QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят7

وَٱذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمِيثَـٰقَهُ ٱلَّذِى وَاثَقَكُم بِهِۦٓ إِذْ قُلْتُمْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning sizga bergan ne'matini va sizdan olgan ahdini eslang. O`zingiz: «Eshitdik va itoat qildik», degansiz-a?! Va Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh ko`kraklardagi narsani ham bilguvchi Zotdir.Аллоҳнинг сизга берган неъматини ва сиздан олган аҳдини эсланг. Ўзингиз: «Эшитдик ва итоат қилдик», дегансиз-а?! Ва Аллоҳга тақво қилинг. Албатта, Аллоҳ кўкраклардаги нарсани ҳам билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Allohning sizlarga bergan neʼmatini va: «Eshitdik va itoat qildik», degan paytingizda sizlar bilan bogʻlagan ahd-paymonini eslangiz! Allohdan qoʻrqingiz! Albatta, Alloh dillarni egallagan (sirlarni) bilguvchidir.Аллоҳнинг сизларга берган неъматини ва: «Эшитдик ва итоат қилдик», деган пайтингизда сизлар билан боғлаган аҳд-паймонини эслангиз! Аллоҳдан қўрқингиз! Албатта, Аллоҳ дилларни эгаллаган (сирларни) билгувчидир.

108-sahifa · 6-juz · 11-hizb108-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱذْكُرُوا۟va eslangва эслангنِعْمَةَneʼmatiniнеъматиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكُمْsizga berganсизга берганوَمِيثَـٰقَهُva Uning ahdiniва Унинг аҳдиниٱلَّذِىukiукиوَاثَقَكُمsizdan olganсиздан олганبِهِۦٓu ilaу илаإِذْoʻshandaўшандаقُلْتُمْdegansizдегансизسَمِعْنَاeshitdikэшитдикوَأَطَعْنَا ۖva itoat qildikва итоат қилдикوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَ ۚAllohgaАллоҳгаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌۢbilguvchi zotdirбилгувчи зотдирبِذَاتِnarsaniнарсаниٱلصُّدُورِkoʻkraklardagiкўкраклардаги
TafsirТафсир

Insonga Alloh bergan neʼmatlarning sanogʻiga yetib boʻlmasligini, bu neʼmatlarning shukrini ham ado eta olmasligimizni yaxshi bilamiz. Ammo Allohning bizga bergan neʼmatlari ichida eng ulugʻi iymon–Islom neʼmati ekanini tushunib yetmogʻimiz lozim. Bu ulkan neʼmatning shukri unga amal qilish bilan boʻlishini ham tushunmogʻimiz kerak.

Oyatda kelayotgan «miysoq»–ahdnoma esa, Allohning amriga itoat qilish ahdnomasi edi. Bandalar oʻzlari iymon keltirib, moʻmin- musulmon boʻlganlarida, «eshitdik va itoat qilamiz», deb ahd berishgan edi. Endi ahkomlar keldi. Uni tinglab, oʻrgansinlar va itoat qilsinlar. Taqvodor boʻlsinlar. Chunki, Allohga iymonsiz, itoatsiz va taqvosiz hayotning mazmuni boʻlmaydi:

«Va Allohga taqvo qiling».

Undan qoʻrqing. Siz Allohga taqvo qilganingizdagina, dilingizdagi iymon kuchli boʻladi va zohirdagi ishingizni uning taqozosiga muvofiq qilasiz. Agar taqvo boʻlmasa, til bilan chiroyli gaplarni gapirib qoʻyib, amalda uning teskarisi qilinaveradi. Shuning uchun ham, tildan chiqqan har bir narsaga ishonib boʻlmaydi. Dilda haqiqiy iymon boʻlsagina, shariat ahkomlariga toʻliq amal qilinadi. Odamlar oʻzlaricha tilda iymon–Islomga oid gaplarni gapirib, hammani ogʻzilariga qaratganlaridan xursand yuribdilar. Ammo:

«Albatta, Alloh koʻkraklardagi narsani ham bilguvchi Zotdir».

Yaʼni, har bir insonning yashirin niyatlari, maxfiy xotiralari va berkitgan sirlarini ham ochiq-oydin va aniq biladi.

Keyingi oyatda bandalarning Alloh oldidagi ahdlaridan biri haqida soʻz ketadi: