تَرَىٰ كَثِيرًا مِّنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَن سَخِطَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِى ٱلْعَذَابِ هُمْ خَـٰلِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan ko`plarining kufr keltirganlarni valiy — do`st tutganini ko`rasan. Ularga nafslari taqdim qilgan narsa qanday ham yomon bo`ldi. Alloh ularga g`azab qildi. Va ular azobda boqiy qoluvchilardir.Улардан кўпларининг куфр келтирганларни валий — дўст тутганини кўрасан. Уларга нафслари тақдим қилган нарса қандай ҳам ёмон бўлди. Аллоҳ уларга ғазаб қилди. Ва улар азобда боқий қолувчилардир.Alauddin Mansour: Ulardan koʻplari kofir boʻlgan kimsalarni doʻst tutganlarini koʻrasiz. Ularga nafsi havolari naqadar yomon narsani — Allohning gʻazabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qolguvchidirlar.Улардан кўплари кофир бўлган кимсаларни дўст тутганларини кўрасиз. Уларга нафси ҳаволари нақадар ёмон нарсани — Аллоҳнинг ғазабини келтирди. Энди улар абадий азобда қолгувчидирлар.
Yahudiylar doimo musulmonlarga qarshi kofirlar bilan til biriktirib, oʻzaro hamkorlik qilib kelganlar. Paygʻambarimiz alayhissalom vaqtlarida mushriklarni afzal koʻrib, musulmonlarga qarshi til biriktirgan boʻlsalar, hozirgacha turli kofirlar bilan til biriktirib, Islomga qarshi boʻlib kelmoqdalar.