QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят95

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَقْتُلُوا۟ ٱلصَّيْدَ وَأَنتُمْ حُرُمٌ ۚ وَمَن قَتَلَهُۥ مِنكُم مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآءٌ مِّثْلُ مَا قَتَلَ مِنَ ٱلنَّعَمِ يَحْكُمُ بِهِۦ ذَوَا عَدْلٍ مِّنكُمْ هَدْيًۢا بَـٰلِغَ ٱلْكَعْبَةِ أَوْ كَفَّـٰرَةٌ طَعَامُ مَسَـٰكِينَ أَوْ عَدْلُ ذَٰلِكَ صِيَامًا لِّيَذُوقَ وَبَالَ أَمْرِهِۦ ۗ عَفَا ٱللَّهُ عَمَّا سَلَفَ ۚ وَمَنْ عَادَ فَيَنتَقِمُ ٱللَّهُ مِنْهُ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ ذُو ٱنتِقَامٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni o`ldirmang. Sizdan kim uni qasdan o`ldirsa, jazosi sizdan ikki odil kishi hukmiga muvofiq chorva hayvonlaridan u(ov)ga teng keladiganini hadyi qilib Ka'baga yetkazishdir. Yoxud uning kafforoti miskinlarga taom berish yoki shu barobarida, o`z qilmishining yomon oqibatini tatib ko`rsin uchun, ro`za tutishdir. O`tganlarini Alloh afv qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Zotan, Alloh Aziyz, intiqom egasidir.Эй, иймон келтирганлар! Эҳромдалик ҳолингизда овни ўлдирманг. Сиздан ким уни қасдан ўлдирса, жазоси сиздан икки одил киши ҳукмига мувофиқ чорва ҳайвонларидан у(ов)га тенг келадиганини ҳадйи қилиб Каъбага етказишдир. Ёхуд унинг каффороти мискинларга таом бериш ёки шу баробарида, ўз қилмишининг ёмон оқибатини татиб кўрсин учун, рўза тутишдир. Ўтганларини Аллоҳ афв қилди. Ким қайтарса, Аллоҳ ундан интиқом олур. Зотан, Аллоҳ Азийз, интиқом эгасидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, ihromda boʻlgan chogʻingizda biron ovni oʻldirmang! Sizlarning orangizdan kim qasddan biron ovni oʻldirsa, (uning zimmasida) chorva mollaridan oʻldirgan ovi barobarida jazo bordirki, u Kaʼbaga yetib borguvchi hadya boʻlib, unga oʻzlaringdan ikki adolat egasi hakamlik qilur. Yoki (uning zimmasida) kafforat — (oʻsha ovning qiymati barobarida) miskinlarga taom berish yo oʻz ishining ziyonini totib koʻrishi uchun shuning (yaʼni, oʻsha qiymatning) barobarida roʻza tutish bordir. Ilgari oʻtgan narsalarni (yaʼni, ihromda boʻlgan holda qilingan ovlarni) Alloh afv etdi. Kim yana qaytib (ov) qilsa, undan Alloh intiqom olur. Alloh qudrat va intiqom Sohibidir.Эй мўминлар, иҳромда бўлган чоғингизда бирон овни ўлдирманг! Сизларнинг орангиздан ким қасддан бирон овни ўлдирса, (унинг зиммасида) чорва молларидан ўлдирган ови баробарида жазо бордирки, у Каъбага етиб боргувчи ҳадя бўлиб, унга ўзларингдан икки адолат эгаси ҳакамлик қилур. Ёки (унинг зиммасида) каффорат — (ўша овнинг қиймати баробарида) мискинларга таом бериш ё ўз ишининг зиёнини тотиб кўриши учун шунинг (яъни, ўша қийматнинг) баробарида рўза тутиш бордир. Илгари ўтган нарсаларни (яъни, иҳромда бўлган ҳолда қилинган овларни) Аллоҳ афв этди. Ким яна қайтиб (ов) қилса, ундан Аллоҳ интиқом олур. Аллоҳ қудрат ва интиқом Соҳибидир.

123-sahifa · 7-juz · 13-hizb123-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَ(oʻsha) kishilar(ўша) кишиларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتَقْتُلُوا۟oʻldiringlarўлдирингларٱلصَّيْدَovniовниوَأَنتُمْva sizlarва сизларحُرُمٌۭ ۚehromdalik holingizdaэҳромдалик ҳолингиздаوَمَنva kimва кимقَتَلَهُۥuni oʻldirsaуни ўлдирсаمِنكُمsizdanсизданمُّتَعَمِّدًۭاqasddanқасдданفَجَزَآءٌۭbas, jazosiбас, жазосиمِّثْلُteng keladiganiтенг келадиганиمَاnarsagaнарсагаقَتَلَu oʻldirganу ўлдирганمِنَ-dan-данٱلنَّعَمِchorva hayvonlariчорва ҳайвонлариيَحْكُمُhukm qiladiҳукм қиладиبِهِۦungaунгаذَوَاikki kishiикки кишиعَدْلٍۢodilодилمِّنكُمْsizdanсизданهَدْيًۢاhadiy qilibҳадий қилибبَـٰلِغَyetkazibетказибٱلْكَعْبَةِKaʼbagaКаъбагаأَوْyoxudёхудكَفَّـٰرَةٌۭkafforatiкаффоратиطَعَامُtaom berishтаом беришمَسَـٰكِينَmiskinlargaмискинларгаأَوْyokiёкиعَدْلُbarobaridaбаробаридаذَٰلِكَshuningшунингصِيَامًۭاroʻza tutishрўза тутишلِّيَذُوقَtatib koʻrsin uchunтатиб кўрсин учунوَبَالَyomon oqibatiniёмон оқибатиниأَمْرِهِۦ ۗoʻz qilmishiningўз қилмишинингعَفَاavf qildiавф қилдиٱللَّهُAllohАллоҳعَمَّاnarsaniнарсаниسَلَفَ ۚoʻtganўтганوَمَنْva kimва кимعَادَqaytarsaқайтарсаفَيَنتَقِمُbas, intiqom oladiбас, интиқом оладиٱللَّهُAllohАллоҳمِنْهُ ۗundanунданوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَزِيزٌۭazizазизذُوegasidirэгасидирٱنتِقَامٍintiqomинтиқом
TafsirТафсир

Demak, «ovda sinab koʻrish» deganda, musulmon kishiga ehromdalik holida ov qilish harom ekanligi tushuniladi. Yaʼni, haj yoki umra niyatida ehrom bogʻlagan musulmon odamga oddiy holatda qilishi mumkin boʻlgan bir qancha ishlar harom boʻlib qoladi. Jumladan, quruqlik hayvonlarini ovlash ham harom boʻladi. Bu oyatda Alloh:

«Ey, iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni oʻldirmang», demoqda.

Bu bir sinovdir. Zotan, haj va umra ibodati musulmon kishi uchun koʻp tomonlama sinov sanaladi. Jumladan, uning molu mulk sarflashga tayyormi-yoʻqmi ekani, jismoniy qiyinchiliklarga dosh bera oladimi, oʻzini shahvatdan, turli fahsh gap-soʻzlardan tiyishga qurbi yetadimi-yoʻqmi–sinaladi. Shuningdek, koʻngli tusagan hayvonini ovlab yurgan odamning irodasi ovni taʼqiqlash bilan sinaladi.

Ushbu oyatlar Hudaybiya hodisasi chogʻi nozil boʻlgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshliq sahobalar ehrom bogʻlab, umra niyatida chiqqan edilar. Ushbu oyat nozil boʻldi. Ovbop hayvonlar koʻz oʻnglarida aylanib yurdi. Mazkur hayvonlar ularning yuklari ichiga kirib, turib ham qoldi. Ammo hech kim ularga qoʻl uzatmadi. Yahudiylarga oʻxshab, hiyla ham qilmadilar. Maʼlumki, shanba kuni ov qilish yahudiylarga man boʻlganda, ular alohida hovuz kavlab olib, baliqlarni u yerga kiritib, ertasiga ovlar edilar. Musulmonlar toʻgʻri turdilar, sinovdan yaxshi va muvaffaqiyatli oʻtdilar.

Bu hukm, ayni choqda, tabiatni muhofaza qilishning islomiy koʻrinishi hamdir. Maʼlum joylarda va maʼlum vaqtda ov ovlashni taʼqiqlashni Islom ming toʻrt yuz yil avval yoʻlga qoʻygan. Tabiatni muhofaza qilishni ibodat darajasiga koʻtargan. Hayvonlarni tartibsiz ovlash, oʻsimlik dunyosini beshafqat yoʻq qilish ishlariga oʻsha vaqtlardayoq chek qoʻygan.

Ehromdagi odamlarga nafaqat ov ovlash, balki ularni choʻchitish, koʻrsatib berish ham harom hisoblanadi. Bu cheklashlarga tajovuz qilganlarga Alloh tomonidan alamli azoblar boʻlishi eʼlon qilingan, shuningdek, oʻsha vaqtning oʻzida, yaʼni, jinoyat sodir boʻlgan paytda ham maʼlum jazolar belgilangan.

«Sizdan kim uni qasddan oʻldirsa, jazosi sizdan ikki odil kishi hukmiga muvofiq chorva hayvonlaridan u(ov)ga teng keladiganini hadyi qilib Kaʼbaga yetkazishdir».

Ehromdalik holda ov qilish mumkin emasligi bilindi. Shundan keyin ham kimdir bu jinoyatni sodir qilsa, yaʼni, ehromdalik holida ov hayvonini qasddan oʻldirib qoʻysa, quyidagicha jazoni oʻtaydi. Avvalo, uning qanday jazo oʻtashini aniqlash uchun ikki odil musulmon kishi hakam etib tayinlanadilar. Soʻngra, ular jinoyatchining shaxsi, sodir etilgan jinoyat va uning hajmini oʻrganib, hukm chiqaradilar. Ammo u hukm ushbu oyat doirasida boʻlishi lozim. Avvalo, oʻldirilgan ov hayvoniga teng keladigan uy hayvonini hadyi–atalgan qurbonlik qilib, Kaʼbaga, yaʼni, Harami Sharif hududiga olib borib soʻyishga hukm qilinadi. Soʻng, oʻsha yerdagi miskinlarga goʻshti tarqatiladi. Hakamlar ovda oʻldirilgan hayvon uy hayvonlaridan qaysi turiga toʻgʻri kelishini aniqlaydilar. Misol uchun, sahobai kiromlar, tuyaqushga sigir yoki tuya, yovvoyi molga sigir, kiyikka qoʻy, kabutarga ham qoʻy teng keladi, deb hukm qilishgan.

«Yoxud uning kafforati, miskinlarga taom berish yoki shu barobarida oʻz qilmishining yomon oqibatini tatib koʻrish uchun roʻza tutishdir».

Agar ikki hakam vaziyatni oʻrganib chiqib, uy hayvonlaridan qurbonlik qilgandan koʻra, miskinlarga taom bergani maʼqul, degan qarorga kelsalar, oʻldirilgan hayvon bahosini aniqlab, oʻsha miqdorda miskinlarga taom berish haqida hukm chiqaradilar.

Ammo aybdor kambagʻal boʻlsa, iqtisodiy holati nochorligiga hakamlar ishonch hosil qilsalar, uning jazosi–taomni necha kishiga berish moʻljalda boʻlsa, shuncha kun roʻza tutib beradi. Yaʼni, oʻldirilgan ov hayvonining qiymati nechta odamga bir kunlik oʻrtacha toʻyishga yetsa, oʻshancha kun roʻza tutib beradi. Bu esa,

«oʻz qilmishining oqibatini tatib koʻrish uchun»dir.

Gunohni qildimi, uning oqibatini tatib koʻrsin. Bu unga iqob va ibrat boʻlib, gunohga qayta qoʻl urmaydigan boʻladi.

«Oʻtganlarini Alloh avf qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Zotan, Alloh aziz, intiqom egasidir».

Qarang, yovvoyi hayvonlarni nooʻrin ovlaganlardan Alloh taoloning Oʻzi intiqom olishni vaʼda qilmoqda. Tabiatni asrashga bundan ortiq eʼtibor boʻladimi?!