قَالَ رَبِّ إِنِّى لَآ أَمْلِكُ إِلَّا نَفْسِى وَأَخِى ۖ فَٱفْرُقْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ ٱلْقَوْمِ ٱلْفَـٰسِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, albatta, men o`zim va birodarimdan boshqaga ega emasman. O`zing biz bilan fosiq qavmning orasini ajratgin», – dedi.У: «Эй Роббим, албатта, мен ўзим ва биродаримдан бошқага эга эмасман. Ўзинг биз билан фосиқ қавмнинг орасини ажратгин», – деди.Alauddin Mansour: Muso aytdi: «Parvardigorim, men faqat oʻzimga va birodarim (Horunga) egaman, xolos. Bas, Oʻzing biz bilan bu itoatsiz qavmning orasini ajratgin».Мусо айтди: «Парвардигорим, мен фақат ўзимга ва биродарим (Ҳорунга) эгаман, холос. Бас, Ўзинг биз билан бу итоатсиз қавмнинг орасини ажратгин».
Haqiqiy moʻminning ishi shunday boʻladi. Qoʻlidan kelganicha harakat qilib, Allohning amrini yetkazadi. Boʻlsa, boʻldi. Boʻlmasa, oʻzi yolgʻiz qolsa ham, iymon yoʻlidan sobit qadamlar bilan ketaveradi.
Muso alayhissalom ham Muqaddas yerga kirish haqidagi ilohiy farmonni qavmlariga yetkazdilar. Ularni turli uslublar bilan bu farmoni oliyni bajo keltirishga undadilar. Ammo Bani Isroil bani isroilligiga borib, hech yoʻlga yurmadi. Shundagina Muso alay- hissalom Paygʻambarlik odobi ila, dardu alamga, hasratga toʻla ushbu duoni qildilar. Faqat oʻzlariyu birodarlari Horunga ega ekanliklarini, ikkovlari farmonni bajarishga tayyorliklarini bayon qildilar. Hamda oʻzlari bilan fosiq–dindan chiqqan Bani Isroil qavmi orasida ajrim chiqarishini Allohdan soʻradilar.
Alloh taolo Paygʻambari Muso alayhissalomning bu duolarini qabul etdi va quyidagi hukmni chiqardi: