وَإِذَا سَمِعُوا۟ مَآ أُنزِلَ إِلَى ٱلرَّسُولِ تَرَىٰٓ أَعْيُنَهُمْ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمْعِ مِمَّا عَرَفُوا۟ مِنَ ٱلْحَقِّ ۖ يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱكْتُبْنَا مَعَ ٱلشَّـٰهِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni Payg`ambarga nozil qilingan narsani tinglaganlarida, haqni bilganliklaridan, ko`zlari yosh to`kkanini ko`rasan. Ular: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin», – derlar.Уларни Пайғамбарга нозил қилинган нарсани тинглаганларида, ҳақни билганликларидан, кўзлари ёш тўкканини кўрасан. Улар: «Эй Роббимиз, биз иймон келтирдик, бас, бизни шоҳидлар қаторига ёзгин», – дерлар.Alauddin Mansour: Ular paygʻambarga nozil qilingan narsani (Qurʼonni) eshitgan paytlarida, uning haq ekanini bilganlari sababli koʻzlaridan yosh quyilayotganini koʻrasiz. Ular: «Parvardigoro, iymon keltirdik. Bas, bizni guvohlik berguvchilar qatoriga yozgin», deydilar.Улар пайғамбарга нозил қилинган нарсани (Қуръонни) эшитган пайтларида, унинг ҳақ эканини билганлари сабабли кўзларидан ёш қуйилаётганини кўрасиз. Улар: «Парвардигоро, иймон келтирдик. Бас, бизни гувоҳлик бергувчилар қаторига ёзгин», дейдилар.
Moʻminlarga doʻstlikka yaqinroq boʻlgan nasorolar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Alloh tomonidan nozil qilingan Qurʼoni Karimni tinglaganlarida, koʻzlaridan yosh toʻkadilar. Haqiqatni bilganlaridan, yigʻlaydilar. Ular yigʻlab qoʻyib, yana avvalgi hollarida bardavom boʻlavermaydilar. Balki, oʻsha oʻzlari bilgan haqqa ergashadilar:
«Ular: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin», derlar».
Ular bu bilan ham kifoyalanib qolmaydilar, bundan ham oliy martabalarga intiladilar: