QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят89

لَا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغْوِ فِىٓ أَيْمَـٰنِكُمْ وَلَـٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا عَقَّدتُّمُ ٱلْأَيْمَـٰنَ ۖ فَكَفَّـٰرَتُهُۥٓ إِطْعَامُ عَشَرَةِ مَسَـٰكِينَ مِنْ أَوْسَطِ مَا تُطْعِمُونَ أَهْلِيكُمْ أَوْ كِسْوَتُهُمْ أَوْ تَحْرِيرُ رَقَبَةٍ ۖ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَـٰثَةِ أَيَّامٍ ۚ ذَٰلِكَ كَفَّـٰرَةُ أَيْمَـٰنِكُمْ إِذَا حَلَفْتُمْ ۚ وَٱحْفَظُوٓا۟ أَيْمَـٰنَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَـٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir. Bas, uning kafforoti o`z ahlingizni o`rtacha taomlantirish miqdorida o`nta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun ro`za tutsin. Ana o`sha, agar qasam ichgan bo`lsangiz, qasamingizning kafforotidir. Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh sizga shunday qilib O`z oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz.Аллоҳ сизларни беҳуда қасамларингиз учун тутмас. Лекин қасд ила туккан қасамларингиз учун тутадир. Бас, унинг каффороти ўз аҳлингизни ўртача таомлантириш миқдорида ўнта мискинга таом ёки кийим бериш ёхуд бир қул озод қилишдир. Ким топа олмаса, бас, уч кун рўза тутсин. Ана ўша, агар қасам ичган бўлсангиз, қасамингизнинг каффоротидир. Қасамларингизни муҳофаза қилинг. Аллоҳ сизга шундай қилиб Ўз оятларини баён этади. Шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki (dillaringizdagi) mahkam tuggan qasam sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi. Bas, uning kafforati oʻz oilangizni boqadigan oʻrtacha taomlardan oʻnta miskinga taom berish yoki ularning sarposini qilish, yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kim (bu narsalarni) topa olmasa, uch kun roʻza tutsin! Mana shu — qasam ichgan (va uni buzgan) paytingizdagi qasamlaringiz kafforatidir. Qasamlaringizni (buzishdan) saqlaningiz. Shukr qilishingiz uchun Alloh sizlarga Oʻz oyatlarini mana shunday ochiq-oydin bayon qilur.Аллоҳ сизларни тилларингиздаги беҳуда қасамларингиз сабабли жазоламайди. Балки (дилларингиздаги) маҳкам тугган қасам сабабли (агар шундай қасамни бузсангиз) жазолайди. Бас, унинг каффорати ўз оилангизни боқадиган ўртача таомлардан ўнта мискинга таом бериш ёки уларнинг сарпосини қилиш, ёхуд бир қулни озод қилишдир. Ким (бу нарсаларни) топа олмаса, уч кун рўза тутсин! Мана шу — қасам ичган (ва уни бузган) пайтингиздаги қасамларингиз каффоратидир. Қасамларингизни (бузишдан) сақланингиз. Шукр қилишингиз учун Аллоҳ сизларга Ўз оятларини мана шундай очиқ-ойдин баён қилур.

122-sahifa · 7-juz · 13-hizb122-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاemasэмасيُؤَاخِذُكُمُsizlarni tutadiсизларни тутадиٱللَّهُAllohАллоҳبِٱللَّغْوِbexuda (qasam) uchunбехуда (қасам) учунفِىٓ-dagi-дагиأَيْمَـٰنِكُمْqasamlaringizқасамларингизوَلَـٰكِنlekinлекинيُؤَاخِذُكُمsizlarni tutarсизларни тутарبِمَاnarsa uchunнарса учунعَقَّدتُّمُqasd ila tukkanқасд ила тукканٱلْأَيْمَـٰنَ ۖqasamlarniқасамларниفَكَفَّـٰرَتُهُۥٓbas, uning kafforatiбас, унинг каффоратиإِطْعَامُtaomlantirishdirтаомлантиришдирعَشَرَةِoʻntaўнтаمَسَـٰكِينَmiskingaмискингаمِنْ-dan-данأَوْسَطِoʻrtachaўртачаمَاnarsaнарсаتُطْعِمُونَtaomlantiradiganтаомлантирадиганأَهْلِيكُمْoʻz ahlingizniўз аҳлингизниأَوْyokiёкиكِسْوَتُهُمْularni kiyintirishуларни кийинтиришأَوْyoxudёхудتَحْرِيرُozod qilishозод қилишرَقَبَةٍۢ ۖbir qulniбир қулниفَمَنbas, kimбас, кимلَّمْemasэмасيَجِدْtopa olsaтопа олсаفَصِيَامُbas, roʻza tutsinбас, рўза тутсинثَلَـٰثَةِuchучأَيَّامٍۢ ۚkunкунذَٰلِكَana oʻshaана ўшаكَفَّـٰرَةُkafforatidirкаффоратидирأَيْمَـٰنِكُمْqasamlaringizningқасамларингизнингإِذَاagarагарحَلَفْتُمْ ۚqasam ichgan boʻlsangizқасам ичган бўлсангизوَٱحْفَظُوٓا۟va muhofaza qilingва муҳофаза қилингأَيْمَـٰنَكُمْ ۚqasamlaringizniқасамларингизниكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибيُبَيِّنُbayon etadiбаён этадиٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمْsizgaсизгаءَايَـٰتِهِۦOʻz oyatlariniЎз оятлариниلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatdan halol-harom faqat tanovul qilinadigan taom, ichiladigan sharob yoki nikohdagina emas, balki hamma narsada, hatto ogʻizdan chiqadigan, odamlar eʼtibor bermaydigan kalimalarda ham ekani tushuniladi. Demak, inson faoliyatining har bir jabhasida halol-harom bor. Har biriga alohida hukm bor. Oʻsha halol yoki haromni aniqlash va har bir ishning hukmini chiqarish faqat Alloh taoloning Oʻziga xosdir. Bu ishga undan boshqa hech kim aralasha olmaydi. Insonni yoʻqdan bor qilgan–yaratgan Alloh uning qandoq yashamogʻi lozim ekanini koʻrsatib berishga ham faqat Oʻzigina haqli. Insonga rizq bergan Alloh oʻsha rizqning qaysinisi halol va qaysinisi harom ekanligini aniqlashga ham faqat Oʻzigina haqli. Insonga aql va til bergan Alloh oʻsha aqlni ishlatib, oʻsha til bilan qanday soʻzlarni aytganini tutadi-yu, qaysinisini tutmaydi–Oʻzi hukm qiladi.

Oyati karima:

«Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas» jumlasi ila boshlanmoqda. «Behuda qasam» deganda, til oʻrganib qolgan, beixtiyor gapga qoʻshilib ketadigan qasam iboralari tushuniladi. Bu hol, ayniqsa, arablarda koʻp uchraydi. Ularda «vallohi», «billohi» deyish qasam ichishni anglatadi. Aytilishi ham oson. Soʻz orasida ishlataverib, oʻzlari ham oʻrganib qolishgan. Demak, ana shunday hollarda beixtiyor qasam lafzi ogʻzidan chiqsa, Alloh uning uchun tutmas ekan. Ayb hisoblab, jazo chorasi belgilanmas ekan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, islomiy taʼlimotlarda umuman qasam ichishga targʻib qilinmaydi. Avvalo, qasamni faqat Allohning nomi bilan ichiladi. Boshqasi mumkin emas. Allohning nomi bilan esa, hadeb qasam ichaverish yaxshi emas. Faqat shariatda koʻrsatilgan joylardagina qasam ichish zarur. Misol uchun, qozining huzurida. Boshqa vaqtlarda huda-behudaga ogʻizga qasam lafzlarini olaverish yaxshilikdan emas. Ammo bu koʻrsatmalarga amal qilmay, bekordan-bekor qasam ichib yuborsa, ushbu oyatdan bilinmoqdaki, Alloh tomonidan tayin qilingan jazo yoʻqdir. Lekin behuda qasam odobsiz, ishonchsiz kishi sifatida jamiyatda eʼtiborsiz boʻlib qolishiga sabab boʻladi.

Qasam ichishning Alloh tomonidan tutiladigani ham bor:

«Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir».

Bu jumlada qasamning mahkamligi hissiy taʼbir ila bayon qilinmoqda. Buning uchun «qasd ila» iborasining maʼnosiga «tukkan» iborasi ham bogʻlanmoqda. Xuddiki, qasam bir hissiy narsayu, uni mahkamlash uchun tugish mumkin boʻlganidek. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, tutish–ayb sanash uchun qasam qasd va mustahkam niyat ila ichilgan boʻlishi shart ekan. Ana shunday holatda qasam ichuvchi agar qasamxoʻr boʻlsa, yaʼni, qasamini oʻrinlata olmasa, shariat boʻyicha unga nisbatan jazo chorasi koʻriladi.

«Bas, uning kafforati – oʻz ahlingizni oʻrtacha taomlantirish miqdorida oʻnta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir».

Arab tilida «kafforat» soʻzi bir narsani yaxshilib, hech ham koʻrinmaydigan qilib toʻsib-berkitishga aytiladi. Shariatda esa, sodir etilgan gunohni yuvish uchun ado etiladigan moliyaviy yoki badan ibodatiga aytiladi.

Qasam ichib, unga amal qila olmay qasamxoʻr boʻlgan insonning ado etishi lozim boʻlgan kafforati, avvalo, oʻnta miskinning qornini toʻygʻazishdir. Ularni toʻygʻazishdagi oʻlchov–kafforat beruvchining oʻz ahliga–bola-chaqasiga beradigan oʻrtacha taom miqdoridir. Agar taom berishni xohlamasa, oʻnta miskinga bir sidirgʻa kiyim-bosh olib beradi. Kiyim ham oʻsha vaqtning, joyning va urfning oʻrtacha kiyimi boʻladi. Uchinchi jazo esa, bir qul ozod qilishdir.

Qasamxoʻrga kafforat uchun belgilangan ushbu jazo choralaridan Islom dinining beva-bechoralarga, kambagʻal-miskinlarga qanchalik eʼtibor bilan qaragani yaqqol koʻrinib turibdi. Shuningdek, bu mukammal va olamshumul dinning qulchilikka qarshi boʻlgani, qullarni ozod qilishga qattiq uringani ham koʻrinib turibdi. Islomda bu ishlar gunohlarni yuvadigan ibodat darajasiga koʻtarilgani eʼtiborga sazovordir. Ogʻziga kuchi yetmaydigan, oʻziga eʼtiborni qaratish va bir ishni albatta qilish yoki qilmasligini taʼkidlash maqsadida Allohning nomi ila qasam ichgan odam, aslida, Alloh taologa nisbatan katta beodoblik qilgan boʻladi. Bu ishning jazosiga boshqacharoq chora belgilash ham mumkin edi. Ammo, Alloh taolo aynan faqir-miskinlarga va qullarga mehr koʻrsatib, ularning foydasini koʻzlovchi choralarni belgilagan.

Ogʻzi boʻsh, irodasiz, bir ishga oʻzini undash uchungina qasam ichadigan shaxslarning hammasi ham oʻnta miskinni toʻygʻazadigan yoki kiyintiradigan yoxud bir qul ozod qiladigan darajada moliyaviy imkoniyatlarga ega boʻlavermaydi. Oralarida kambagʻallari ham boʻlishi mumkin:

«Kim topa olmasa, bas, uch kun roʻza tutsin».

Demak, undaylarga yengillik sifatida uch kun roʻza tutish amr etilmoqda. Ana oʻshanda oʻziga keladi. Vaʼz-nasihat oladi. Kelgusida har gapini yaxshi oʻylab gapiradigan boʻladi. Allohning nomi ila qasam ichishdan oldin oʻziga bir nazar soladigan boʻladi:

«Ana oʻsha, agar qasam ichgan boʻlsangiz, qasamingizning kafforatidir».

Yaʼni, qasam ichgan boʻlsangiz-u, lekin unga amal qila olmay qasamxoʻr boʻlib qolsangiz, yuqorida zikr etilgan jazo choralarini oʻtash bilan, qasamxoʻrlik tufayli sodir etilgan gunohlaringizning kafforatiga (berkitilishiga) erishasiz. Zotan, qasam ichib, unga amal qilgan odamga hech qanday jazo chorasi koʻrilmaydi. Shuning uchun, agar qasam ichgan boʻlsangiz:

«Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh shunday qilib sizlarga Oʻz oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz».

Alloh taologa qancha shukr qilinsa, shuncha oz. Sodir etilgan gunohning kafforatini koʻrsatib berishining oʻzi har qancha shukrga arzigulik neʼmatdir.

Alloh taolo Oʻz hukmlarini musulmon jamiyati hayotining barcha sohalariga joriy eta borib, hamma sohalarda halol nimayu harom nimaligini bayon qilib, bu ilohiy qonunlar ostida yashovchi jamiyatni turli boʻlmagʻur hukmlar va qonunlardan, urf-odatlardan, ruhiy-maʼnaviy jinoyatlardan, aqiyda buzuqligidan, zulm va jinoyatlardan hamda nohaq muomalalardan tozalab kelmoqda. Kelasi oyatlarda ham, noislomiy jamiyatlarda keng tarqalgan, koʻplab xalqlarning boshiga musiybat boʻlib yogʻilgan baʼzi bir narsalarning haromligi eʼlon qilinadi: