QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Maidah surasi · Oyatсураси · Оят94

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَيَبْلُوَنَّكُمُ ٱللَّهُ بِشَىْءٍ مِّنَ ٱلصَّيْدِ تَنَالُهُۥٓ أَيْدِيكُمْ وَرِمَاحُكُمْ لِيَعْلَمَ ٱللَّهُ مَن يَخَافُهُۥ بِٱلْغَيْبِ ۚ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Alloh Undan kim g`oyibona qo`rqishini bilish uchun sizlarni qo`llaringiz va nayzalaringiz yetadigan ovlarda bir oz sinab ko`radir. Bundan keyin kim tajovuz qilsa, unga alamli azob bor.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳ Ундан ким ғойибона қўрқишини билиш учун сизларни қўлларингиз ва найзаларингиз етадиган овларда бир оз синаб кўрадир. Бундан кейин ким тажовуз қилса, унга аламли азоб бор.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, albatta Alloh gʻoyibda (koʻrmay) turib oʻzidan qoʻrqadigan kishilarni bilish uchun sizlarni (haj safarida boʻlgan chogʻingizda) qoʻl va nayzalaringiz yetgudek ovlar bilan imtihon qilur. Mana shu (ogohlantirishdan) keyin kim haddidan oshsa (ihromda boʻlgan holda ov ovlasa), uning uchun alamli azob bordir.Эй мўминлар, албатта Аллоҳ ғойибда (кўрмай) туриб ўзидан қўрқадиган кишиларни билиш учун сизларни (ҳаж сафарида бўлган чоғингизда) қўл ва найзаларингиз етгудек овлар билан имтиҳон қилур. Мана шу (огоҳлантиришдан) кейин ким ҳаддидан ошса (иҳромда бўлган ҳолда ов овласа), унинг учун аламли азоб бордир.

123-sahifa · 7-juz · 13-hizb123-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَ(oʻsha) kishilar(ўша) кишиларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَيَبْلُوَنَّكُمُalbatta sizlarni sinab koʻradiалбатта сизларни синаб кўрадиٱللَّهُAllohАллоҳبِشَىْءٍۢbir oz narsa ilaбир оз нарса илаمِّنَ-dan-данٱلصَّيْدِovовتَنَالُهُۥٓunga yetadiganунга етадиганأَيْدِيكُمْqoʻllaringizқўлларингизوَرِمَاحُكُمْva nayzalaringizва найзаларингизلِيَعْلَمَbilishi uchunбилиши учунٱللَّهُAllohАллоҳمَنkimкимيَخَافُهُۥUndan qoʻrqishiniУндан қўрқишиниبِٱلْغَيْبِ ۚgʻoyibonaғойибонаفَمَنِbas, kimбас, кимٱعْتَدَىٰtajovuz qilsaтажовуз қилсаبَعْدَkeyinкейинذَٰلِكَbundanбунданفَلَهُۥunga borунга борعَذَابٌazobазобأَلِيمٌۭalamliаламли
TafsirТафсир

Alloh taolo musulmonlarga yana ular yoqtiradigan nido ila,

«Ey, iymon keltirganlar!», deb murojaat etmoqda. Kelajakda ov haqida hukm tushirib, ularni sinovdan oʻtkazishining xabarini bermoqda.

Bu sinov bandalarning oʻzi uchundir. Alloh taolo ularni sinovsiz ham juda yaxshi biladi. Ammo bunga oʻxshash, Alloh tomonidan boʻladigan sinovlar bandalarning oʻzlarini oʻzlariga va bir-birlariga kim ekanliklarini koʻrsatib beradi. Sinovsiz boʻlsa edi, koʻplar oʻzini zoʻr fahmlab, iymon, Islom va taqvodirlik daʼvosini qilib yuraverar edi.

Oyatda:

«Alloh Undan kim gʻoyibona qoʻrqishini bilish uchun», ham deyilmoqda.

Qurʼoni Karimning istilohi shu. Aslida, «bilish uchun» emas, «bildirish uchun» boʻladi. Shu bilan birga, iymon keltirganlarni sinash qoʻllari va nayzalari yetadigan ovlar orqali boʻlishi aytilmoqda.

«...sizlarni qoʻllaringiz va nayzalaringiz yetadigan ovlarda bir oz sinab koʻradir».

Yaʼni, ovlar oldilarida boʻladi, qoʻllarini yoki nayzalarini uzatsalar, yetadi. Sinovdan koʻzlangan maqsad, Allohdan kim gʻoyibona qoʻrqishini bilish. Islom aqiydasining asosi Allohdan gʻoyibona qoʻrqishga asoslangan. Musulmonlar Allohni koʻrmasdan turib, unga gʻoyibona iymon keltiradilar. Ular Allohga muhabbat bilan bir qatorda undan qoʻrqishni ham qalblariga joylaydilar. Allohdan gʻoyibona qoʻrqadilar. Shuning uchun, faqat yaxshiliklar qiladilar, yomonliklardan qaytadilar. Mana shunday gʻoyibona qoʻrqish kimda qay darajada ekanligini bildirish uchun amrlar, nahiylar, ibodatlar va boshqa topshiriqlar keladi. Ularni koʻngildagidek bajarganlarga mukofotlar bor. Ammo:

«Bundan keyin kim tajovuz qilsa, unga alamli azob bor».

Keyingi oyatda oʻsha–«ovda sinab koʻrish» qanday ish ekanligi bayon qilinadi: