QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят6

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا قُمْتُمْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ فَٱغْسِلُوا۟ وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى ٱلْمَرَافِقِ وَٱمْسَحُوا۟ بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى ٱلْكَعْبَيْنِ ۚ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَٱطَّهَّرُوا۟ ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَآءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ ٱلْغَآئِطِ أَوْ لَـٰمَسْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمْ تَجِدُوا۟ مَآءً فَتَيَمَّمُوا۟ صَعِيدًا طَيِّبًا فَٱمْسَحُوا۟ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ ۚ مَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَـٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo`lsalaringiz, yuzlaringizni va qo`llaringizni chig`anoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mas'h tortinglar. Va oyoqlaringizni to`piqlari ila yuvinglar. Agar junub bo`lsalaringiz, poklaninglar. Agar bemor yoki safarda bo`lsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qo`llaringizga mas'h tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tug`dirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga O`z ne'matini batamom qilib berishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar.Эй, иймон келтирганлар! Намозга турмоқчи бўлсаларингиз, юзларингизни ва қўлларингизни чиғаноқлари ила ювинглар. Бошларингизга масҳ тортинглар. Ва оёқларингизни тўпиқлари ила ювинглар. Агар жунуб бўлсаларингиз, покланинглар. Агар бемор ёки сафарда бўлсаларингиз ёхуд бирорталарингиз таҳоратхонадан келса ёки аёлларга яқинлик қилса-ю, сув топа олмасаларингиз, бас, покиза тупроқ ила таяммум қилинглар. Ундан юзингизга ва қўлларингизга масҳ тортинглар. Аллоҳ сизларга қийинчилик туғдиришни истамас. Аммо сизларни поклашни ва сизларга Ўз неъматини батамом қилиб беришни истайдир. Шоядки, шукр қилсангизлар.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, namozga turganingizda yuzlaringizni hamda qoʻllaringizni chigʻanoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz (yaʼni, nam qoʻllaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz! Agar junub boʻlsalaringiz, choʻmilingiz! Agar bemor yo musofir boʻlsangiz yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan boʻlsa yoxud xotinlaringizga qoʻshilgan boʻlsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (yaʼni, yuzingiz va qoʻllaringizni pokiza tuproq bilan silangiz). Alloh sizlarga mashaqqat qilmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga Oʻz neʼmatini komil qilib berishni istaydi.Эй мўминлар, намозга турганингизда юзларингизни ҳамда қўлларингизни чиғаноқларигача ювингиз, бошларингизга масҳ тортингиз (яъни, нам қўлларингиз билан силангиз) ва оёқларингизни ошиқларигача ювингиз! Агар жунуб бўлсаларингиз, чўмилингиз! Агар бемор ё мусофир бўлсангиз ёки сизлардан биров ҳожатхонадан чиққан бўлса ёхуд хотинларингизга қўшилган бўлсаларингиз ва (мазкур ҳолатларда) сув топа олмасангиз, покиза тупроқ билан таяммум қилингиз (яъни, юзингиз ва қўлларингизни покиза тупроқ билан силангиз). Аллоҳ сизларга машаққат қилмоқни истамайди, балки сизларни поклашни ва шукр қилишларингиз учун сизларга Ўз неъматини комил қилиб беришни истайди.

108-sahifa · 6-juz · 11-hizb108-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَularуларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларإِذَاqachonkiқачонкиقُمْتُمْturmoqchi boʻlsalaringizтурмоқчи бўлсаларингизإِلَى-ga-гаٱلصَّلَوٰةِnamozнамозفَٱغْسِلُوا۟bas, yuvinglarбас, ювингларوُجُوهَكُمْyuzlaringizniюзларингизниوَأَيْدِيَكُمْva qoʻllaringizniва қўлларингизниإِلَى-gacha (ila)-гача (ила)ٱلْمَرَافِقِchigʻanoqlariчиғаноқлариوَٱمْسَحُوا۟va mash tortinglarва масҳ тортингларبِرُءُوسِكُمْboshlaringizgaбошларингизгаوَأَرْجُلَكُمْva oyoqlaringizniва оёқларингизниإِلَى-gacha (ila)-гача (ила)ٱلْكَعْبَيْنِ ۚtoʻpiqlariтўпиқлариوَإِنva agarва агарكُنتُمْboʻlsalaringizбўлсаларингизجُنُبًۭاjunubжунубفَٱطَّهَّرُوا۟ ۚbas, poklaninglarбас, покланингларوَإِنva agarва агарكُنتُمboʻlsalaringizбўлсаларингизمَّرْضَىٰٓbemorбеморأَوْyokiёкиعَلَىٰ-da-даسَفَرٍsafarсафарأَوْyoxudёхудجَآءَkelsaкелсаأَحَدٌۭbirortalaringizбирорталарингизمِّنكُمsizlardanсизларданمِّنَ-dan-данٱلْغَآئِطِtahoratxonaтаҳоратхонаأَوْyokiёкиلَـٰمَسْتُمُyaqinlik qilsaяқинлик қилсаٱلنِّسَآءَayollargaаёлларгаفَلَمْbas, emasбас, эмасتَجِدُوا۟topa olsalaringizтопа олсаларингизمَآءًۭsuvсувفَتَيَمَّمُوا۟bas, tayammum qilinglarбас, таяммум қилингларصَعِيدًۭاtuproq ilaтупроқ илаطَيِّبًۭاpokizaпокизаفَٱمْسَحُوا۟bas, mash tortinglarбас, масҳ тортингларبِوُجُوهِكُمْyuzingizgaюзингизгаوَأَيْدِيكُمva qoʻllaringizgaва қўлларингизгаمِّنْهُ ۚundanунданمَاemasэмасيُرِيدُistaydiистайдиٱللَّهُAllohАллоҳلِيَجْعَلَtugʻdirishniтуғдиришниعَلَيْكُمsizlargaсизларгаمِّنْbirorбирорحَرَجٍۢqiyinchilikқийинчиликوَلَـٰكِنammoаммоيُرِيدُistaydirистайдирلِيُطَهِّرَكُمْsizlarni poklashniсизларни поклашниوَلِيُتِمَّva batamom qilishniва батамом қилишниنِعْمَتَهُۥoʻz neʼmatiniўз неъматиниعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаلَعَلَّكُمْshoyadki sizlarшоядки сизларتَشْكُرُونَshukr qilsangizlarшукр қилсангизлар
TafsirТафсир

Ushbu oyatlar sinchiklab oʻqib-oʻrganilsa, Islomning poklik dini, poklik boʻlganda ham, mukammal poklik dini ekanligi yaqqol namoyon boʻladi. Avvalgi besh oyatda pok narsalarning halol qilingani, musulmonlarga pok taomlar, pokiza ayollar halol qilingani haqida soʻz borgan boʻlsa, bu oyatda badan pokligi hamda, eng muhimi, qalb pokligi haqida soʻz ketmoqda. Chunki, namoz qalbni poklovchi amaldir. Hamma narsa poklikka tayanadi, poklikka qaratilgandir. Xossatan, namoz oʻqish uchun nafaqat badan, balki kiyim-bosh va joy ham pok boʻlishi zarur.

Hukm bayoni «Ey, iymon keltirganlar!» nidosi bilan boshlanayotgani bu hukmlarning ham ahamiyat jihatidan oldingilaridan qolishmasligini koʻrsatadi.

«Namozga turmoqchi boʻlsalaringiz, yuzlaringizni va qoʻllaringizni chigʻanoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mash tortinglar. Va oyoqlaringizni toʻpiqlari ila yuvinglar».

Tahoratning farzligi va bu farz amalning ichida toʻrtta farz borligi ushbu oyatdan olingan. Shu bilan birga, baʼzi toifalar ushbu oyatni tushunishda va undan hukm chiqarishda musulmonlar jumhuriga zid borishgan. Bunga oyati karimani notoʻgʻri talqin qilish sabab boʻlgan. Oyatning matni «Boshlaringizga mash tortinglar va oyoqlaringiz ham!»–deganga oʻxshash maʼnoda kelgan. Bu tarzda tuzilgan jumlani shiʼa mazhabidagi kishilar «va oyoqlaringizga ham mash tortinglar» degan maʼnoda tushunganlar hamda shu maʼnodan kelib chiqib, tahorat qilganda, yuzini yuvadi, qoʻlini chigʻanogʻi bilan yuvadi, boshiga hamda oyogʻiga mash tortadi, deb hukm chiqarganlar. Shunday qiladilar ham. Qurʼoni Karim maʼnolari boshqa tillarga tarjima qilinganda ham koʻpincha shu xatoga yoʻl qoʻyilgan. Aslida, unday emas. Tahoratning tartibiga muvofiq boʻlishi uchun oyoqni yuvish kerakligi oxirida zikr qilingan. Arab tilidan, Qurʼon tilovatidan xabardor hech bir shaxs bu maʼnodan boshqa maʼnoni tushunmaydi. Qolaversa, Qurʼoni Karimni birinchi qabul qilib olgan zot Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga oyoqni yuvish maʼnosini berganlar va oʻzlari doimo tahoratda oyoqlarini yuvganlar. Qurʼoni Karimning nozil boʻlishiga hamasr boʻlgan saodatmand avlod–sahobai kiromlar avlodi bu oyatni, oyoqni yuvishni anglatadi, deb tushunganlar va hammalari tahorat qilganlarida oyoqlarini yuvganlar. Ulardan birortalari ham oyoqqa mash tortmaganlar.

Namoz uchun tahorat farz ekanligi bayon etilganidan soʻng, yaʼni, kichik tahoratsizlikdan poklanish bayon qilingandan soʻng, katta tahoratsizlikdan–junublikdan poklanish bayon qilinadi.

«Agar junub boʻlsalaringiz, poklaninglar».

Yaʼni, gʻusl qilinglar.

Junublik ihtilom boʻlish yoki jinsiy aloqa tufayli yuzaga keladi. Avvalgi oyatlarda ham kelgan va oʻz joyida bayon qilingan edi.

Baʼzi hollarda inson tahoratga yoki gʻuslga imkon topa olmay qoladi. Shunda nima qilishi kerak? Alloh taolo bandalariga mehribon Zot, bu noqulay holatdan chiqishning yoʻlini ham oʻzi koʻrsatadi.

«Agar bemor yoki safarda boʻlsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qiling».

Xuddi shu maʼnolar «Niso» surasida ham kelgan va oʻsha joyda batafsil bayon qilingan. Bu oʻrinda junublikda ham tayammum qilinganiga dalil sifatida bir hadisi sharif keltirish oʻrinli boʻlsa kerak.

Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Amr ibn Oss roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:

«Gʻazotlarning birida, sovuq kechada ihtilom boʻlib qoldim. Gʻusl qilsam, halok boʻlishimdan qoʻrqib, tayammum qildim. Soʻngra sheriklarimga imom boʻlib bomdod namozini oʻqidim. Ular buni Paygʻambarimiz alayhissalomga yetkazdilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Hoy Amr, junub boʻlsang ham, sheriklaringga imom boʻlib namoz oʻqidingmi?!»–deb soʻradilar. U kishiga nimaga gʻusl qilmaganimning xabarini berdim. Hamda Alloh «Oʻzingizni oʻldirmanglar! Alloh sizlarga rahimli Zotdir», deganini eshitgan edim, dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuldilar-da, hech narsa demadilar. Bu, u kishining iqrorlari edi».

«Niso» surasida kelgan tayammum haqidagi oyatning tafsirida aytganimizdek, namoz gʻoyat muhim ibodat, uni tark etishning hech uzri yoʻq, tahorat qilish imkoni boʻlmasa, tayammum qilib boʻlsa ham, oʻqish zarur. Shuning uchun, shariatga tayammum kiritilgan. Bu yerda tayammum qilishning qoidasi bayon etilmoqda.

«Undan yuzlaringizga va qoʻllaringizga mash tortinglar» (yaʼni, toza tuproqdan).

Tuproqni yuzga va qoʻllarga surtishdan maqsad nima? Nima uchun shunday qilinadi? Alloh taolo bu ishni buyurish bilan nimani iroda etgan? Nahotki, odamlarni qiynashni istagan boʻlsa? Javob Alloh taoloning Oʻzidan keladi:

«Alloh sizlarga qiyinchilik tugʻdirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga Oʻz neʼmatini batamom qilib berishni istaydir».

Alloh hech qachon bandalariga qiyinchilikni istamaydi. Islomda hamma narsa yengillikka bino qilingan. Suv yoʻq boʻlsa yoki uni isteʼmol qilish imkoni boʻlmasa, tayammumga buyurilishi ham yengillikdir. Alloh taolo xohlaganida, qanday qilib boʻlsa ham, suv topasan va suv bilangina tahorat qilasan, deyishga haqqi bor edi. Ammo bu narsa bandalariga ogʻir boʻlardi. Tayammumga amr etishdan murod, Alloh musulmonlarni poklashni istaydi. Chunki, namoz Alloh taolo bilan boʻladigan muloqotdir. U moʻmin bandaning meʼrojidir. Namozda banda Robbul Olamiynning qarshisida turib, Unga munojot qiladi. Undan hojatlarini soʻraydi. Unga dardini toʻkib soladi. Bu muhim va qoldirib boʻlmas muloqotga poklanib borish lozim ekan, agar suv topilmasa, tayammum qilib boʻlsa-da, poklanish zarur. Bunga oʻsha muloqotni tayin qilgan Zot–Alloh taoloning Oʻzi ruxsat beryapti. Namoz Alloh taoloning Oʻzi bilan muloqotga chiqish uchun bandalariga yaratib bergan imkoniyat boʻlib, bu hol U zot namozga qanchalik ahamiyat berishini koʻrsatadi. Ammo baʼzi nobakor bandalarning bu oliymaqom muloqotdan qochib yurishlarini qanday baholasa boʻladi?

Oyatning davomida:

«Va sizga Oʻz neʼmatini batamom qilib berishni istaydir», deyishidan, tayammum qilib boʻlsa ham, namoz oʻqishga ruxsat berishi bandalarga Allohning neʼmati ekanini tushunamiz. Banda bu neʼmatning qadriga yetishi va unga shukr qilishi lozim.

«Shoyadki, shukr qilsangiz».

Yuqorida oltita oyat oʻtdi. Bu oyatlarda oziq-ovqat, ov qilish, halol-harom, nikoh, odamlar muomalasi, tahorat, namoz kabi masalalar keldi. Ushbu masalalarning barchasi bir xil eʼtibor ila aralash holda kelmoqda. Ular moʻmin-musulmonlarga qarata:

«Ey, iymon keltirganlar!»–degan xitob orqali bayon qilinmoqda. Bu esa, Islom dini inson hayotining hamma sohalarini qamrab olganini koʻrsatadi. Hamda, din har bir odamning qalbidagi ishonchidir, degan safsataning bekor ekaniga yorqin dalildir. Biz bundan Islom dini ham aqiyda, ham hayot tarzi, ham muomala, ham iqtisod, ham siyosat ekanini, bu ishlarning hammasi Allohning bandalariga bergan amri-farmoni ekanini tushunib olamiz. Biz bundan hayotimizdagi har bir ishimiz namoz va tahorat kabi ibodat ekanini, ularga xuddi namoz va tahoratga eʼtibor berganimizdek munosabatda boʻlishimiz lozimligini anglab yetamiz. Dilida musulmon boʻlib, amalida kofirning ishini qilish ahmoqlik emasmi? Masjidda musulmon-u, bozorda yoki oshxonada nomusulmon boʻlish gumrohlik emasmi? Alloh oʻz bandalaridan hamma ishda unga taslim boʻlishni istaydi. Shunga boʻyin eggan odamgina haqiqiy musulmon boʻla olishi mumkin. Ana shundagina banda Alloh taologa bergan ahdnomasiga vafo qilgan boʻladi.

Mazkur sharʼiy hukmlar bayon etib boʻlingandan soʻng, kelasi oyatda Alloh taolo neʼmatini va miysoqni eslatadi: