QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят31

فَبَعَثَ ٱللَّهُ غُرَابًا يَبْحَثُ فِى ٱلْأَرْضِ لِيُرِيَهُۥ كَيْفَ يُوَٰرِى سَوْءَةَ أَخِيهِ ۚ قَالَ يَـٰوَيْلَتَىٰٓ أَعَجَزْتُ أَنْ أَكُونَ مِثْلَ هَـٰذَا ٱلْغُرَابِ فَأُوَٰرِىَ سَوْءَةَ أَخِى ۖ فَأَصْبَحَ مِنَ ٱلنَّـٰدِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh yer yuzida kezib yurgan qarg`ani unga birodarining o`ligini qanday ko`mishini ko`rsatish uchun yubordi. U: «Sho`rim qursin! Mana shu qarg`achalik bo`lib, birodarim o`ligini ko`ma olmadim-a?!» – dedi. Bas, u nadomat qiluvchilardan bo`ldi.Аллоҳ ер юзида кезиб юрган қарғани унга биродарининг ўлигини қандай кўмишини кўрсатиш учун юборди. У: «Шўрим қурсин! Мана шу қарғачалик бўлиб, биродарим ўлигини кўма олмадим-а?!» – деди. Бас, у надомат қилувчилардан бўлди.Alauddin Mansour: Soʻngra Alloh unga birodarining murdasini qanday koʻmishni koʻrsatish uchun Yer titadigan bir qargʻa yubordi. U: «Menga oʻlim boʻlsin, mana shu qargʻachalik boʻla olmadimmi — birodarimning murdasini oʻzim koʻma olmadimmi?!», deb nadomat qilguvchilardan boʻlib qoldi.Сўнгра Аллоҳ унга биродарининг мурдасини қандай кўмишни кўрсатиш учун Ер титадиган бир қарға юборди. У: «Менга ўлим бўлсин, мана шу қарғачалик бўла олмадимми — биродаримнинг мурдасини ўзим кўма олмадимми?!», деб надомат қилгувчилардан бўлиб қолди.

112-sahifa · 6-juz · 12-hizb112-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبَعَثَbas, yubordiбас, юбордиٱللَّهُAllohАллоҳغُرَابًۭاqargʻaniқарғаниيَبْحَثُkavlab kezib yurganкавлаб кезиб юрганفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиلِيُرِيَهُۥunga koʻrsatish uchunунга кўрсатиш учунكَيْفَqandayқандайيُوَٰرِىkoʻmishiniкўмишиниسَوْءَةَoʻliginiўлигиниأَخِيهِ ۚbirodariningбиродаринингقَالَdediдедиيَـٰوَيْلَتَىٰٓshoʻrim qursin!шўрим қурсин!أَعَجَزْتُojiz boʻldimmiожиз бўлдиммиأَنْ-ni-ниأَكُونَboʻlishбўлишمِثْلَkabi (-chalik)каби (-чалик)هَـٰذَاmana shuмана шуٱلْغُرَابِqargʻaқарғаفَأُوَٰرِىَbas, koʻma olayбас, кўма олайسَوْءَةَoʻliginiўлигиниأَخِى ۖbirodarimбиродаримفَأَصْبَحَbas, u boʻldiбас, у бўлдиمِنَ-dan-данٱلنَّـٰدِمِينَnadomat qiluvchilarнадомат қилувчилар
TafsirТафсир

Oyati karimaning siyoqidan koʻrinib turibdiki, qotil birodarini oʻldirib qoʻygandan keyin nima qilarini bilmay qolgan. Oʻlikni koʻmish kerakligi xayoliga kelmagan. Chunki, avval oʻlik boʻlmagan. Bu yer yuzidagi birinchi oʻlik edi. Shuning uchun ham, nima qilishni bilmay, hayron boʻlib qolgan. Rivoyatlarda kelishicha, shu paytda Alloh unga oʻlikni koʻmishni oʻrgatish uchun ikki qargʻani yuborgan. Ular qotilning oldida urushib, biri ikkinchisini oʻldirgan. Soʻngra qotil qargʻa oʻlgan qargʻani yerni kavlab koʻmgan. Bu holni oyatda qisqa qilib:

«Alloh yer yuzida kezib yurgan qargʻani unga birodarining oʻligini qanday koʻmishini koʻrsatish uchun yubordi»,–deydi.

Qargʻa qargʻaning oʻligini koʻmganini koʻrgan qotil oʻzidan nafrat qildi va:

«Shoʻrim qurisin! Mana shu qargʻachalik boʻlib, birodarimning oʻligini koʻma olmadim-a?!» – dedi.

Oʻzicha gʻururga ketib, hasad qilib, begunoh birodarini oʻldirishgacha yetib borgan nobakor, vaqti kelib bir qargʻachalik boʻla olmay qoldi.

«Bas, u nadomat qiluvchilardan boʻldi».