QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят78

لُعِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ لِسَانِ دَاوُۥدَ وَعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا۟ وَّكَانُوا۟ يَعْتَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bani Isroildan kufr keltirganlari Dovud va Iyso ibn Maryam tilida la'natlandilar. Bu esa, isyon qilganlari va tajovuzkor bo`lganlari uchun bo`ldi.Бани Исроилдан куфр келтирганлари Довуд ва Ийсо ибн Марям тилида лаънатландилар. Бу эса, исён қилганлари ва тажовузкор бўлганлари учун бўлди.Alauddin Mansour: Bani Isroil orasidan kofir boʻlgan kimsalar Dovud va Iyso binni Maryam tilida laʼnatlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor boʻlganlaridir.Бани Исроил орасидан кофир бўлган кимсалар Довуд ва Ийсо бинни Марям тилида лаънатлангандирлар. Бунга сабаб уларнинг қилган исёнлари ва тажовузкор бўлганларидир.

121-sahifa · 6-juz · 12-hizb121-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لُعِنَlaʼnatlandilarлаънатландиларٱلَّذِينَoʻsha kimsalarўша кимсаларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганمِنۢ-dan-данبَنِىٓBaniБаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилعَلَىٰ-da-даلِسَانِtiliтилиدَاوُۥدَDovudningДовуднингوَعِيسَىva Iysoва Ийсоٱبْنِibnибнمَرْيَمَ ۚMaryamМарямذَٰلِكَbu esaбу эсаبِمَاchunkiчункиعَصَوا۟isyon qildilarисён қилдиларوَّكَانُوا۟va boʻldilarва бўлдиларيَعْتَدُونَtajovuzkorlik qilar edilarтажовузкорлик қилар эдилар
TafsirТафсир

Bani Isroil uzoq tarixi davomida doimo oʻzlariga hidoyat uchun yuborilgan Paygʻambarlarga isyon qilgani, ularga qarshi chiqib kelgani avval oʻtgan oyatlarda va ularning tafsirida aytib oʻtildi. Endi esa, oʻsha Paygʻambarlardan ikki buyugi–Dovud va Iyso alay- hissalom misol tariqasida zikr qilinmoqdalar. Ikkovlari ham Bani Isroilni isyoni va tajovuzkorligi uchun laʼnatlagan edilar. Aslida, hidoyatga boshlash uchun, Alloh tomonidan rahmat boʻlib kelgan Paygʻambar boʻlar-boʻlmas ishga bir qavmni laʼnatlayvermaydi. Juda ham oʻtib ketganidan, chidab boʻlmaydigan holga yetganligidangina qilishi mumkin bu ishni. Shuning oʻzi ham Bani Isroilning kim ekanligini koʻrsatib turibdi.

Shu bilan birga, Bani Isroilning boshqa ayblari ham bor edi: