فَطَوَّعَتْ لَهُۥ نَفْسُهُۥ قَتْلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُۥ فَأَصْبَحَ مِنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nafsi unga birodarini o`ldirishni yaxshi ko`rsatdi. Bas, uni o`ldirdi. Shu sababdan ziyonkorlardan bo`ldi.Нафси унга биродарини ўлдиришни яхши кўрсатди. Бас, уни ўлдирди. Шу сабабдан зиёнкорлардан бўлди.Alauddin Mansour: Bas, nafsi unga oʻz birodarini oʻldirishni chiroyli qilib koʻrsatib (Qobil) uni oʻldirdi va ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qoldi.Бас, нафси унга ўз биродарини ўлдиришни чиройли қилиб кўрсатиб (Қобил) уни ўлдирди ва зиён кўргувчилардан бўлиб қолди.
Havoi nafsining gapiga yursa, shunaqa boʻladi. Unga har qanday nasihat-eslatmalar kor qilmaydi. Haligi birodarga ham shuncha nasihat-eslatmalar foyda bermadi.
«Nafsi unga birodarini oʻldirishni yaxshi koʻrsatdi».
Avval aytganimizdek, bu odam nafsining amriga qarshi chiqa olmadi.
«Bas, uni oʻldirdi. Shu sababdan ziyonkorlardan boʻldi».
U, bu dunyoda ham, shu ishi tufayli ziyon koʻradi. Chunki, birodari unga yordam berar edi. Uni toʻgʻri yoʻlga chaqirib, nasihatlar qilar edi. Endi u oʻldi, nasihat qiluvchi, yaxshilik qiluvchi va yordam beruvchi odam yoʻq boʻldi. Oxiratda esa, ushbu jinoyat tufayli, yaʼni, birodarini oʻldirgani uchun doʻzaxga tushadi.
Alloh taolo qotilga jinoyatidan keyingina uning ojizligini koʻrsatib, hasrat darsini berdi: