QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят81

وَلَوْ كَانُوا۟ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلنَّبِىِّ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا ٱتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَآءَ وَلَـٰكِنَّ كَثِيرًا مِّنْهُمْ فَـٰسِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Allohga, Payg`ambarga va unga nozil qilingan narsaga iymon keltirganlarida edi, ularni valiy — do`st tutmas edilar. Lekin ulardan ko`plari fosiqlardir.Агар Аллоҳга, Пайғамбарга ва унга нозил қилинган нарсага иймон келтирганларида эди, уларни валий — дўст тутмас эдилар. Лекин улардан кўплари фосиқлардир.Alauddin Mansour: Agar Allohga, paygʻambarga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni — kofirlarni doʻst tutmagan boʻlur edilar. Lekin ulardan koʻplari itoatsiz kimsalardir.Агар Аллоҳга, пайғамбарга ва унга нозил қилинган китобга иймон келтирганларида эди, уларни — кофирларни дўст тутмаган бўлур эдилар. Лекин улардан кўплари итоатсиз кимсалардир.

121-sahifa · 6-juz · 12-hizb121-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарكَانُوا۟boʻlganlarida ediбўлганларида эдиيُؤْمِنُونَiymon keltirganиймон келтирганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلنَّبِىِّva Paygʻambargaва Пайғамбаргаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْهِungaунгаمَاemasэмасٱتَّخَذُوهُمْularni tutgan boʻlar edilarуларни тутган бўлар эдиларأَوْلِيَآءَvaliy-doʻstвалий-дўстوَلَـٰكِنَّlekinлекинكَثِيرًۭاkoʻplariкўплариمِّنْهُمْulardanуларданفَـٰسِقُونَfosiqlardirфосиқлардир
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha yahudiylar Alloh taologa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va Qurʼonga iymonlari boʻlganda edi, kofirlarni doʻst tutmas edilar. Ushbu oyatda ular Allohga ham iymonlari yoʻqlikda ayblanmoqdalar. Yahudiy va boshqa ahli kitoblarning, biz moʻminmiz, degan daʼvolari shu bilan puchga chiqadi. Ularning koʻplari fosiq ekanliklari ham tasdiqlanmoqda. Fosiqlik esa, din koʻrsatgan chegaradan chetga chiqishdir.

Qurʼoni Karim yangi jamiyat–Islomiy jamiyat qurish, bu jamiyatni turli buzuq aqiyda va urf-odatlardan, botil faoliyatlardan poklash maqsadida tarbiyalab keldi. Ushbu suraning avvalida shu maʼnodagi koʻplab oyatlarni koʻrdik. Endi esa, ushbu surada zikri kelgan noislomiy, johiliy va togʻutga ibodat qiluvchi uch toifaning–yahudiylar, mushriklar va nasorolarning moʻmin-musulmonlarga nisbatan qanaqa munosabatda boʻlishlarini bayon qiladi: