QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят4

يَسْـَٔلُونَكَ مَاذَآ أُحِلَّ لَهُمْ ۖ قُلْ أُحِلَّ لَكُمُ ٱلطَّيِّبَـٰتُ ۙ وَمَا عَلَّمْتُم مِّنَ ٱلْجَوَارِحِ مُكَلِّبِينَ تُعَلِّمُونَهُنَّ مِمَّا عَلَّمَكُمُ ٱللَّهُ ۖ فَكُلُوا۟ مِمَّآ أَمْسَكْنَ عَلَيْكُمْ وَٱذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهِ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan ularga nima halol qilinganini so`rarlar. Sen: «Sizlarga pok narsalar halol qilindi. Ovchi itlarga o`xshatib, Alloh sizga o`rgatgan narsalardan ularga ham o`rgatgan ovchi hayvonlaringiz sizga tutib bergan narsadan yenglar. Ularga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh hisobi tezkor Zotdir», deb ayt!Сендан уларга нима ҳалол қилинганини сўрарлар. Сен: «Сизларга пок нарсалар ҳалол қилинди. Овчи итларга ўхшатиб, Аллоҳ сизга ўргатган нарсалардан уларга ҳам ўргатган овчи ҳайвонларингиз сизга тутиб берган нарсадан енглар. Уларга Аллоҳнинг исмини зикр қилинглар. Аллоҳга тақво қилинглар. Албатта, Аллоҳ ҳисоби тезкор Зотдир», деб айт!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, moʻminlar) Sizdan oʻzlari uchun nimalar halol qilinganini soʻraydilar. Ayting: «Sizlar uchun barcha pokiza narsalar va yana sizlarning taʼlimingizni olgan jonivorlarning — Alloh sizlarga bildirgan narsalardan bildirib qoʻlga oʻrgatgan jonivorlarning (tutib keltirgan ovlari) halol qilindi. Bas, ular sizlar uchun ushlab keltirgan narsalarni yeyaveringlar va (ularni ovga qoʻyib yuborayotganlaringda) Allohning nomini zikr qilinglar! Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh juda tez hisob-kitob qilguvchi Zotdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мўминлар) Сиздан ўзлари учун нималар ҳалол қилинганини сўрайдилар. Айтинг: «Сизлар учун барча покиза нарсалар ва яна сизларнинг таълимингизни олган жониворларнинг — Аллоҳ сизларга билдирган нарсалардан билдириб қўлга ўргатган жониворларнинг (тутиб келтирган овлари) ҳалол қилинди. Бас, улар сизлар учун ушлаб келтирган нарсаларни еяверинглар ва (уларни овга қўйиб юбораётганларингда) Аллоҳнинг номини зикр қилинглар! Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта, Аллоҳ жуда тез ҳисоб-китоб қилгувчи Зотдир.

107-sahifa · 6-juz · 11-hizb107-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَسْـَٔلُونَكَsendan soʻrarlarсендан сўрарларمَاذَآnimaнимаأُحِلَّhalol qilinganiniҳалол қилинганиниلَهُمْ ۖulargaуларгаقُلْsen aytсен айтأُحِلَّhalol qilindiҳалол қилиндиلَكُمُsizlargaсизларгаٱلطَّيِّبَـٰتُ ۙpok narsalarпок нарсаларوَمَاva narsalarва нарсаларعَلَّمْتُمsiz oʻrgatganсиз ўргатганمِّنَ-dan-данٱلْجَوَارِحِovchi hayvonlarовчи ҳайвонларمُكَلِّبِينَovchi itlarga oʻxshatibовчи итларга ўхшатибتُعَلِّمُونَهُنَّularga oʻrgatasizуларга ўргатасизمِمَّاnarsalardanнарсаларданعَلَّمَكُمُsizga oʻrgatganсизга ўргатганٱللَّهُ ۖAllohАллоҳفَكُلُوا۟bas, yenglarбас, енгларمِمَّآnarsadanнарсаданأَمْسَكْنَular tutib berganулар тутиб берганعَلَيْكُمْsizgaсизгаوَٱذْكُرُوا۟va zikr qilinglarва зикр қилингларٱسْمَisminiисминиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْهِ ۖungaунгаوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilinglarва тақво қилингларٱللَّهَ ۚAllohgaАллоҳгаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳسَرِيعُtezkorтезкорٱلْحِسَابِhisobiҳисоби
TafsirТафсир

Oyati karimaning avvalida Alloh taolo Oʻzining mahbub Paygʻambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib, u kishidan musulmonlar oʻzlariga nimalar halol qilinganini soʻrashlarini aytmoqda.

«Sendan ularga nima halol qilinganini soʻrarlar».

Baʼzi narsalarning, xususan, isteʼmoli harom qilingan narsalarning hukmi tushgach, musulmonlar tasavvurida ulkan inqilob sodir boʻldi. Ular endi nima halol va nima harom ekanini faqat Allohgina hukm qilishini bilib oldilar. Halol-haromning hayotlaridagi tutgan oʻrnini ham anglab yetdilar. Shuning uchun ham, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, oʻzlariga nima halol qilinganini soʻrashga oʻtdilar. Ular bilmasdan haromga qoʻl urib qoʻyishdan qoʻrqar edilar. Haromdan hazar qilardilar. Musulmon bandaning haqiqiy siymosi shunday boʻlishi lozim. Oʻzining har bir ishi, jumladan, yeydigan taomi ham shariat hukmiga muvofiq boʻlishiga harakat etishi kerak. Koʻngliga kelganini qilish, qoʻliga tushganini yeyish hayvonlarning ishi.

Musulmonlarning savollariga nima deb javob berishni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloning Oʻzi oʻrgatib:

«Sizlarga pok narsalar halol qilindi», deb aytishni buyurmoqda. Yaʼni, musulmonlar pok narsalardan mahrum qilinganlari yoʻq. Nimaiki pok boʻlsa, ularga halol. Demak, ularga nopok narsalargina harom qilingan. Shundan kelib chiqilsa, Alloh taolo halol qilgan narsalar pok, foydali, degani boʻladi. Aksincha, Alloh taolo harom degan narsalar iflos va zararli, deganidir.

Soʻngra, umumiy halol qilingan pok narsalardan baʼzi izohga hojati borlari eslatib oʻtiladi:

«Ovchi itlarga oʻxshatib, Alloh sizga oʻrgatgan narsalardan ularga ham oʻrgatgan ovchi hayvonlaringiz sizga tutib bergan narsalardan yenglar».

Baʼzi hayvonlar va qushlar boshqa hayvon va qushlarni ovlashi hammaga maʼlum. Avval oʻtgan oyatda oʻrgatilmagan yirtqich hayvon yoki qush ovlagan halol hayvonning, agar joni bor paytida soʻyib olinmasa, goʻshtini yeb boʻlmasligi bayon qilingan edi. Bu yerda esa, gap yirtqich hayvon va qushlar bilan ov qilish haqida ketmoqda. Odatda, ovga, koʻproq, it oʻrgatiladi. Oyatda: «Ovchi itlarga oʻxshatib»,–deb aytilayotganining boisi ham shundan. Demak, itni ovga oʻrgatgandek qilib boshqa hayvonlar ham ovga oʻrgatilgan boʻlsa, ular ovlagan hayvonni musulmon odam isteʼmol qilsa, boʻladi.

Hayvonlarni ovga oʻrgatish haqidagi jumlada,

«Alloh sizga oʻrgatgan narsalardan ularga ham oʻrgatgan hayvonlaringiz», degan ifoda kelmoqda. Bundan, insonga hamma narsani, jumladan, hayvonni ovga oʻrgatishni ham Alloh taʼlim berganligi kelib chiqadi. Insonga aql ato qilib, yirtqichlarni unga itoat ettirib qoʻygan Zot ham Allohning Oʻzi.

Qanday hayvon oʻrgatilgan hisoblanadi va qay holda u tutgan oʻljaning goʻshti musulmonga halol boʻladi?

Ulamolarimizning fikrlaricha, ovga qoʻyilgan hayvon oʻljani ushlab, to egasi kelgunga qadar yemay tursa, oʻshanday hayvon oʻrgatilgan boʻladi. Agar ushlab, undan yeb qoʻysa, oʻrgatilgan hisoblanmaydi va u ushlagan oʻljaning goʻshtini yeb boʻlmaydi.

Ammo mazkur oʻljaning halol boʻlishining asosiy sharti shuki, ov hayvonini oʻlja tomon qoʻyib yuborayotgan paytida ovchi «Bismillahi»ni aytishi shart. Chunki oyatda:

«Ularga Allohning ismini zikr qiling!»–deb amr etilmoqda. Moʻmin-musulmon kishi hech qachon Allohni unutmasligi kerak. Ovchi hayvonni oʻljaga qoʻyayotganda «Bismillahi»ni aytsa, hayvoni oʻljani tishi yoki changali bilan oʻldirsa, soʻyish vaqtidagi «Bismillahi»ning oʻrniga oʻtadi.

Albatta, bunday ishlarda har xil holat roʻy berishi mumkin. Masalan, mol-dunyoga qiziqib, halollik shartiga toʻgʻri kelmaydigan hayvonlarni ham baʼzan halol deb yuborilaveradi. Shunday holning oldi olinib, oyati karimaning oxirida:

«Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh hisobi tezkor Zotdir», deyilmoqda.

Keyingi oyatda taomlarning haloli haqidagi masala davom ettirilib, ketidan nikohdagi halol xususida bahs ochiladi: