QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят82

۞ لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ ٱلنَّاسِ عَدَٰوَةً لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱلْيَهُودَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ ۖ وَلَتَجِدَنَّ أَقْرَبَهُم مَّوَدَّةً لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّا نَصَـٰرَىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّ مِنْهُمْ قِسِّيسِينَ وَرُهْبَانًا وَأَنَّهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yahudiy va shirk keltirganlarning iymon keltirganlarga nisbatan odamlarning ashaddiy adovatlisi ekanini topasan. Ulardan iymon keltirganlarga do`stlikka yaqinrog`i, biz nasorolarmiz, deganlar ekanini topasan. Bu, ularning ichida diniy olimlar va rohiblar bo`lganidan va ularning takabburlik qilmasliklaridandir.Яҳудий ва ширк келтирганларнинг иймон келтирганларга нисбатан одамларнинг ашаддий адоватлиси эканини топасан. Улардан иймон келтирганларга дўстликка яқинроғи, биз насоролармиз, деганлар эканини топасан. Бу, уларнинг ичида диний олимлар ва роҳиблар бўлганидан ва уларнинг такаббурлик қилмасликларидандир.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan zotlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik boʻlgan kimsalar ekanini koʻrasiz. Iymon keltirgan zotlarga eng yaqin doʻst boʻlguvchilar esa: «Biz nasroniylarmiz», degan kishilar ekanini koʻrasiz. Bunga sabab ularning orasida olimlar va rohiblar bor ekanligi va ularning kibr-havo qilmasliklaridir.Иймон келтирган зотларга энг қаттиқ адоват қилгувчи одамлар яҳудийлар ва мушрик бўлган кимсалар эканини кўрасиз. Иймон келтирган зотларга энг яқин дўст бўлгувчилар эса: «Биз насронийлармиз», деган кишилар эканини кўрасиз. Бунга сабаб уларнинг орасида олимлар ва роҳиблар бор эканлиги ва уларнинг кибр-ҳаво қилмасликларидир.

121-sahifa · 7-juz · 13-hizb121-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَتَجِدَنَّalbatta topasanалбатта топасанأَشَدَّashaddiysiашаддийсиٱلنَّاسِodamlarningодамларнингعَدَٰوَةًۭadovatdaадоватдаلِّلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱلْيَهُودَyahudiylarniяҳудийларниوَٱلَّذِينَva kimsalarniва кимсаларниأَشْرَكُوا۟ ۖshirk keltirganширк келтирганوَلَتَجِدَنَّva albatta topasanва албатта топасанأَقْرَبَهُمularning yaqinrogʻiniуларнинг яқинроғиниمَّوَدَّةًۭdoʻstlikkaдўстликкаلِّلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиقَالُوٓا۟dedilarдедиларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизنَصَـٰرَىٰ ۚnasorolarmizнасоролармизذَٰلِكَbuбуبِأَنَّchunkiчункиمِنْهُمْularning ichidaуларнинг ичидаقِسِّيسِينَdiniy olimlarдиний олимларوَرُهْبَانًۭاva rohiblar (bor)ва роҳиблар (бор)وَأَنَّهُمْva ularва уларلَاemasэмасيَسْتَكْبِرُونَtakabburlik qiladilarтакаббурлик қиладилар
TafsirТафсир

Bu uch toifa musulmonlarga munosabatda ikkiga boʻlinadi. Birinchisi–musulmonlarga nisbatan ashaddiy adovatli toifa boʻlib, ular yahudiy va mushriklardan iboratdir. Ikkinchi toifa–musulmonlarga nisbatan, boshqa kofirlarga qaraganda, doʻstlikka yaqinroq toifa boʻlib, ular nasorolardan iboratdir.

Oyatdagi xitob Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yoki har bir muxotabga boʻlishi mumkin. Musulmonlarga nisbatan ashaddiy adovatli guruhning boshida yahudiylar turibdi. Ulardan keyin mushriklar kelmoqda. Tarix ushbu qurʼoniy haqiqat moʻʼjiza ekaniga koʻp bor shohid boʻldi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam paytlarida Islomga qarshi turgan toifa yahudiylar boʻldi. Mushriklarni Islomga qarshi urushga gij-gijlaganlar ham ular edi. Shuningdek, mushriklar ham Islomga qarshi oʻzlaridagi barcha imkoniyatlarni ishga soldilar. Keyinchalik ham yahudiylar dushmanliklarini yana ham ashaddiyroq shaklda davom ettirdilar va ettirmoqdalar. Uzun tarix sahifalarini varaqlar ekansiz, Islom diniga, musulmonlarga qarshi boʻlgan hamma dushmanliklarda yahudiylarning qoʻli borligini koʻrasiz. Yahudiylar bunday dushmanlik ishlarda mushriklarga ham ustozlik qiladilar. Ulamolar, yahudiy va mushriklarning musulmonlarga qarshi ashaddiy adovatda bir jabhada boʻlishlarining sababi ularni birlashtiruvchi baʼzi bir sifatlar borligidir, deyishadi. Bunday sifatlarga: kibru havo, oʻzini yuqori tutish, oʻz qavmi yoki jinsiga mutaassib boʻlish, moddiy hayotga qiziqish, shafqatsizlik kabi sifatlar kiradi.

Shu bilan birga, oyatda moʻminlarga doʻstlikka yaqinroq toifa ham borligi aytilmoqda:

«Ulardan iymon keltirganlarga doʻstlikka yaqinrogʻi, biz nasorolarmiz, deganlar ekanini topasan».

Yahudiy va mushriklarning moʻminlarga ashaddiy adovatli boʻlishlari sababi oyatda aytilmagan edi. Shuning uchun ham, ularga nisbatan umumiy hukm chiqdi. Ammo nasorolarning moʻminlarga nisbatan doʻstlikka yaqinroq bir oʻrin olishlarining sababi ularda bir necha shartning borligidirki, oyatda ushbu shartlar sanab oʻtiladi:

«Bu, ularning ichida diniy olimlar va rohiblar boʻlganidan va ularning takabburlik qilmasliklaridandir».

Nasorolar ichida diniy olimlari bor, ular masihiy dini taʼlimotlarini kishilarga tushuntiradilar. Bu taʼlimotlarda kishilarga yomonlik qilmaslik uqtiriladi, oʻng betiga tarsaki yesa, chap betini tutib berish targʻib etiladi. Shuningdek, nasorolar ichida rohiblar bor. Ular tarki dunyo qilganlar boʻlib, masihiy jamoalar ichida taʼsirlari kuchlidir. Shu bilan birga, ular mutakabbir ham emaslar.

Keyingi oyatlarda nasorolardan moʻminlarga doʻstlikka yaqinroq boʻladiganlarining vasflari davom etadi: