QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят88

وَكُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَـٰلًا طَيِّبًا ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Alloh sizga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar. O`zingiz ishongan Allohga taqvo qiling.Ва Аллоҳ сизга ризқ қилиб берган ҳалол-пок нарсалардан енглар. Ўзингиз ишонган Аллоҳга тақво қилинг.Alauddin Mansour: Alloh sizlarga rizq qilib bergan halol, pok narsalardan yenglar va oʻzlaringiz iymon keltirgan Allohdan qoʻrqinglar!Аллоҳ сизларга ризқ қилиб берган ҳалол, пок нарсалардан енглар ва ўзларингиз иймон келтирган Аллоҳдан қўрқинглар!

122-sahifa · 7-juz · 13-hizb122-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكُلُوا۟va yenglarва енгларمِمَّاnarsalardanнарсаларданرَزَقَكُمُsizga rizq qilib berganсизга ризқ қилиб берганٱللَّهُAllohАллоҳحَلَـٰلًۭاhalolҳалолطَيِّبًۭا ۚpokпокوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаٱلَّذِىٓshunday Zotkiшундай ЗоткиأَنتُمsizсизبِهِۦUngaУнгаمُؤْمِنُونَishonguvchisizишонгувчисиз
TafsirТафсир

Avval oʻtgan oyatlarda va ularning tafsirida Alloh halol qilgan narsa pok va foydali boʻlishi aytilgan edi. Bu yerda oʻsha pokiza va halol narsalarni harom deb, hukm chiqarish mumkin emasligi taʼkidlanmoqda. Chunki, hukm chiqarish, jumladan, nima halolu nima haromligining hukmini chiqarish ham Alloh taoloning Oʻzigagina xosdir. Alloh halol degan narsani kim harom desa yoki Alloh harom qilgan narsani kim halol desa, kofir boʻladi. Unday odam Allohning ilohlik sifatiga–shariat hukmlarini chiqarish sifatiga sherik boʻlishga uringan boʻladi. Shuningdek, bir kishi oʻzi uchun ham bunday hukmni chiqarib, qandaydir dindorlik sifatini ziyoda qilishga urinish, deb oʻylashi ham notoʻgʻridir. Bunday ish dindagi gʻuluv–haddan oshish hisoblanadi. Ushbu oyatning nozil boʻlish sababi buni taʼkidlaydi.

Imom ibn Jarir Tobariy quyidagilarni rivoyat qiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni oʻtirib odamlarga vaʼz-nasihat qildilar, ammo ortiqcha qoʻrqitmadilar. Soʻngra turib ketdilar. Shunda u kishining sahobalaridan baʼzilari: «Agar yangi bir ish qilmasak, nima degan odam boʻlamiz. Nasorolar oʻzlariga bir qancha narsalarni harom qilishgan, biz ham harom qilaylik», deyishdi. Baʼzilari oʻziga goʻsht yeyishni harom qildi, baʼzilari sonning yuqori qismini yemoqni harom qildi. Boshqalari kunduzi ovqat yemoqni, yana boshqalari ayollarni oʻzlariga harom qildi. Bu gap Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yetib borganda: «Ayollarni, taomni va uyquni oʻziga harom qilganlarga nima boʻldi?! Ogoh boʻlinglar, men uxlayman ham, bedor ham boʻlaman, roʻza ham tutaman, ogʻzim ochiq ham boʻladi. Ayollarni nikohimga ham olaman. Kim mendan oʻzini tortsa, u mendan emas», dedilar. Shunda Alloh:

«Ey, iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmangiz. Haddingizdan oshmang», oyatini nozil qildi.

Alloh taolo Oʻzi belgilab berganidan kam ishni qilish nuqson va gunoh boʻlganidek, Uning belgilab berganidan ortiqcha qilishga urinish ham tajovuzkorlik va gunoh hisoblanadi.

Shu qoidaga koʻra, Alloh taolo halol qilib qoʻygan narsani oʻziga harom qilib, oʻzini oʻsha narsadan tiyish bilan goʻyo Allohga qurbat hosil qilishga urinish ham gunohdir. Chunki, halol va harom qilishlikning yagona sohibi Alloh taolodir, boshqa emas.

Imom Buxoriy va imom Muslimlar Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi. Uch kishidan iborat bir guruh Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning jufti halollarining uylariga u zoti sharifning ibodatlari haqida soʻrab keldilar. Bu haqda xabar berilganda, ularga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ibodatlari oz koʻrindi va «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qayoqdalar-u, biz qayoqdamiz, u kishining oldingiyu keyingi gunohlari magʻfirat qilingan», dedilar.

Bittalari:

«Men doimo kechasi bilan namoz oʻqib chiqaman, endi», dedi.

Ikkinichisi:

«Men doimo roʻza tutaman, ogʻzim ochiq yurmayman», dedi.

Uchinchisi esa:

«Men ayollardan chetda boʻlaman, hech uylanmayman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldiga kelib:

«Sizlar shu-shu gaplarni aytdingizmi? Ammo, Allohga qasamki, ichingizda Allohdan eng koʻp qoʻrquvchingiz menman va unga eng koʻp taqvo qiluvchingiz ham menman. Lekin men roʻza ham tutaman, ogʻzim ochiq ham yuraman. Namoz ham oʻqiyman, uxlayman ham, ayollarga uylanaman ham. Kim sunnatimdan oʻzini tortsa, mendan emas», dedilar.

Shu bilan Alloh halol qilgan narsalarni oʻziga harom qilib ont ichish yoki vazifa qilib olish bekor qilindi. Hamda hech kimning Alloh halol qilgan narsalarni harom qilishga haqqi yoʻqligi taʼkidlandi.

Hazrati Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Pok taomlar, kiyimlar va nikohlarni oʻziga harom qilganlar bu haqda qasam ichgan edilar. «Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang» oyati nozil boʻlgandan soʻng, ichgan qasamimiz nima boʻladi, deb qolishdi. Shunda Alloh quyidagi oyatni nozil qildi: