QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят77

قُلْ يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ لَا تَغْلُوا۟ فِى دِينِكُمْ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوٓا۟ أَهْوَآءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا۟ مِن قَبْلُ وَأَضَلُّوا۟ كَثِيرًا وَضَلُّوا۟ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang. Va oldin o`zlari adashib va ko`pchilikni adashtirib, to`g`ri yo`ldan umuman chiqqanlarning havoyi nafslariga ergashmang», deb ayt.Сен: «Эй, аҳли китоблар! Динингизда ҳаддан ошиб, ноҳақлик қилманг. Ва олдин ўзлари адашиб ва кўпчиликни адаштириб, тўғри йўлдан умуман чиққанларнинг ҳавойи нафсларига эргашманг», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Ey ahli kitob, diningizda nohaq tajovuz qilmang va (Islom kelishidan) ilgari yoʻldan ozgan va koʻplarni yoʻldan ozdirgan hamda Toʻgʻri Yoʻldan chiqib ketgan qavmning nafsi havolariga ergashmang!Айтинг: «Эй аҳли китоб, динингизда ноҳақ тажовуз қилманг ва (Ислом келишидан) илгари йўлдан озган ва кўпларни йўлдан оздирган ҳамда Тўғри Йўлдан чиқиб кетган қавмнинг нафси ҳаволарига эргашманг!

120-sahifa · 6-juz · 12-hizb120-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтيَـٰٓأَهْلَey ahliэй аҳлиٱلْكِتَـٰبِkitoblar!китоблар!لَاemasэмасتَغْلُوا۟haddan oshmangҳаддан ошмангفِى-da-даدِينِكُمْdiningizдинингизغَيْرَboshqa (nohaq holda)бошқа (ноҳақ ҳолда)ٱلْحَقِّhaqdanҳақданوَلَاva emasва эмасتَتَّبِعُوٓا۟ergashmangэргашмангأَهْوَآءَhavoi nafslarigaҳавои нафсларигаقَوْمٍۢbir qavmningбир қавмнингقَدْbatahqiqбатаҳқиқضَلُّوا۟adashganlarадашганларمِن-dan-данقَبْلُoldinолдинوَأَضَلُّوا۟va adashtirdilarва адаштирдиларكَثِيرًۭاkoʻpchilikniкўпчиликниوَضَلُّوا۟va adashdilarва адашдиларعَن-dan-данسَوَآءِtoʻgʻriтўғриٱلسَّبِيلِyoʻldanйўлдан
TafsirТафсир

Bu xitob aynan ushbu oyatlar tushayotgan paytdagi va undan keyingi davrlardagi ahli kitoblarga qaratilgandir. Ushbu oyatda ular avval oʻtgan ajdodlariga, ularning havoi nafslariga ergashmaslikka daʼvat qilinmoqda. Ular, oʻzlari adashib, boshqalarni ham adashtirib, oqibatda toʻgʻri yoʻldan butunlay chiqib ketgan edilar.

Dinda haddan oshishlik arabchada «gʻuluv» deyiladi. Gʻuluv–aslida, dinda boʻlmagan narsalarni oʻzini yana ham dindorroq, taqvodorroq koʻrsatish maqsadida dinga kiritishdir.

Misol uchun, nasorolarning Iyso alayhissalomni ulugʻlashda gʻuluvga ketishlari–haddan oshishlari u kishi keltirgan sof aqiydaning tamoman buzilib ketishiga sabab boʻlgan. Bunga oʻxshash ishlar juda ham koʻp. Shuning uchun ham, ahli kitoblarni dinlarida haddan oshib, nohaqlik qilmaslikka daʼvat etishni Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga topshirmoqda. Bu amr, yaʼni, dinda gʻuluvga ketmaslik–haddan oshmaslik amri musulmonlarga ham tegishlidir.

Kelasi oyatlarda yana Bani Isroilning oʻziga kelgan Paygʻambarlar, xususan, Dovud va Iyso alayhissalomlar bilan boʻlgan mojarolar va boshqa sifatlar bayon etiladi: