QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят75

مَّا ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ ٱلرُّسُلُ وَأُمُّهُۥ صِدِّيقَةٌ ۖ كَانَا يَأْكُلَانِ ٱلطَّعَامَ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ ٱلْـَٔايَـٰتِ ثُمَّ ٱنظُرْ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Masiyh ibn Maryam bir Payg`ambar, xolos. Undan oldin ham Payg`ambarlar o`tgan. Uning onasi esa, siddiqadir. Ikkovlari ham taom yer edilar. Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol.Масийҳ ибн Марям бир Пайғамбар, холос. Ундан олдин ҳам Пайғамбарлар ўтган. Унинг онаси эса, сиддиқадир. Икковлари ҳам таом ер эдилар. Биз уларга оятларни қандай баён қилаётганимизга назар сол-у, кейин уларнинг қандай бурилиб кетаётганларига назар сол.Alauddin Mansour: Masih binni Maryam faqat bir paygʻambar boʻlib, undan ilgari ham koʻp paygʻambarlar oʻtgandir. Uning onasi esa siddiqa — Allohga haqqi-rost iymon keltirgan ayoldir. Ikkalalari ham taom Yer edilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), oyat-hujjatlarni ularga qanday bayon qilishimizni koʻring, soʻng ularni qanday boʻhton tomonga ogʻayotganlarni koʻring!Масиҳ бинни Марям фақат бир пайғамбар бўлиб, ундан илгари ҳам кўп пайғамбарлар ўтгандир. Унинг онаси эса сиддиқа — Аллоҳга ҳаққи-рост иймон келтирган аёлдир. Иккалалари ҳам таом Ер эдилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), оят-ҳужжатларни уларга қандай баён қилишимизни кўринг, сўнг уларни қандай бўҳтон томонга оғаётганларни кўринг!

120-sahifa · 6-juz · 12-hizb120-саҳифа · 6-жуз · 12-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّاemasэмасٱلْمَسِيحُMasihМасиҳٱبْنُibnибнمَرْيَمَMaryamМарямإِلَّاmagarмагарرَسُولٌۭbir Paygʻambarбир Пайғамбарقَدْbatahqiqбатаҳқиқخَلَتْoʻtganўтганمِن-dan-данقَبْلِهِundan oldinундан олдинٱلرُّسُلُPaygʻambarlarПайғамбарларوَأُمُّهُۥva uning onasiва унинг онасиصِدِّيقَةٌۭ ۖsiddiqadirсиддиқадирكَانَاikkovlari edilarикковлари эдиларيَأْكُلَانِyer edilarер эдиларٱلطَّعَامَ ۗtaomniтаомниٱنظُرْnazar solназар солكَيْفَqandayқандайنُبَيِّنُbayon qilayotganimizgaбаён қилаётганимизгаلَهُمُulargaуларгаٱلْـَٔايَـٰتِoyatlarniоятларниثُمَّsoʻngraсўнграٱنظُرْnazar solназар солأَنَّىٰqandayқандайيُؤْفَكُونَburilib ketayotganlarigaбурилиб кетаётганларига
TafsirТафсир

Masih ibn Maryam kabilar yoʻq emas. Unga oʻxshashlar dunyoda koʻplab oʻtgan. Shuning uchun, oddiy odamlardan Paygʻambarlik xususiyatlari ila bir oz ajralib turishi, unga ergashganlarni u haqida turli boʻlmagʻur aqiydalarni qilishga, hatto uni «xudo» deb daʼvo qilishga olib bormasligi kerak.

«Masih ibn Maryam bir Paygʻambar, xolos. Undan oldin ham Paygʻambarlar oʻtgan».

Masih ibn Maryamdan oldin oʻtgan koʻplab Paygʻambarlarda ham Paygʻambarlik xislatlari, moʻʼjizalari va sifatlari boʻlgan. Lekin ularni hech kim «Xudo» deb daʼvo qilmagan. Chunki, haqiqat oʻzi–shu. Shuning uchun, Masih ibn Maryamni ham Allohning Paygʻambari deb bilish zarur.

«Uning onasi esa, siddiqadir».

Bibi Maryam binti Imron Allohning aytganlarini, amru farmonini tasdiqlovchi–siddiqadir. Sodiq, pok bir bandadir. Bu kishini ham «ona Xudo» deb eʼtiqod qilib boʻlmaydi. Demak, Masih ibn Maryamni ham, uning onasi Maryam siddiqani ham «xudo» deb eʼtiqod qilish xatodir. Birgina dalilning oʻzi ularning aslida kimliklarini koʻrsatadi.

«Ikkovlari ham taom yer edilar».

Bu oddiy haqiqat. Bu haqiqatni eng ashaddiy nasorolar ham inkor eta olmaydi. Maryam kichikligidan, ota-onasidan tugʻilganidan boshlab odamlar ichida oʻsdi. Yeb-ichdi. Buni hamma koʻrdi. Bu hol u kishi bu dunyodan oʻtgunga qadar davom etdi. Shuningdek, Masih ibn Maryam ham onasidan tugʻilgandan boshlab koʻpchilikning ichida boʻldi. Doimo taom tanovul qildi. Uni Alloh taolo oʻziga koʻtargungacha shunday davom etdi. Buni ham hamma koʻrdi. Endi oʻylab koʻrsinlar. Boshqa narsalarni bir yoqqa qoʻyaylik-da, ushbu oyatda kelgan eng oddiy dalilni–taomni olaylik. Taomga hojati tushuvchi odam Xudo boʻla oladimi?! Ovqat yemasa, qorni ochib, zaiflashadigan kishi Alloh boʻlishi mumkinmi?! Hojatmandlik bandaga xos sifat. Shuningdek, taomga hojati tushishlik, ovqat yemasa, qorni ochishlik, suv ichmasa, chanqashlik bandaga xos sifat. Binobarin, hayotlari davomida taom yeb oʻtgan Masih ibn Maryam va u kishining onalari Maryam siddiqalar ham Alloh emas, Allohning bandalaridirlar.

Bu juda ham oddiy mantiq. Hech qanday oʻylab oʻtirishning hojati yoʻq. Ammo:

«Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar solu, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol».

Juda ham ajablanarli hol.

Keyingi oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinib, nasorolarning aqiydalari buzuqligiga yana bir hujjat keltiriladi: