QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят79

كَانُوا۟ لَا يَتَنَاهَوْنَ عَن مُّنكَرٍ فَعَلُوهُ ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, qilingan yomon ishdan bir-birlarini qaytarmas edilar. Bu qilmishlari qanday ham yomon bo`ldi!Улар, қилинган ёмон ишдан бир-бирларини қайтармас эдилар. Бу қилмишлари қандай ҳам ёмон бўлди!Alauddin Mansour: Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish!Улар бир-бирларини қилган нолойиқ ишларидан қайтармас эдилар. Бу қилмишлари нақадар ёмон иш!

121-sahifa · 6-juz · 12-hizb121-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَانُوا۟edilarэдиларلَاemasэмасيَتَنَاهَوْنَbir-birlarini qaytararбир-бирларини қайтарарعَن-dan-данمُّنكَرٍۢyomon ishёмон ишفَعَلُوهُ ۚuni qilganуни қилганلَبِئْسَqanday ham yomonқандай ҳам ёмонمَاnarsaнарсаكَانُوا۟edilarэдиларيَفْعَلُونَqilar edilarқилар эдилар
TafsirТафсир

Yahudiylarning Paygʻambarlarga isyonlari va tajovuzkorliklarining sababi ham ular yomonlikni qabul qilaveradigan boʻlib qolganliklaridadir. Yaʼni, ularda bir-birini yomon ishdan qaytarish odati yoʻqqa chiqib qolgan edi. Bunday jamiyat dunyodagi eng rasvo jamiyatga aylanadi. Har bir jamiyatda yomon odamlar boʻladi. Yomonlik ham boʻladi. Ammo yaxshi jamiyat oʻz ichida yomonlik tarqashiga yoʻl qoʻymaydi. Yomonlarning yoʻlini toʻsadi. Qoʻlini bogʻlaydi. Bunday qilmagan jamiyat esa, borib-borib halokatga uchraydi. Bani Isroil xuddi shunday boʻlgan. Bu haqiqat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham tasdiqlangan.

Imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bani Isroil maʼsiyatlar qilganida, ulamolari ularni qaytardilar, ammo ular qaytmadilar. Soʻngra, ular majlislarda birga oʻtirishaverdi, birga yeb-ichishaverdi. Alloh ularni bir-birlariga qoʻshib yubordi va Dovud hamda Iyso ibn Maryam tilida laʼnatladi (Bu esa, isyon qilganlari va tajovuzkor boʻlganlari uchun boʻldi)», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yonboshlagan holda edilar, turib oʻtirdilar va: «Mening nafsim qudrat qoʻlida boʻlgan Allohga qasamki, to ularni haq ila yaxshilib oʻrab olguningizcha», dedilar.

Imom Abu Dovud Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bani Isroilni nuqsonga uchratgan birinchi narsa–ulardan bir kishi boshqasini uchratganda: «Ey, falonchi, Allohdan qoʻrq, qilmishingni tashla, bu senga halol emas», der edi-yu, keyin ertasiga koʻrishsa, birga oʻtirib, birga yeb-ichib ketaverar edi. Mana shunday qilganlaridan soʻng Alloh taolo ularni bir-birlariga qoʻshib yubordi», dedilar va «Bani Isroildan kufr keltirganlari Dovud va Iyso ibn Maryam tilida laʼnatlandilar», oyatini oʻqidilar. Soʻngra: «Yoʻq! Allohga qasamki, albatta, yaxshilikka buyurasizlar va, albatta, yomonlikdan qaytarasizlar, albatta, zolimning qoʻlidan olasizlar, uni haq uchun xalqa kabi oʻrab olasizlar!»–dedilar.

Imom Muslim Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir yomon ishni koʻrsa, qoʻli bilan oʻzgartirsin. Agar unga qodir boʻlmasa, tili bilan oʻzgartirsin. Agar unga ham qodir boʻlmasa, qalbi bilan. Ammo bunisi iymonning zaifidir», deganlar.

Yaʼni, musulmon odam yomonlikni iloji boricha oʻzgartirishga harakat qilmogʻi kerak. Qoʻli va tili bilan oʻzgartirishga imkon topmasa, qalbi bilan inkor qilish kerak. Bu esa, iymoni zaifligi alomati. Endi qalbi bilan ham qilmasa, iymoni qolmagan boʻladi. Yomonlarning yomonligiga indamay qarab turaverish ularga sherik boʻlish bilan barobar. Shuning uchun, Alloh taolo yomonlik keng tarqalgan jamiyatni jazolaganda hammasini qoʻshib jazolaydi.

Imom Ahmad ibn Hanbal Adiy ibn Umayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar oʻz oralarida yomonlikni koʻrib turib, uni inkor qilishga qodir boʻlib turib, inkor qilmay yurmagunlaricha Alloh ozning amaliga koʻpchilikni azoblamaydi. Agar shunday qilsalar, Alloh xosni ham, omni ham qoʻshib azoblaydi», deganlar.

Bugungi musulmonlarning ushbu qoidani esdan chiqarib qoʻyganlari boshlariga tushayotgan musiybatlarga sabab boʻlayotgan boʻlsa, ajab emas.

Oʻtgan zamondagi Bani Isroilliklarni vasf qilib boʻlgandan soʻng, hozirgilarning vasfi keladi: