QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят76

قُلْ أَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا ۚ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohni qo`yib, sizga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilasizlarmi?! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir», deb ayt.Сен: «Аллоҳни қўйиб, сизга зарар ҳам, фойда ҳам бера олмайдиган нарсага ибодат қиласизларми?! Аллоҳ эшитувчи ва билувчи Зотдир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Allohni qoʻyib, sizlar zarar ham, foyda ham berishga ega boʻlmagan narsalarga ibodat qilasizmi? Alloh eshitguvchi, bilguvchidir».Айтинг: «Аллоҳни қўйиб, сизлар зарар ҳам, фойда ҳам беришга эга бўлмаган нарсаларга ибодат қиласизми? Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир».

120-sahifa · 6-juz · 12-hizb120-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтأَتَعْبُدُونَibodat qilasizlarmiибодат қиласизлармиمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳمَاnarsagaнарсагаلَاemasэмасيَمْلِكُbera olarбера оларلَكُمْsizgaсизгаضَرًّۭاzararзарарوَلَاva emasва эмасنَفْعًۭا ۚfoydaфойдаوَٱللَّهُva Allohва АллоҳهُوَUУٱلسَّمِيعُeshituvchiэшитувчиٱلْعَلِيمُbiluvchiбилувчи
TafsirТафсир

Bu dunyoda ham, u dunyoda ham bandalarga Allohdan oʻzga foyda yoki zarar beradigan zot yoʻq. Demak, xoh insonga, xoh hayvonga yoki boshqa narsalarga ibodat qiladiganlar foyda ham, zarar ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilgan boʻladi. Haqiqiy foyda va zarar beruvchi zot Allohdir, Uni qoʻyib, foyda ham, zarar ham bera olmaydigan narsaga, jumladan, Masih ibn Maryam va uning onasiga ibodat qilish mutlaqo notoʻgʻri ishdir. Kim shunday ish qilsa, albatta, eʼtiborsiz qolmaydi.

«Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir».

Soʻngra, kelasi oyatda ahli kitoblarga qoʻshma xitob qilinadi. Paygʻambarimizga buyruq oʻlaroq kelgan bu xitobda quyidagilar aytiladi: