QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят90

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّمَا ٱلْخَمْرُ وَٱلْمَيْسِرُ وَٱلْأَنصَابُ وَٱلْأَزْلَـٰمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ ٱلشَّيْطَـٰنِ فَٱجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho`plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo`ling. Shoyadki, najot topsangiz.Эй, иймон келтирганлар! Албатта, хамр, қимор, бутлар ва (фол очадиган) чўплар ифлосдир. Шайтоннинг ишидир. Бас, ундан четда бўлинг. Шоядки, нажот топсангиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (oʻynash), butlar (yaʼni, ularga sigʻinish) va choʻplar (yaʼni, choʻplar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan boʻlgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq boʻlingiz!Эй мўминлар, ароқ (маст қиладиган ичкилик ичиш), қимор (ўйнаш), бутлар (яъни, уларга сиғиниш) ва чўплар (яъни, чўплар билан фолбинлик қилиш) шайтон амалидан бўлган ҳаром ишдир. Бас, нажот топишингиз учун уларнинг ҳар биридан узоқ бўлингиз!

122-sahifa · 7-juz · 13-hizb122-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْخَمْرُxamrхамрوَٱلْمَيْسِرُva qimorва қиморوَٱلْأَنصَابُva butlarва бутларوَٱلْأَزْلَـٰمُva (fol ochadigan) choʻplarва (фол очадиган) чўпларرِجْسٌۭiflosdirифлосдирمِّنْ-dan-данعَمَلِishiишиٱلشَّيْطَـٰنِshaytonningшайтоннингفَٱجْتَنِبُوهُbas, undan chetda boʻlingбас, ундан четда бўлингلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتُفْلِحُونَnajot topsangizнажот топсангиз
TafsirТафсир

Arab tilida «xamr»» soʻzi «toʻsish», «berkitish» maʼnolarini anglatadi. Tanovul qilgan kishining aqliga taʼsir etadigan, uning aqlini toʻsadigan, berkitadigan, boshqacha aytganda, mast qiladigan har bir narsaga «xamr» deyiladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir, har bir xamr haromdir», deyilgan. Bundan anglashiladiki, «Aroqdan boshqa narsalarni ichsa boʻlaveradimi? Ichmasa-yu, cheksa nima boʻladi?» kabi savollar, shuningdek, «aroqning oʻzi harom emas ekanu, mast qilishi harom ekan», deganga oʻxshash «sharh»lar hammasi oʻrinsiz va mantiqsiz gaplardir.

«Qimor» aslida arabcha soʻz, ammo oyatda aynan «qimor» soʻzi emas, balki uning murodifi «maysir» soʻzi keltirilgan. Bu esa, osonlik bilan mol topish maʼnosini bildiradi. Yaʼni, qimorning haqiqiy maʼnosiga dalolat qiladi.

But va fol ochadigan choʻplar haqida avvalgi oyatlar tafsirida yetarli maʼlumotlar berilgan.

Alloh taolo ushbu oyatda xamr tanovul qilish va qimor oʻynash kabi amaliy gunohlarni butga choʻqinish va folbinga ishonish kabi kufr va shirk sanalgan ulkan maʼnaviy jinoyatlarga tenglashtirmoqda. Baʼzi odamlar butga choʻqinishdan qattiq hazar qiladilar, oʻlib ketsa ham bu ishni qilishga koʻnmaydilar. Ammo aroqni ichaveradilar, qimorni oʻynayveradilar. Folbinga borish haqida ham shu fikrni aytsa boʻladi. Alloh taolo bu ishlarning barchasini qoʻshib-jamlab turib bir xil baho bermoqda.

«Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) choʻplar iflosdir. Shaytonning ishidir», demoqda.

Soʻngra iymon keltirgan bandalariga xitob qilib:

«Bas, undan chetda boʻling», demoqda.

Yaʼni, moʻmin bandalarning najot topishlariga, shoyad, ushbu ifloslikdan va shaytonning ishidan chetda turish sabab boʻlsa, demoqda.

Keyingi oyatda esa, xamr bilan qimorning ushbu suraning siyoqiga mos keladigan ravishda zararlarini ham eslatib oʻtmoqda: