتَoʻzingўзингوَرَبُّكَva Robbingва Роббингفَقَـٰتِلَآikkovlon urush qilaveringlarикковлон уруш қилаверингларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизهَـٰهُنَاbu yerdaбу ердаقَـٰعِدُونَoʻtirib turuvchimizўтириб турувчимиз
TafsirТафсир

Ana xolos. Qoʻrqoqlikning oqibati shu-da. Avval uzr-bahona qidirishgan boʻlsa, endi ochiqdan-ochiq ilohiy amrdan bosh tortmoqdalar. Shu bilan birga, uyat-andishani yigʻishtirib qoʻyib, oʻz haqiqatlarini ochdilar.

«Sen oʻzing Robbing ila...» dedilar.

Demak, Alloh Muso alayhissalomning Robbi, Bani Isroilning Robbi emas ekan-da. Qoʻrqoq boʻlgandan keyin, hol–shu. Hamma narsadan, hatto aqiydadan ham voz kechib yuboraveriladi.

«Biz bu yerda oʻtirib turuvchimiz».

Demak, ularga hech narsaning keragi yoʻq.

Shundan keyin Muso alayhissalomning Allohga iltijo etib, duo qilishdan boshqa ilojlari qolmadi.